2.2.«Smart-Vista»EMV tizimi
17
«Smart-Vista»EMV tizimida «on-line» rejimida ishlashga mo‘ljallangan
terminallarning sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida YaUPMning server tizimi va
aloqa kanallari sifatli va uzluksiz ishlashini monitoring qilish.
Respublika bank tizimida yuqorida qayd etilganlarning joriy qilinishi tizim
a’zolari hisoblangan banklar, shuningdek, tizim foydalanuvchilari bo‘lgan,
mablag‘larni to‘lovchilar va mablag‘larni oluvchilar uchun quyidagi afzalliklarni
yuzaga keltiradi:
zamonaviy bank axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini to‘laqonli
shakllanishiga imkon yaratadi;
to‘lovlarni amalga oshirishning uzluksizligini va shaffofligini ta’minlaydi;
tijorat banklari o‘rtasidagi vakillik hisobvaraqlari doirasidagi hisob-kitoblarni
optimallashtirilishi va jadallashtirilishiga imkon yaratadi;
mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchilar o‘rtasidagi hisob-
kitoblarning real vaqt rejimida amalga oshirilishi orqali to‘lovlarning aniqlik va
ishonchlilik darajasi oshirilishini ta’minlaydi;
tijorat banklari uchun tizim xarajatlarining kamayishiga olib keladi hamda
vakillik hisobvaraqlaridagi bo‘sh pul mablag‘laridan oqilona va samarali
foydalanishlariga imkon yaratadi;
har bir bosqichda ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat va monitoring
qilinishini ta’minlaydi;
bank xizmatlarining likvidligi oshirilishiga erishiladi;
jismoniy shaxslar uchun masofadan turib, o‘z hisobvaraqlarini boshqarish
tizimlari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa real vaqt rejimida pul
mablag‘larini ko‘chirish imkoniyatini beradi;
real vaqt rejimida jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini amalga
oshirish imkoniyati;
jismoniy shaxslar bank plastik kartalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi
mablag‘larni kredit hisobvaraqlari foizi hamda kredit summasini so‘ndirilishiga
uzatish imkoniyati;
18
internet tarmog‘i orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan
operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank plastik kartalari yordamida bajarish
imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni joriy etish imkoniyati;
elektron tijorat doirasida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni boshqa
depozit hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati tashkil
etildi.
Eng muhimi, hozirgi kunda respublikamizda dolzarb masala hisoblangan
kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, maxsustrans
xizmati, issiqlik manbai, suvsoz xizmati va boshqalar) ning kommunikatsiya
tarmoqlari infratuzilmasi shakllantirilib, ushbu xizmatlar bo‘yicha aholi tomonidan
amalga oshirilgan to‘lovlar real vaqt rejimida mablag‘lar oluvchining
hisobvaraqlariga o‘tkazilishi bilan birga, elektron jurnallarda har bir mablag‘
to‘lovchilarning kommunal xizmatlar uchun to‘langan mablag‘larining summasi,
muddati (yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya ko‘rinishida) va to‘liq rekvizitlari
bo‘yicha qayd etib boriladi. Mab-lag‘larni to‘lovchilar internet tarmog‘i yoki mobil
telefonlariga SMS-xabarnoma kelishi orqali o‘z shaxsiy kabinetlaridan har bir
kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar tarixini real vaqt rejimida nazorat qilish
imkoniyati yaratiladi. Bu esa to‘lovlarning ishonchliligini hamda shaffofligini
ta’minlaydi.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat
aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron to‘lovlar
to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi,
«Garov reyestri to‘g‘risida»gi va «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli
«Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘-risida»gi, 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli
«O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli
19
«Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va resurs bazasini
shakllantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini mamlakat bank
tizimida samarali ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 2016–2018 yillar
davomida joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Mazkur Konsepsiyada zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda
2016–2018 yillar davomida banklar tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar
turini kengaytirish, takomillashtirish va joriy etish istiqbollari belgilab olingan
bo‘lib quyidagi masalalarni:
bank axborot tizimlarida zamonaviy texnik yechim va texnologiyalarni keng
qo‘llagan holda bank faoliyatini avtomatlashtirish darajasini yuqori saviyaga
ko‘tarish;
O‘zbekiston Respublikasi «Elektron hukumat» tizimi tarkibiga kiritilgan
chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish Kliring tizimining xizmat
doirasini kengaytirish;
davlat buyurtmasi ro‘yxatiga kiritilgan (2015–2016 yillar uchun) «Tashqi
savdo operatsiyalarining Yagona elektron axborot tizimini (TSO YAEAT)
takomillashtirish» loyihasini elektron tijoratdagi bitimlarni hisobga olgan holda
ishga tushirish;
bank axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining uzluksiz faoliyatini
ta’minlash;
bank axborot resurslarini doimiy ravishda zaruriyat bo‘yicha yangilab borish
va ulardan keng foydalanishni ta’minlash;
bank tizimida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy
texnologiyalar asosida avtomatlashtirish orqali bank xizmatlari turlarini amaliyotga
keng tatbiq qilish va kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar
yaratish;
aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan axborotlarni erkin va moneliksiz
olishni ta’minlash, shuningdek, interaktiv xizmat turlarini kengaytirish, xizmatlarni
«bir darcha» orqali ko‘rsatishni joriy qilish;
20
xavfsizlik va axborotlar muhofazasining tashkiliy va moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash;
bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimidan
foydalanish bo‘yicha orttirilgan tajribaga asosan onlayn plastik karta xizmatlarini
takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Markaziy bank va tijorat banklarining Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-
saytlari faoliyatini doimiy monitoring qilish va sifatini oshirish. Jumladan,
ma’lumotlarni muntazam yangilab borish, veb-saytlar orqali ko‘rsatila-digan
interaktiv xizmatlar turlarini kengaytirish;
respublikada elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi va davlat
dasturlarini amalga oshirish va joriy etishda faol qatnashish;
Garov reyestri tizimini xalqaro talablar darajasiga mos kelishini ta’minlash;
Kredit axboroti milliy instituti axborot tizimlarini takomillashtirish;
Bank
sohasida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
bo‘yicha
mutaxassislar malakasini muntazam ravishda oshirish, kadrlar tayyorlashni yangi
sifat bosqichiga ko‘tarish.
Xulosa qilib aytganda, mamlakat iqtisodiyotining qon-tomiri hisoblangan bank
tizimini yanada isloh qilish, uning barqarorligini oshirish, yuqori xalqaro reyting
ko‘rsatkichlariga
erishishning
ustuvor
yo‘na-lishlari
hamda
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda zamonaviy naqd pulsiz
hisob-kitoblar mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar
banklarimiz tomonidan mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, to‘lov intizomi
va madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarilishini ta’minlash bilan birga, barcha
iqtisodiy tarmoqlar taraqqiyotini mustahkamlashga ham o‘zining ijobiy ta’sirini
ko‘rsatadi.
|