• Bajardi: ________________ Tekshirdi: ________________
  • Bajardi: Tekshirdi




    Download 268,05 Kb.
    Sana16.12.2023
    Hajmi268,05 Kb.
    #120300
    Bog'liq
    maqola, Бoзорбоев Бобомурод 2020.10, Мурод(1), 1. Она тили ва адабиёт (2), 9-SINF-Iqtisod, mantiq, islamic-calendar, 775 16.09.2019, 57-maktab Imtihon jadvali 2023

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI, OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOShKENT DAVLAT STOMATOLOGIYa INSTITUTI
    Stomatologiya Fakulteti 4 kurs “Xirurgiya,Neyroxirurgiya”fanidan



    Mavzu: Shizofreniya : Stomatolog-shikokor faoliyatida shizofreniyaning klinikasi, dinamikasi, prognozi, etiopatogenezi,kechishi, shakillari, davo choralari

    Bajardi: ________________
    Tekshirdi: ________________

    Toshkent 2023


    Shizofreniya—sabablari noma’lum bo‘lgan, surunkali kechishga va bemor ruhiyati bir butunligining turli buzilishlariga moyil kasallik hisoblanadi.
    Shizofreniya rivojlanib borsa, fikrlashning buzilishiga, hissiy reaksiyalarning kamayishiga, apatik akl zaiflikka olib keladi. Ammo bu kasallik o‘z rivojlanishida to‘xtashi ham mumkin, bunda har xil buzilishlarning kompensatsiyasini va boshlang‘ich davrlarida to‘la sog‘ayish holatlarini kutish mumkin.
    Shizofreniya ko‘p uchraydigan ruhiy kasalliklardan biri hisoblanadi. Nevropsixiatrik dispanserlarda davolanuvchi bemorlarning 1/5 qismini, ruhiy nevrologik kasalxonalarga keluvchi bemorlar (kasalligi endi boshlanganlar)ning 1/5 qismini va surunkali kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning 2/3 qismini shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar tashqil qiladi.
    Shizofreniya bilan og‘rigan bemorlar sonining oshib borishi, og‘ir kechishi, surunkali kasalliklarning odamlar orasida ko‘payib borishi natijasida bu kasallikning yomon oqibatlar bilan tugallanishini kuzatish mum­kin.
    Shizofreniya ko‘proq yoshlarda uchraydigan kasallikdir, ya’ni ko‘p hollarda 20—25 yoshlarda tez-tez uchrab turuvchi, uzoq kechish xususiyatiga ega bo‘lib, insonning yoshi, mehnatga yaroqli davrini shikastlovchi kasallikdir. Uning ijtimoiy ahamiyati shu bilam tushuntiriladi.
    Bu jarayondan shizofreniyaning 3 ta asosiy alomati (belgisi) kelib chiqadi: autizm, ruxiyatning ajralishi va hissiy to‘nglik.
    Autizm — bu o‘xshash ko‘rinishni hosil qiluvchi, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan real borlikdan ketish. Bemorlar kasallik boshidanoq atrofdagilardan ajragan, jim yuradi, odamlar bilan kam muomala qiladi, majbur bo‘lgan hollarda rasmiy, sovuq muomalada bo‘ladi, ko‘zini olib qochadi, so‘rashganda qo‘l cho‘zmaydi. Ular bilan suhbat tor doirada chegaralangan bo‘ladi. Ayrim hollarda bemorlar niqobda yuradilar: katta qora ko‘zoynaq keng shlyapa, o‘zun soch, sokol.
    Ancha og‘irroq hollarda kasallar sababsiz o‘qish va ishni tashlaydilar, uydan chiqmay o‘yadilar va hatto ko‘p vaqtni o‘rnida o‘tkazadilar. Boshqa hollarda shahardan chiqib ketib, o‘rmon, tog‘, g‘orlarga yashirinadilar. Ba’zi bemorlar o‘z autizmini kompensatsiya qilish uchun ish joyini va kasbini o‘zgartiradilar.
    Bunday bemorlarning fikrlashi o‘zi bilan o‘zi bo‘lib qoladi, ular o‘z hayolotlarida yashaydilar, o‘zlarini atrofda sodir bo‘layotgan voqealar markazida turgandek his qiladilar. Ruhiyatning ajralishi (ajralish — qadim yunon tilida «skizis», shundan shizofreniya atamasi kelib chiqqan) qisman autizmdan kelib chiqadi. Bemor bir vaqtda ikki dunyoda yashaydi: ichki, o‘zi uchuy asosiy bo‘lgan na tashqi re­al, bezak sifatida qabul qiladi. Ajralish bir necha turlarga eta. Ko‘pincha ambivalentlik (sezgining ikqilanishi) va ambitendentlik (harakteriing ikkilanishi) belgilari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunday hollarda bemor bir vaqtda bir kishiga yoki bitta ko‘rinishga ikki qarama-qarshi his-tuyg‘uda bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda bemor ikki xil bir-biriga qarama-qarshi fikr borligini sezishi mumkin, bunda ayrim kasallar miyasi ikkita yarim sharga ajrab, ularning har qaysisini o‘zicha fikr yuritayotganini sezishi mumkin.

