10
zamonaviy masofaviy bank xizmatlarining turli ko‘rinishlari aynan shu tezlik, sifat
va ishonchni ta’minlayotgani hech kimga sir emas. Zamonaviy bank xizmatlari
mijozlarga yanada kengroq qulaylik yaratgan holda ularning imkoniyatlari
oshirilishiga xizmat qiladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov Mamlakatimizni 2015-yilda
ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning
eng muhim yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan
majlisidagi ma’ruzada ta’kidlaganlaridek, — «Bugungi sharoitda, internet va
elektronika davrida iqtisodiyot tarmoqlarida zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy etish, «Elektron hukumat» tizimi faoliyatini yanada
rivojlantirish ustuvor ahamiyatga egadir. Jahon tajribasi shundan dalolat beradiki,
ayni paytda global iqtisodiyotda kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari,
dasturiy ta’minot mahsulotlarini ishlab chiqarish va
ular asosida keng turdagi
interfaol xizmatlar ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari sohasining roli va ahamiyati tobora ortib bormoqda». Zero, keyingi
yillarda O‘zbekiston bank tizimida izchil va aniq maqsadli islohotlar olib
borilmoqda, chora-tadbirlar, bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatish
sifatini tubdan
yaxshilashga doir bir qator qarorlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbeki-ston
Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasining
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-1989-sonli Qarori bilan Markaziy bankning «Chakana to‘lovlarni
real vaqt rejimida amalga oshirish kliring tizimini
yaratish hamda xizmat
ko‘rsatuvchilarning billing tizimi bilan integrallash» loyihasi respublika «Elektron
hukumat» tizimining axborot tizimlari tarkibiga kiritildi. Shu munosabat bilan
respublikamizda naqd pulsiz chakana to‘lovlarning amalga oshi-rilishida jismoniy
shaxslar va ulardan to‘lovlarni qabul qilib oluvchi tomonlar o‘rtasida hisob-
kitoblarning zamonaviy samarali tizimini tashkil etish maqsadida, «O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi to‘g‘risida»gi Nizom
ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank Boshqaruvining 2014-yil
11
21-fevraldagi 4/4-sonli qarori bilan tasdiqlangan holda Adliya vazirligida 2014-
yilning 4-aprelida 2570-son bilan davlat ro‘yxatiga olindi.
Ushbu Nizom talablari respublikamizda jismoniy va yuridik shaxslar
tomonidan Kliring tizimi orqali milliy valyutada naqd pulsiz chakana to‘lovlarni
amalga oshirishga nisbatan tatbiq etiladi. Kliring tizimini yaratishdan maqsad unga
tijorat banklari filiallari, kassalari va O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi qoshidagi
Yagona umumrespublika Protsessing markazini ulagan holda, jismoniy shaxslarga
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek, kommunal xizmatlar
va mobil
aloqa operatorlari uchun to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish
imkoniyatini yaratishdan iborat. Bundan tashqari, mazkur tizim mijozlarga
kechayu-kunduz bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish va bank
infokiosklari orqali ishlash imkoniyatini beradi.