Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishi qaror qiladi




Download 92,51 Kb.
bet14/14
Sana19.12.2023
Hajmi92,51 Kb.
#124318
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8-jigilish-bayonnomasi-2023
1-MUSTAQIL ISH (2), Davlat pul kridit siyosati maqsadi va dastaklari (2), Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash dasturlari-fayllar.org, Етказиб беришлар занжирида бошкарув китоб 12 11 2019, 5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024, Мустақил топшириқ тайёрлаш намуна-2, a231fa28-8af9-40b8-be44-0698b7cef784-t0gPfY, Sinkveyn usuli-fayllar.org
Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishi qaror qiladi:

I. 1. Filial direktori F. Muxtarovning axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Strategik hamkorlik masalalari bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari va fakultet dekanlari, kafedra mudirlariga oliy ta’lim muassasalari bilan tuzilgan hamkorlik memorandumlari bo‘yicha yo‘l xarita ishlab chiqish yuzasidan alohida vazifalar yuklatilsin. Muddat 1 oy.
3. Fakultet dekanlari va kafedra mudirlari tomonidan xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha 1 aprelgacha 50 foizini bajarilishini nazoratga olinsin.
4. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, TSNQB, fakultet dekanlariga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
- bir hafta muddatda o‘quv adabiyotlarni yaratish masalasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot taqdim etish;
- bir hafta muddatda dars tahlili natijalari bo‘yicha qizil toifadagi professor-o‘qituvchilarni yashil toifaga olib chiqish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish.
5. Kiberxavfsizlik fakultetini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy normativ-huquqiy xujjatlarini tayyorlash ishlari bajarilsin va taqdim etilsin. Mas’ullar: N.Jo‘rayev, T.Abdullayev.
6. Ilmiy-innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilsin. Mas’ul: N.Mamadaliyev. Muddat: 1 oy.
7. Filial professor-o‘qituvchilari dars tahlillari natijalariga ko‘ra hisobot tayyorlansin va may oyi Kengash yig‘ilishida muhokamaga qo‘yilsin. Mas’ullar: T.Abdullayev, M.Teshaboyev, Sh.Umarov.
8. Bir yillik mehnat shartnomasiga o‘tish bo‘yicha aniq takliflar kiritilsin. Mas’ullar: R.Sulaymonov, B.Raxmatov.

II. 1. Filialda ijro intizomi bilan ishlash bo‘yicha F.Arakulovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Filialda ijro intizomi bilan ishlash bo‘yicha ma’sullar (direktor, direktor o‘rinbosarlari, dekanlar va bo‘lim boshliqlari)ga edo.ijro.uz tizimiga kelgan hujjatlar bilan o‘z vaqtida tanishib borish va ijrosini ta’minlash hamda Edo.ijro.uz tizimida javob xatlarini belgilangan shablon asosida tayyorlash va yuborish vazifalari yuklatilsin.
3. Ijro intizomi bo‘yicha ma’sul F.Arakulovaga Edo.ijro.uz tizimida ijro intizomiga rioya qilmagan, belgilangan muddatlarda ijrosini ta’minlamagan ma’sullarga qonunchilik doirasida intizomiy chora ko‘rish bo‘yicha ma’lumot kiritish vazifasi yuklatilsin.
4. Bir hafta muddatda filial stadionini ta’mirlash ishlari amalga oshirilsin. Mas’ullar: N.Ibroximov, G.Kochkorova, X.Abduraxmonov.
5. Filial stadionini ta’mirlash topshirig‘i bajarilmagan taqdirda filial stadioni bo‘yicha mas’ullar ustama haqdan mahrum qilish taklifi ma’qullansin.
6. Mazkur qarorning ijrosi nazorati A.Kadirov hamda F.Arakulovalar zimmasiga yuklatilsin.