    Og‘irroq hollarda bemorlar o‘zlarining ikkita shaxsga ajratanini, ya’ni bir vaqtda ham o‘zi, ham boshqa odamligini his qiladi.

    Hissiy to‘nglik kasallik boshlanishidan seziladi. Bemorlar asta-sekin odamiylik tuyg‘u va qiziqishlarini yo‘qotib, oila a’zolari, yaqinlariga sovuq muomalada bo‘la boshlaydi. So‘ngra sovuqlik bir necha yilda ortib borib, bemor atrof-muhitga butunlay befarq bo‘lib qoladi.
    Keyinchalik vasvasa g‘oyalariga qiziqishi so‘nib boradi va ularni mexanik tarzda qaytaraveradi. Hissiy to‘nglik iroda so‘nishi bilan birga keladi, ya’ni apatiyaga abuliya hamroh bo‘ladi (apatiko-abulik alomat). Shizofreniyaning asosiy alomatlari birgalikda o‘xshash holatni keltirib chiqaradi.
    Kasallar doimo mudroq holda yuradilar, ularning fikrlashi ham mudroq tabiatda bo‘lib, voqea va shaxslarning antiqa quyuqlashuvi va o‘rin almashinuvi sodir bo‘ladi: bir odam belgilari ikkinchi odamga qo‘shiladi, turli voqealar birlashadi yoki vaqt bo‘yicha suriladi.
    Shizofreniya bilan og‘rigan kulchilik bemorlar atrof-muhit, vaqt va shaxsiyatga to‘liq va to‘g‘ri mo‘ljal oladi, ammo ayrim hollarda «ikqilama mo‘ljal» kelib chiqadi, bunda bemor to‘g‘ri muljal olgan holda shu vaqtning o‘zida o‘zining o‘zga shaxs ekanligini ta’kidlaydi. Shizofreniya kasalligida motorika, mimika va nutq o‘ziga xos. Ular harakati, holati, yurishi sun’iy, g‘ayri-tabiiy bo‘lib qoladi va kekkayib, gerdayib yura­dilar. Ularning nutqida sitata, murakkablashgan va o‘ta aqlli so‘zlar va ganlar ko‘payib ketadi, hatto neologizmga, ya’ni ikki-uch so‘zdan tuzilgan antiqa so‘zlar to‘zshigacha boradi («grippoz»— gipnoz ta’sirida gripp keltirib chiqarishi).

    Bemorlar noo‘rin jilmayishadi, kulishadi, qosh kerib chimirilishadi, peshonasida qotib qolgan hukmronlik, shu vaqtda yuzining pastki qismida mutloq ma’nosiz, hatto niqobsimon qotib qolish, qarashi qahrli bo‘ladi. Mimikaning bunday o‘zgarishi paramimiya deyiladi va ruhiyatning ajralishi hamda xissiy to‘nglikda namoyon bo‘ladi.

    Shizofreniya kechishiga ko‘ra yo o‘zluksiz yoki xurujli bo‘ladi, bunda har bir xurujdan so‘ng remissiya keladi, so‘ngra xuruj qaytalanishi mumkin. Har bir xurujdan keyin ruhiyatda turg‘un nuqson qoladi.

