2.1Tijorat banklari
tomonidan axborot texnologiyalarini qo‘llaganilishi.
Мazkur O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Hisob-kitoblar kliring
axborot dasturiy majmuasining loyihasi ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi
bosqichda Markaziy bank huzurida Hisob-kitob banki tashkil etilib, bank
mijozlarining majburiyatlari bo‘yicha banklarning vakillik hisobvaraqlarini
to‘g‘ridan-to‘g‘ri debetlash mexanizmi yaratildi va Yagona umumrespublika
Protsessing markazi bilan o‘zaro faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu bosqichni belgilangan
muddatda, ya’ni 2013-yil 16-sentabrda bajarilib, hozirgi kunda barcha bank plastik
kartalari orqali amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha yakuniy hisob-kitoblar
Markaziy bankning Kliring tizimi orqali amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga,
huquqiy asoslarni belgilab berish maqsadida «O‘zkart banklararo chakana to‘lov
tizimi faoliyati to‘g‘risida»gi Nizomga (ro‘yxat raqami 2369, 2012-yil 30-may)
tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. Hozirgi kunda bank kartalari bilan ushbu tizim orqali
amalga oshirilgan o‘rtacha oylik tranzaksiyalar summasi 2,14 trln. so‘mga yetdi.
Ikkinchi bosqichda 2013-yilning 4-choragi va 2014-yilning 1-choragi davomida
Markaziy bankning Kliring tizimi bilan Davlat soliq qo‘mitasi axborot tizimi,
shuningdek, «O‘zbekenergo» aksiyadorlik jamiyati hamda «O‘ztransgaz»
aksiyadorlik kompaniyalarining billing tizimlari integratsiya qilingan holda soliq va
12
boshqa majburiy to‘lovlar, elektr energiya va gaz iste’mol uchun to‘lovlarni real
vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Markaziy bank Kliring tizimi orqali ushbu yo‘nalish bo‘yicha 2015-yil
davomida jami amalga oshirilgan to‘lovlar summasi 603,43 mlrd. so‘mni tashkil
qildi, jumladan, «O‘zbekenergo» uchun to‘lovlar 235,61 mlrd. so‘m (39 foiz),
«O‘ztransgaz» bo‘yicha to‘lovlar 227,22 mlrd. so‘m (37,6 foiz), Soliqlar bo‘yicha
to‘lovlar 134,45 mlrd. so‘m (22,3 foiz), shuningdek, boshqa xizmatlar bo‘yicha
to‘lovlar 6,15 mlrd. so‘mni (1,1 foiz) tashkil etdi. Markaziy bank Kliring tizimi
orqali 2015-yil mobaynida o‘rtacha bir oylik tranzaksiyalar soni 590 mingtani,
tranzaksiyalar summasi esa 50,3 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda. Bugungi kunda
«Suvsoz» DUK, «Maxsustrans» DUK, «Issiqlik quvvati» UK, shuningdek, UCell
mobil aloqa operatori, Net television hamda Perfectum mobile, Uzmobile, UMS
aloqa operatorlari Markaziy bankning Kliring tizimiga ulanib, ushbu xizmatlar
bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Kliring tizimiga
«O‘zbektelekom» AKning korxonalarining billing tizimlarini bosqichma-bosqich
ulash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
13
Markaziy bankning hisob-kitoblar kliring tizimi tomonidan elektron to‘lov
hujjatlari va xabarlari bo‘yicha tizim a’zolariga tasdiqnoma yuboriladi. Tizim
a’zolari tomonidan tasdiqnoma olingan vaqtdan boshlab, kliring tizimi bo‘yicha
amalga oshirilgan to‘lov yakuniy va chaqirilmas hisoblanadi. Bank amaliyot kuni
davomida amalga oshirilgan kliring sessiyalari yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan
hisobotlar Kliring tizimi a’zolariga yuboriladi. Markaziy bank hisob-kitoblar Kliring
tizimining banklar va xizmat ko‘rsatuvchilar bilan o‘zaro munosabatlar sxemasi
keltirilgan.
