• To’liq ma’lumot uchun link
  • 3. Quyidagilar
  • 4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra
  • Intellektual mulk himoyasi




    Download 68,2 Kb.
    bet10/16
    Sana20.05.2024
    Hajmi68,2 Kb.
    #245869
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
    Bog'liq
    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish v

    6. Intellektual mulk himoyasi
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. Ushbu qonun 21 ta qismdan va ushbu qonunga 3 ta ilovadan iborat. Bu qonun 2021-yil 28-yanvarda PQ-4965-sonli qarorga asosan chiqqan. Ushbu qonunni muhim joylari bilan tanishib chiqamiz.
    To’liq ma’lumot uchun link: https://lex.uz/ru/docs/-5248263
    INTELLEKTUAL MULK OBYEKTLARINI MUHOFAZA QILISH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
    Intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:
    3. Quyidagilar:
    Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq;
    Intellektual mulk (ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2021 — 2023-yillarga mo‘ljallangan amaliy ishlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga “Yo‘l xaritasi” va dasturda belgilangan tadbirlarning o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.
    4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:
    2021-yil 1-iyunga qadar davlat boshqaruvi organlari va davlat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan intellektual mulk (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar va sanoat mulki) obyektlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi;
    5. Agentlik va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 1-oktabrga qadar davlat boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari o‘ziga tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlari hisobini to‘g‘ri yuritish, ularga bo‘lgan huquqlarni xo‘jalik muomalasiga kiritish, ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirilishiga ko‘maklashishga qaratilgan Agentlik huzuridagi “Patent platformasi”ni ishga tushirish bo‘yicha taklifiga rozilik berilsin.
    Belgilansinki:
    mazkur platformada ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari muhofaza hujjatlariga oid ma’lumotlar batafsil aks ettiriladi;
    platforma elektron shaklda real vaqt rejimida yuritiladi hamda unga tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi.

    Download 68,2 Kb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




    Download 68,2 Kb.