    Oddiy shaqli (turi) ko‘p uchraydi, asosan o‘smirlik vaqtida namoyon bo‘ladi: sekin-astalik bilan kam sezilarli boshlanishi va nisbatan sekin, ammo uzluksiz rivojlanuvchi remissiyalarsiz kechishi kuzatiladi. Bun­da bemorlar fe’l-atvorida qo‘yidagi o‘zgarishlar kechadi: yakkalanish, ota-onasiga sovuq yoki yomon munosabat, kutilmagan, impulsiv, paradoksal qilmishlar, atrofdagilarga nisbatan negativizm, odatdagi qo‘rquvning yo‘qolishi va shu bilan bir vaqtda yangi, g‘alati ermak paydo bo‘ladi. Ular o‘z tashqi ko‘rinishlariga befarq bo‘lib qoladilar. Vaqt o‘tishi bilan atrofdagilardan ajrab boradilar. Ko‘pchilik hollarda ruhiy kasallik tashxisi kechikib aniqlanadi, chunki kasallik belgilari sekin va kam sezilarli boshlangani uchun atrofdagilar ularni og‘ir fe’l-atvorli yoki yomon tarbiya qurboni sifatida qabul qiladilar. Bundan tashqari, shizofreniyaning oddiy shaqlida vasvasa g‘oyalari va gallyusinatsiyalar uchramaydi. Kasallik boshlangach 3—5 yil o‘tgach apatiko-abulik tipidagi ruhiyat nuqsoni rivojlanadi.


    Gebefrenik shakli (yunoncha «gebefreniya» — «o‘smir­lik ruhiyati») oddiy shakl singari asosan usmirlik davrida uchraydi. Oddiy shaklda uchraydigan belgilar bilan bir qatorda bu yerda birinchi o‘rinda doimiy ahmoqlik va tajovuzkorlik turadi. Ular o‘zini masxarabozga uxshab tutib, ahmoqliklar qiladilar, xingillaydilar, atrofdagilarga tegajoqlik qilib, ularda mayda ko‘ngilsizliklar keltirib chiqaradilar, keksalarni mazax qilib, ustidan kuladilar. Bunday bemorlar ko‘pincha bemehrlik namoyon qiladi va jiinilik qilib, hingillab qonli jinoyatlar sodir qilishi mumkin. Shizofreniyaning bu shaqli kam uchrab, remissiyasiz, xavfli kechadi, darhol tashxis qilinmaydi (oddiy shakldagi singari atrofdagilar ularga uzoq vaqtgacha tarbiya ko‘rmagan yoki bezori deb qaraydilar) va ruhiyatning og‘ir nuqsoni rivojlanadi.
    Katatonik shaqli. Shizofreniyaning ilgari uchragan bu shaqli hozir ancha kam uchraydi. Bu shaklga ruhiyat buzilishmniig mushak tonusi o‘zgarishi bilan birga ke­chishi xosdir.
    Shizofreniyaning bu shaqli turli yoshda uchrashi mum­kin. Bunda bemorlarda katatonik stupor bilan katato­nik qo‘zg‘olishning almashinib kelishi kuzatiladi. Ka­tatonik stuporda autizm belgisi aniq, ko‘rinadi: bemor mushaklari to‘liq qisqarishga uchraydi va shu sababli u o‘rinda bir xil qotib qolgan (ko‘proq embrional) holda yotadi. Bemor yuzida g‘amginlik va ajablanish, ayrim hollarda jilmayish qotib qoladi. Mutizm (mustahkam jimlik), negativizm (ko‘rsatmalarni bajarishga qarshilik qilish) alomatlari uchraydi. Bemorlar ayrim hollarda mumsimon egiluvchanlik namoyon qiladilar, bunda ular qarshilik qilish tugul, holatlarini sun’iy o‘zgartirilganda shunday ahvolda juda uzoq muddat turib qolishi mumkin. «Dyugere havo yostig‘i» simptomi bemorning mustaqil ravishda boshini o‘rindan ko‘targan holda qotib qolishida vujudga keladi.
    Ko‘p xollarda exomimiya (mimikami kaytarish), exo-praksiya (harakatni kaytarish) va o‘xolaliya (so‘zlarni kaytarish) simptomlari uchraydi.
    Katatonik stupor bir necha kush mcha cho‘znlishi mumkin. Stupor xolatdan chiqqan bemor bilan suxbatlashganda stupor xolatida bemorlar atrof muljalini tulik gaklaganliklarini va shu vaqtda atrofda bo‘lgan suxbat va vokealarni yaxshi eslab qolganligimi aniqlash mum­kin.
    Katatonik shaklda oneyroid sindrom uchraydi, bunda bemorlar fantastik dunyo ogushida bo‘ladilar. Bunda i xollarda ular suxbatlashmaydilar, savollarga javob bermaydilar, o‘rinda o‘zok yotadilar, ajablangan xolda atrof bilan xayoliy saxnalarni kuzatadilar.
    Katatonik stupor ikki taraflama xavfli — birinchidan, bemorda yotoq yaralar hosil bo‘lishi mumkin. Ikkinchidan, ovqat yemasligi sababli u ochlikdan o‘lib qoli­shi mumkin. Bundan tashqari, katatonik stupor tez va kutilmaganda qo‘zg‘alishta o‘tishi mumkin: bemorlar jo‘shqin va impulsin ravishda o‘rindan sakrab ketadi hamda uzluksiz bir xil harakatlar qiladi, bu harakatlar ketma-ket bir necha kun davomida charchoqsiz davom etishi mumkin.
    Bemorlar bilan subatlashib bo‘lmaydi, ular savollarga javob bermaydilar. Katatonik qo‘zg‘alish birdan to‘xtamaydi yoki yana katatonik stuporga o‘tadi, yoki re­missiya bilan tugaydi. Katatonik shaklda remissiya ba’zan uzoq vaqt mehnat qobiliyati saqlangan holda bo‘ladi, ammo ruhiy kamchilik qoladi. Bir yoki bir necha katato­nik shizofreniya xuruji o‘tkazgan bemorlar odatda masxaraboz, harakat va nutkda qilikdor bo‘ladilar.
    Katatonik shakl tarkibida kam uchraydigan gipertoksik turi bo‘ladi. Bunda katatonik stupor va qo‘zg‘alish belgilari bilan birga, bemorning somatik holati bilan bog‘liq bo‘lmagan, yuqori harorat va shu asosda qon va siydik tekshirilganda o‘zgarishdar bo‘ladi. Bemorlarning umumiy ahvoli juda og‘ir, bazan esa letal natija yoki ulim katatonnyasi kuzatilishi mumkin.
    Psixofarmakologiya erishgan yutuqlarga ko‘ra, kata­tonik stupor va katatonik qo‘zg‘alishni ko‘p hollarda davolab yaxshi natija olinmoqda.
    Paranoid (yoki gallyusinator paranoid) shakl. Bu eng ko‘p tarqalgan shakl bo‘lib, ko‘prok 40—50 yoshlar orasida yuzaga chiqadi. Asosiy simptomi vasvasa hisoblaiadi.