Markaziy bankning Kliring tizimi to‘lovlarni o‘tkazish jarayonida Davlat soliq
qo‘mitasining axborot tizimlari bilan o‘zaro birgalikda ishlashini ta’minlab, soliq va
boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga olishjarayonini avtomatlashtirish va qog‘oz
kvitansiyalaridan voz kechish imkonini beradi. Markaziy bankning Kliring tizimi
elektr energiyasi, gaz, kommunal sohalarida xizmat ko‘rsatuvchilar va internet-
14
provayderlar hamda an’anaviy va mobil aloqa operatorlarining billing tizimlari bilan
o‘zaro aloqani ta’minlagan holda, bank plastik kartalari va boshqa depozit
hisobvaraqlari orqali, chakana to‘lovlar bo‘yicha real vaqt rejimida o‘zaro hisob-
kitoblar holatiga asoslanib, xizmatlar ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Umuman
olganda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi «2011–
2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor
yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi PQ-1438 sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida bank
tizimida keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirildi, ayniqsa, keyingi yillarda
mamlakatimiz tijorat banklari chakana operatsiyalarni rivojlantirish orqali o‘z
mijozlariga taqdim etadigan xizmatlar turlarini kengaytirishga va o‘z faoliyatini
diversifikatsiya qilishga katta e’tibor qaratildi. Ushbu maqsadda banklar tomonidan
mamlakatimiz moliya-bank infrastuzilmasini rivojlantirish orqali mijozlarga
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘z
hisobvaraqlarini masofadan boshqa-rish imkoniyatlari kengaytirildi. Masofaviy
bank xizmatlarini hayotga tatbiq qilish orqali kredit tashkilotlari o‘zlarining
an’anaviy bank operatsiyalariga qo‘shimcha ravishda, mijozlar ehtiyojini to‘laroq
va sifatliroq qondiradigan yangi bank mahsulotlarini ham taklif etmoqdalar.
Ayni paytda, 2016-yilning 1-yanvar holatiga bank hisobvaraqlarini masofadan
boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 1 061 022ta bo‘lib, shundan
internet-banking
va
«Bank-Mijoz»
dasturiy
majmuasi
xizmatlaridan
foydalanuvchilar soni 81 492tani tashkil etgan bo‘lsa, mobil-banking va sms-
banking xizmatlaridan foydalanuvchilar soni esa 979 530tani tashkil etadi. Bu esa,
o‘tgan 2011-yil 1-yanvar holatiga (24 545taga) nisbatan bank hisobvaraqlarini
masofadan boshqarish tizimlaridan foydalanuvchilar jami soni 43 barobardan ortiq
oshganligidan dalolat beradi. Xususan, o‘tgan qisqa besh yil mobaynida internet-
banking va «Bank-Mijoz» dasturiy majmuasi xizmatlaridan foydalanuvchilar soni
5,7 baravarga oshgan bo‘lsa, mobil-banking va sms-banking xizmatlaridan
foydalanuvchilar soni esa 95 baravarga oshganligidan dalolat beradi.
15
Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish
hamda ushbu tizimni takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli «Bank plastik kartalaridan
foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan Markaziy bank,
O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Yagona umumrespublika protsessing
markazi (YaUPM) tomonidan «Uzkart» banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari
bo‘lgan tijorat banklari bilan birgalikda «on-line» rejimida ishlaydigan «Smart-
Vista» EMV texnologik platformasi to‘liq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015 yillarda respublika moliya-
bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro
reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi 2010-yil
26-noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida YaUPM
tomonidan server va kommunikatsiya jihozlari, tizimli dasturiy ta’minotlar xarid
qilinib, o‘rnatildi va ishga tushirildi, server va terminallar uchun amaliy dasturlar
yaratildi. Natijada tijorat banklarining bo‘limlari va filiallaridan Bosh bank
ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yetkaziladigan ma’lumotlarni qayta ishlash
bo‘yicha oraliq bo‘g‘inlarni chiqarib tashlash hisobiga to‘lovlarning o‘tkazilishini
tezlashtirishga erishildi.
16
Shu bilan birga, «On-Line» rejimida ishlovchi «Uzkart-EMV» milliy
banklararo plastik kartochkalar to‘lov tizimini joriy etishni jadallashtirish maqsadida
tijorat banklarida tegishli dasturiy-apparat majmualari ishga tushirildi hamda EMV
texnologiyasiga moslashgan terminallar joriy qilindi. Bu ishlar natijasida, 2016-yil
1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha barcha tijorat banklari tomonidan onlayn
rejimida ishlaydigan 8 426 280ta bank plastik kartalari muomalaga chiqarilishiga
erishildi. Bu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagilar amalga
oshirish mo‘ljallangan:
muomaladagi onlayn bank plastik kartalari, to‘lov terminallari, infokiosklar
sonini oshirgan holda respublika moliya infrastrukturasini kengaytirish;
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, dasturiy
ta’minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun
foydalaniladigan boshqa uskunalar import bo‘yicha olib kirilganida tijorat banklari
boj to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2020-
yil 1-yanvarga qadar ozod qilish;
plastik karta tizimi uchun import shartnomalari bo‘yicha xarid qilingan texnik
va dasturiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish va zarur choralarni
ko‘rish.
|