3
Kirish
Bank avtomatlashtirilgan axborot tizimlari tushunchasi. Bank - bu mamlakatdagi pul
mablag`larini boshqarish uchun yaratilgan moliyaviy institutdir. O`zbеkiston
Rеspublikasi bank tizimining bosh maqsadi
jahon talabiga mos kеluvchi,
rivojlangan milliy krеdit tizimiga ega bo`lish, xo`jaliklar va aholining bo`sh turgan
mablag`larini jalb qilish, uni samarali taqsimlash asosida aholining talablarini
qondirish uchun zamin yaratish va yashash sharoitini yaxshilashga erishish. Bank
axborot tizimi (BAT)-moliyalashtirish va kreditlashning belgilangan shartlariga
muvofiq nazorat qilinadigan resurslarni o'zlashtirish,
qaytarish va muvozanatlash
vositasi bo'lgan yagona dasturiy-texnologik kompleks hisoblanadi. Bank axborot
texnologiyasi - hisoblash texnikasidan foydalangan holda boshqaruv qarorini
tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirishni ta'minlash maqsadida ma'lumotlarni
to'plash, ro'yxatga olish, uzatish, saqlash va qayta ishlash usullari asosida bank
axborotlarini qayta ishlash jarayoniga aytiladi.
Mujassamlashgan bank
avtomatlashtirilgan axborot tizimlari (BnAAT) mablag’ kiritish va kredit berishning
berilgan shartlari bo’yicha nazorat qilinadigan mablag’larni o’zlashtirilish,
qaytarilish va muvofiqlashtirilishni jadallashtirish vositasi bo’lgan yagona dasturiy
texnologik majmuadan iborat bo’ladi. Mijozlar o‘z pul mablag‘larini bankka ishonib
topshirar ekan bankka quyidagi asosiy talablarni qo‘yishlari mumkin: - Pul
mablag‘larini ro‘yxatga kiritish va bankda bo‘lgan davrda ulardan hisobot olib
turish. - Pul mablag‘larini saqlash javobgarligini ta'minlanishini talab qilish. - Pul
mablag‘lari holati va ulardan foydalanishda olib
borilayotgan moliya-pul
operatsiyalariga oid axborotlar konfedinsialligini ta'minlash. Hozirgi davrda
vujudga kelgan bank industriyasining rivojlanganlik holati ularga depozit ochish va
mijoz mablag‘larini jalb qilish kabi oddiy xizmatlarga nisbatan yanada kengroq
xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini beradi. Ayni
damda bankning moliyaviy
xizmatlari borasida uning samarali faoliyatini ta'minlovchi asosiy omillar deb
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin - xizmatlar taqdim etish ko‘llami; - bank
safarbarlik darajasi: o‘rab turgan moliyaviy sharoit muhit o‘zgarishiga adekvat
reaksiya tezligi, ya'ni bank faoliyatini zamonaviy biznesga yo‘naltirish imkoniyati -
4
ma'lum vaqtdagi tashqi omillar o‘zgarishidagi
faoliyati, bu vaqt davomida
ko‘rsatilgan o‘zgarishlar dolzarbligini saqlab qoladi; - bozorda keng ishtirok etish
(geografik) tarqalganlik. Bunda har bir gegrafik regionda bank muassasasining
jismoniy qatnashishi ko‘zda tutilmaydi; bankni masshtabliylik darajasi: bank
o‘zining o‘tkazish qobiliyatini qo‘shimcha investitsiyalarga qanchalik kattalashtira
oladi, yoki bankni o‘z biznes faoliyatida qanday
minimal chegaralarda mumkin
bo‘lgan rentabellik darajasini saqlay oladi; - bankni boshqarish darajasi: har bir real
vaqt mobaynida resurslarni adekvat baholash va muhim strategik (uzoq muddatli)
yoki tezkor ( qisqa muddatli) masalalar yechimlari uchun ularni mobilizatsiya,
rekonstruksiya qilish; bank va moddiy komponentlar uchun sharoitlar yaratish,
rivjlantirish, xizmat ko‘rsatish va bankni quvvatlashga hamma chiqimlarini hisobga
olgan holda bank xizmatlari tannarxini raqobatbardoshligini oshirish. Bank
tizimidagi axborot arxitekturasining asosiy komponentlarini tuzilishi. Axborot
texnologiyalari portfeli
- kompyuterlar, dasturiy ta'minot, tarmoq va tizim
quvvatlovchilariga investitsiyalar haqida eng samarali yechimlarni qabul qilish
instrumentlarini va shu bilan birga tashkilot-muassasa darajasidagi texnlogiyalar
uchun nazorat-kuzatuv va samarali ijroiy rahbarlik
uchun talab qilinadigan,
jamlangan tabiiy mavjud axborotlarni, xulosalarni o‘z ichiga oladi. Bank tizimi
axborot arxitekturasining asosiy vazifalarini quyidagi Bankni atomatlashtirish
qo‘mitasi (BAQ) Bank tizimining asosiy komponentlari
Axborot texnologiyalari
portfeli Bankni boshqa aktivlari kabi axborot texnologiyalarini boshqarishga va
umumiy tavsiflariga “Axborot texnologiyalari portfeli” (ATP) deb ataladi. Axborot
texnologiyalari portfelining asosiy komponentlarini shartli ravishda to‘rtta asosiy
toifalarga bo‘lib qarash mumkin: 1. Bankda biznes faoliyatini ta'minlash. 2.
Banklararo resurslarda - davlat ichidagi elektron to‘lovlar tizimi, SWIFT
davlatlararo va banklararo elektron to‘lov tizimi, plastik kartochkalarni qo‘llagan
holda chakana elektron hisoblar banklararo tizimi. 3. Korxona umumiy faoliyatini
quvvatlovchi tizimlar. 4. Bank infratuzilmasiga ta'luqli tizimlar.