    Kasallik asta-sekin rivojlanadi, lekin ko‘rinishlari to‘satdan namoyon bo‘ladi. Vasvasa g‘oyalari paydo bo‘layotgan va rivojlanayotgan ishonchsizlik, ehti-yotkorlik, shubhalilik, kamgaplik kuzatiladi va shu asosda ularning hayot faoliyati o‘zgaradi.


    Vasvasaning tipik rivojlanishida avval atrof muhitga nisbatan alohida ahamiyatli vasvasa g‘oyalar, keyin munosabat vasvasa g‘oyalari, nihoyat, aniq tuzilishi jihatidan ta’qib vasvasa g‘oyalari kelib chiqadi. Ammo bu holat hamma bemorlarda bir xil bo‘lmaydi, ba’zan ta’kib vasvasasi g‘oyasi darrov paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda vasvasa g‘oyalari gallyusinatsiyalar (eshitish, ko‘rish, hid, ta’m, taktil) bilan birga keladi.
    Ba’zan bemorlar bir necha yillar davomida o‘zlarini ijtimoiy munosabatlar doirasida ma’lum darajada ishlasalar va ishlay olmasalar ham, atrofdagilarning diqkatini kamgapliklari, shubhaliliklari va dushmanlarcha munosabati bilan jalb etadilar
    Biroq, ko‘pchilik bemorlar vasvasa g‘oyalarini agres­siv (tajovuzkor) harakat shaklida yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularii ta’qib qilishiyotganligini bildirishadi va shu sababli psixiatriya staiionarlariga davolanish uchun yotqiziladi. Ayrim ijobiy hollarda bir necha oy o‘tgach, remissiya holati boshlanadi va bemorlar ishga va oilasiga nisbatan qoniqarli holatga qaytadi, bunda psixoz xuruji kaytalanmaydi, ayrim og‘ir hollarda vasvasa g‘oyalari butun umrga qoladi.
    Sirkulyar shaqli. Bu shakl maniakal va depressiv xurujlarning birin-ketin kelishi yoki remissiya davrlari oralab, turli muddatda almashinishi bilan kuzatiladi. Maniakal-deprsssiv psixozdan farq qilib, bun­da vasvasa g‘oyalari va gallyusinatsiyalar kuzatiladi va har xurujdan so‘ng ruhiyat nuqsoni chuqurlashadi.
    Shizofreniyaning bu shakli nisbatan ijobiy kechadi va bemorlar bir necha yil davomida ish kobiliyatini samab qoladilar.
    Yosh bolalarda shizofreniya
    Yosh bolalardagi shizofreniya muammolari bilan juda ko‘p olimlar shug‘ullangan. Hozirgi paytda shizofre­niya xastaligining yoshlarda uchrash chegarasi aniqlangan. Kasallik qancha erta boshlansa, klinik alomatlari shuncha sekin ko‘zga ko‘rinadi, go‘dakning tashqi olamga munosabati o‘zgarishlaridan, his-hayajon reaksiyalaridan sezish mumkin. Bu holda kasallik oqibati yaxshilik bilan tugaydi.
    Yosh bolalar shizofreiiyasida erta uchraydigan alomatlardan biri kutilmaganda qo‘rquvdir. Masalan, 11 yoshli bola sevimli oiasidai qo‘rqadigan, qichqiradigan bo‘lib qoladi. Shuningdek ularda umuman behollik, faollikning pasayishi, yoshga to‘g‘ri kelmaydigan fantaziyaga bog‘liq, turg‘un harakat avtomatizmi, gallyusinator holatlar, somatik zaharlanish simptomlari (bezgak, is-sigi ko‘tariladn, ovqat xazm qilish tizimi buziladi) va tafakkur buzilishini ham kuzatish mumkin. Vasvasa g‘oyalari ularda kam uchraydi. His-hayajon buzilishlarini esa barcha davrlarda uchratish mumkin.
    Shizofreniyaning kechishi buyicha turlari
    Shizofreniyaning psixopatologik belgilari serqirra bo‘ladi, uning klinik ko‘rinishi aniq patofiziologik mexanizm asosida ma’lum konuniyatlarga bo‘ysunadi.
    Kechishi bo‘yicha shizofrenining uchta turi mavjud.
    1. Uzluksiz kuchayib boruvchi.
    2. Davriy.
    3. O‘zilib-o‘zilib kuchayib boruvchi.
    1. Shizofreniyaning uzluksiz kuchayib borishi bilan kechishi ko‘pincha yomon natija bilan tugaydi. Ko‘p bemorlarda umumiy bushashish, es-hushning, mehnatga bo‘lgan layoqatining yo‘qolishi, ba’zai esa tashqi olamga befarqlik, sovuqqonlik uchraydi. Bu xil oqibatlar ko‘proq shizofreniya yadroli to‘rinint oddiy va gebefrenik ko‘rinishlarida, shuningdek katatoniyaning kuchayib bo­ruvchi turlarida uchraydi.
    2. Shizofreniya davriy turining kechishi ko‘pincha yaxshilik bilan tugaydi. Kasallik og‘ir o‘tishiga qaramasdan vaqti-vaqti bilan tuzalib turishi ham mumkin. Uzoq vaqt davom etgan tuzalib turish (remissiya) jarayonidan keyin bemor yengil ishlar bilan shug‘ullanishi mumkin. Shaxsning o‘zgarishlari qiyinlik bilam boradi. Biroq o‘zilib kuchayib boruvchi shaqli uzluksiz kuchayib boruvchi kechishlaridek doimo ham chuqur o‘zgarishlarga olib bormaydi.
    Shizofreniyaning davriy kechishida katatonik, bazan depressiv paranoid va sirkulyar shakllari yuzaga chiqadi. Sirkulyar psixoz shaklidan boshqa barcha shakllarida gallyusinatsiya, vasvasaning ko‘p turlarida ruhni faoliyatning pasayishi va assotsiativ faoliyatning buzilishi kabi klinik ko‘rinishlar kuzatiladi.
    3. Uzilib-uzilib kuchayib boruvchi turida gebefrenikdan katatonik buzilishlar ustun bo‘ladi. Ko‘pincha qaytalanib turish hollari ko‘pligndan klinik ko‘rinishlari ham og‘irlashib boradi. Bu turda ham his’hayajonning yo‘qolishi, mehnatga ishtiyoqning pasayishi kuzatiladi.
    Patologik anatomiyasi. Shizofreniya morfologik substratlarini o‘rganish o‘tgan asr oxirlarida boshlangan. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, shizofreniya kasalligidan o‘lgan bemorlar bosh miya va ichki a’zolarida o‘zgarishlar bo‘lar ekan. Biroq, bu o‘zgarishlar aynan shizofreniyaga taalluqligi yoki boshqa kasallik oqibatimi, buni aniqlash ma’lum qonuniyatga bo‘ysunar ekan. Chunki shizofreniya oqibati kam hollarda ulim bilan tugaydi. Shunda ham gipertoniya kasalligi oqibati bo‘lishi mumkin ekan.
    Makroskopik kuzatishlarda: barcha ichki a’zolarda to‘laqonlik, qalqonsimon bezida sklerotik o‘zgarishlar, jinsiy a’zolar giperplaziyasi, yurak o‘lchami kichrayishi, aortaning torayishi, shuningdek jigar va o‘t qopi o‘lchamining kichrayishi, aortaniig torayishi, jigar va buyrakda ham o‘zgarishlar kuzatiladi. Miya qorinchasi va po‘stlog‘ida makroskopik o‘zgarishlar topilmaydi.
    Mikroskopik kuzatishlarda: bosh miya pustlog‘ining ganglioz hujayralarida distrofik, ya’ni bo‘kish, shish, ishemiya hosil bo‘lishi, yog‘ yig‘ilish hollari uchraydi.
    Gipertoksik shizofreniya makroskopik kuzatishlarida: miya qavatlarining to‘laqonligi, miya moddasining shishishi, oq moddasida nuqtali qon qo‘yilish hollari uchraydi. Mikroskopik kuzatishlarida ko‘ruv do‘ngligi, o‘zunchoq miyada qon qo‘yilishi, tomirlarda qon o‘t-kazuvchanligining oshishi, distrofik o‘zgarishlar uch­raydi.
    Hozirgi davrda jahon adabiyotida shizofreniya patogeneziga to‘xtalganda qo‘ruv do‘ngligida, gipotalamus va retikulyar formatsiyalarda boradigan zararlanishga katta ahamiyat berilmokda.
    Etiologiyasi va patogenezi. Keyingi yillarda tibbiyot fanlari qo‘lga kiritgan qator muvaffaqiyatlardan biri shizofreniyaning etiologiyasi va patogenezini eksperimental va klinik aniqlash bo‘ldi.
    Etiologiyasi haqida to‘xtalganda shizofreniyani chaqiradigan sabablarni chegaralamok kerak. Chunki kasallikning qo‘zg‘atuvchisi hanuzgacha aniqlangan emas.

    Shizofreniyaping yuzaga kelishida homiladorlik, tug‘ish va tug‘ilgandan keyingi davrda organizmda bora­digan fiziologik o‘zgarishlar, ba’zi yuqumli kasalliklar, zaharlanish, alkogolizmning ma’lum ahamiyati bor.


    Shizofreniyaning irsiy omillar bilan nasldan-naslga uzatilishi klinik-statistik kuzatishlar bilan tasdiqlanadi. Biroq, kasallik nasldan-naslga o‘tganda, genlarning o‘zgarishi tufaylimi yoki qo‘shimcha tashqi ta’sir natijasi ekanligi hozircha noma’lum. Lekin shizofre­niya bilan og‘riganlar DNK sining azotli birikmasi sog‘lom odamnikidan farq qilishi tasdiqlangan.

    Shizofreniya etiologiyasini yuqumli kasalliklarda axtarish hali ham tortishuvlarga olib kelmokda. Epidemik o‘choqning, kasallik pandemiyasining, yallig‘lanish jarayonining yo‘qligi shizofreniyaning surunkali yuqum­li kasalliklar qatoriga kirmasligidan dalolat beradi. Bundan tashqari, virusli etiologiyasi ham tasdiqlanmagan. Biroq ba’zi olimlar (Kranushkin, Gilya-ovskiy, Suxarev) shizofreniya rivojlanishida allergiyaning ma’lum ahamiyati borligini aytib utishgan. Im­munologiya sohasida ham anchagina ish qilingan bo‘lsa-da, biroq shizofreniya etiologiyasi va patogenezi haqida aniq fikrlar yo‘q.


    Shizofreniyaning etiologiyasida birinchi o‘rinni auto­intoksikatsiya nazariyasi egallaydi. 20 yil oldin Buskaino shizofreniyani autoaminotoksikoz bilan tenglashtirgan, biroq hozirgacha qanday amino-mahsulot biriktirgan modda oqsil modda ekanligi aniq emas. Bukaino aromatik aminokislota desa, kanadalik olim Goffer adrenalin deydi.
    Shizofreniya kasalligi asosida oliy nerv faoliyatining buzilishlari yotganligidan uning patogenezini I. P. Pavlov nomi bilan bog‘liq bo‘lgan neyrofiziologik tizim bilan tushuntirish mumkin.
    Psixologik sindromlar asosini kulrang modda aso­sida boradigan to‘xtatish va qo‘zg‘alish buzilishlari tashkil etadi. I. P. Pavlov ko‘rsatishicha, shizofreniya sindromlari kulrang modda va kulrang modda osti buzilishlari nisbatidan kelib chikar ekan. Biroq, bu yerda miya faoliyatining butunlay to‘xtashi yuzaki bo‘ladi. Pav­lov fikricha, kulrang moddada butunlay to‘xtash yuzaga kelganda, kulrang modda osti bo‘limlarida shizofreniya­ning har xil klinik ko‘rinishlari paydo bo‘lar ekan.
    Muntazam stupor, negativizm shu bilan izohlanadiki, butunlay to‘xtash yuzaga kelganini kulrang moddani kuzatadigan dorilar kiritish (kofein) bilan isbotlash mumkin.
    Tashxisi. Bemorni tekshirayotganda ruhiy va somatik ahvolini kasallikning o‘ziga xos kechishi bilan yoritilgan holda va tekshirishlar to‘liq o‘tkazilgandan keyingina shizofreniyani tashxis qilish mumkin.
    Psixopatologik sindromlar har xil kasalliklarda uchraganligi uchun bemorni bir marta kuzatish bilan tashxis qo‘yish qiyin. Chunki shizofreniyaning klinik ko‘rinishi surunkali alkogolizm, bod, zaharlanish, yuqumli kasallik psixozlari va tug‘ishdan keyingi toshmalar bilan o‘xshashdir.
    Anamnezda tashqi omil ko‘rsatilgan bo‘lsa, markaziy asab tizimida organik buzilish belgisi topilganda yoki esi kirarli-chiqarli bo‘lib to‘rgan o‘tkir psixotik holatlarda shizofreniya deb tashxis qo‘yishga shoshilmaslik kerak
    O‘tkir boshlangan shizofreniya psixopatologik simptomlari to‘liq o‘zgargamdan keyin tashxislanadi. Ba’zan yakunlovchi tashxis faqat o‘tkir ruhiy qo‘zg‘alishlar to‘xtagandam keyin qo‘yiladi. Chunki astenik alomatlari yo‘qligi, diqqatning buzilishi, jismoniy kuvvatsizlik yuqumli kasallik emas, balki shizofreniyaning tabiatiga to‘g‘ri keladi. Ularda tafakkurning buzilishi bilan his-hayajon ko‘rinishlari va yurish-turishinimg to‘g‘ri kelmasligi ham shizofreniya deb tashxis qo‘yishga asos bo‘ladi.
    Bundan tashqari, psixotrop dorilar, neyroleptik yoki antidepressantlarni qo‘llash bilan ba’zyn psixopatologik simntomlarni aniqlash mumkin. Chunki ular bu yerda gallyusinatsiya, vasvasa va boshqa buzilishlarni kuchaytiruvchi indiqatorlar bo‘lib qolishi mumkin.
    Oqibati. Hozirgi paytda bemorning holatini, yoshini, qilingan davoni, kasallik boshlangan vaqtni, shaqlini hisobga olgan holda kasallikning yaxshi yoki yomon oqibat bilan tugagani haqida fikr yuritish mumkin.
    Shizofreniya: spontan remissiya — davolanmasdan uzoq vaqt tuzalish bilan, terapevtik remissiya — davo olgandan keyin tuzalish bilan tugashi mumkin.
    Spontan remissiya bir necha oydan bir yilgacha, tera­pevtik remissiya kasalligi bir yildan ortiq davom etayotgan davrda kuzatiladi. Buni 30% bemorlarda kuzatish mumkin. Kasallik muddat ortishi bilan bu foiz mikdori kamaya boradi.

    Remissiyasiz o‘tadigan, o‘sib boruvchi shizofreniyaning yadro shakli (unga shizofreniyaning gebefrenik, katatonik va oddiy shakllari kiradi) ko‘pgina hollarda ish kobiliyatini to‘liq yo‘qotishga olib keladi.


    Oxirgi davrda shaxsda yuzaga kelgan yetishmovchilik kasallikning oxirgi holati yoki oqibati deb qaraladi.
    Shizofreniyaning sirkulyar, davriy, katatoniq paranoid shakllari yaxshi natija bilan tugaydi.
    50 yoshdan keyin shizofreniya ko‘pincha surunkali kechishga o‘tadi, birok paranoid shaklga nisbatan yengilrokdir.
    Bolalarda uchraydigan shizofreniya bemorning yoshiga, kasallik shaqliga va kechishiga bog‘liq. Kasallik qancha erta boshlansa, klinik ko‘rinishlari shuncha aniq bo‘ladi va ko‘pincha noxush oqibat bilan tugaydi.
    Davolash. Bemorlar asosan kasalxonada davolanishlari kerak. Keyingi paytlarda yangi psixotrop dorilar paydo bo‘lganligi shizofreniyaning yengil shakllarini kasalxonalardan boshqa joylarda ham davolashga imkon beradi. Biroq, har ikki sharoitda ham majmuaviy da­volash usuli tavsiya etiladi. Bu usulga elektrotitratish, ruhiy davolash, mexnat va dorilar bilan davolash usullari kiradi. Bularning qaysi biridan foydalanish bemordagi kasallikning darajasiga, shakliga bog‘liq.
    1. Insulinokomatoz davolash usuli M. Zakalem tomonidan 1936 yilda taqlif qilingan 3 davrdan iborat.
    2. Komatoz faza davri. Har kuni nonushtadan oldin o‘sib boruvchi dozada (4, b, 10, 14, 20) mushak orasiga insulin yuboriladi. So‘ngra uzoq yotish kerak. Bunining tasirida uyqusirash, kuvvatsizlik, yuzning oqarishi, terlash, issiqning pasayishi, pulsning tezlashishi kuzatiladi. Qondagi qand mikdori 10—8 mg% ga yetganda (me’yor 120 mg%) koma oldi holati yuzdga chiqadi.
    3. Komatoz davrining davosi. Mushaklar oz-moz bo‘shashishi, xirillab nafas olish, pulsning kuchsizligi, terlash, so‘lak ajralishining ko‘payishi bemorning komaga tushganidan darak beradi. Bu holat 20—30 minutdan oshmasligi kerak. Keyin 40% li 10—40 ml glyukoza vena tomiriga yuboriladi. Bemor o‘zini tutib olganidan keyin 200 g qandni eritib ichiriladi. Bir necha daqiqalardan keyin uglevodga boy ovqat beriladi.

    4. Insulin miqdori kamaytiriladigan davri. Bu 1 — 2 hafta davom etadi. Insulin terapiyasi davrida qo‘yidagi asoratlar kelib chiqishi mumkin:


    A. Cho‘zilib ketgan komatoz holat. Bu glyukoza quyish bilan bartaraf bo‘lmaydi. Bu holatda bemorni issiq tutgich (grelka)ga yotqizib, yana 40% glyukoza, vitamin V mushak orasiga magniy sulfatning 25% eritmasi yubo­riladi. Bu ham yordam bermasa, AKTG yuboriladi.
    B. Insulinning katta dozasi yuborilganda koma
    kechqurunga ko‘chadi. Bunda chuqur komaga o‘tib ketmasligi uchun 40% glyukozadan 20 ml va 100 g qandli suv beriladi.
    II. Psixotrop dorilar bilan davolash. Ko‘p hollarda psixotroplardan neyroleptik (aminazin, triftazin, propazin, asetazin, galopiridol, rezerpin) dorilar ishlatiladi.
    Agar kasallik surunkali kechishga o‘tgan bo‘lsa, neyroleptiklar bilan birga kompleks davo olib boriladi. Sirkulyar davriy shizofreniyada neyroleptiklar bilan birga antidepressant (melioramin) stimulyatorlar bi­lli birga beriladi. Maniakal ko‘zg‘alishda esa normotroplar qo‘shib beriladi.
    Sh. Elektrotitratish terapiyasi. Bu somatik kasalliklari yo‘q bemorlardagina nonushtadan oldin ovqat hazm qilish tizimi to‘liq tozalangandan keyin qo‘llaniladi. Bemorning chakkasiga elektrodlar o‘rnatiladi, 90—120 volt kuchlanish yuboriladi (0,4—0,8 sek). 10 seans beriladi.
    IV. Mehnat bilan davolash keyingi paytlarda qo‘llanilmokda. Bemor dorilar olish bilan birga mehnatga ham jalb etiladi. Bu davo ko‘proq kasalxonadan chiqarilgandan keyin qo‘llaniladi.
    Download 268,05 Kb.




    Download 268,05 Kb.