III. 1. 1. O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Umarovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


1. 2. Axborot xavfsizligi va dasturiy injiniring ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun bitiruv malakaviy ishlarni tayyorlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar ishlab chiqilsin va talabalar e’tiboriga yetkazilsin. Mas’ullar: Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri (D.To‘xtasinov), Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri (N.Jo‘rayev). Muddat: 1 hafta.
1. 3. Telekommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun fanlararo yakuniy davlat attestatsiyasi dasturi tasdiqlansin va talabalar e’tiboriga yetkazilsin. Mas’ullar: Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri (O.Rayimjonova), Axborot xavfsizligi kafedrasi mudiri (D.To‘xtasinov). Muddat: 1 hafta.
1. 4. BMI himoyasi va fanlaro davlat attestatsiyalari uchun komissiya tarkibiga takliflar ishlab chiqilsin va belgilangan tartibda tasdiqqa tavsiya etilsin. Mas’ullar: O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i, kafedra mudirlar. Muddat: 1 hafta.
1. 5. Top-1000 ga kirgan universitetlar professor-o‘qituvchilarini BMI va MD himoyalariga taklif etish, hamkorlik asosida BMI va MDlarga rahbarlik qilish hamda ular ishtirokida himoyalarni o‘tkazish taklifi ma’qullansin.

III. 2. 1. Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi mudiri O.Rayimjonovaning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2. Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi 5350100 – Telekommunikatsiya texnologiyalari (yo‘nalishi bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi hamda fanlararo bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasini quyidagi tarkibda tasdiqlansin:
- Djalilov Baxromjon Odilovich, Raqamli texnologiyalar markazi direktori, dotsent (PhD) – rais;
- Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna, “Telekommunikasiya injiniringi” kafedrasi mudiri, dotsent (PhD) – rais o‘rinbosari;
- Alimjonov Dilyorjon Baxtiyorovich, Elektromagnit moslashuv markazi davlat unitar korxonasi Farg‘ona viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati 2-toifali tarmoq muhandisi – a’zo;
- Eshimov Mirjaxon Botirovich, O‘zbektelekom AK Farg‘ona filiali direktorining texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari – a’zo;
- Iskandarov Usmonali Umarovich Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi – a’zo;
- Komilov Davron Rashidjon o‘g‘li , Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti – kotib.
2. 3. Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi 70611001 – Telekommunikatsiya injiniringi (Teleradioeshittirish) magistratura mutaxassisligi bitiruvchilarining magistrlik dissertatsiyalari himoyasi hamda fanlararo bo‘yicha yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasini yuqoridagi tarkibda tasdiqlansin:
- Mamadaliyeva Lola Komildjanovna., FarPI Intellektual muhandislik tizimlari kafedrasi kafedrasi professori, t.f.d – rais;
- Rayimjonova Odinaxon Sodiqovna, Telekommunikasiya injiniringi kafedrasi mudiri, dotsent (PhD) – rais o‘rinbosari;
- Daliyev Bahtiyor Sirojiddinovich, Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta’limi fakulteti dekani, (PhD) – a’zo;
- Nurdinova Raziyaxon Abdixalikovna, ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i, (PhD) – a’zo;
- Yo‘ldoshev Xurshidjon, FarPI Elektronika va asbobsozlik kafedrasi mudiri, PhD – a’zo;
- Komilov Davron Rashidjon o‘g‘li, Telekommunikatsiya injiniringi kafedrasi assistenti – kotib.

IV. 1. TSNQB boshlig‘i M.Teshaboyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2022/2023-o‘quv yili kuzgi semestr o‘quv jarayonining holati va talabalarning attestatsiya natijalari qoniqarli deb hisoblansin.

V. 1. Ishchi guruhi raisi M.Teshaboyevning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. 2022/2023-o‘quv yili kuzgi semestr natijalariga ko‘ra past o‘zlashtirish ko‘rsatgichiga ega bo‘lgan guruhlarni natijalarini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy muddat ichida. Mas’ullar: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va fakultet dekani.
3. Fakultet ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar kiritilsin. Mas’ullar: : O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari va fakultet dekani.
4. Xususiy xonadonlarda ijarada yashovchi fakultetning 4-kurs talabalarini yashash sharoitlarini o‘rganib va nazoratga olinsin. Muddat: bir oy muddat ichida. Mas’ullar: Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va 4-kurs talabalariga biriktirilgan professor-o‘qituvchilar.
5. Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ixtisoslashgan maktablarga amaliy uslubiy yo‘rdam ko‘rsatish bo‘yicha aniq reja asosida reja tuzilsin. Muddat: bir oy muddat ichida. Mas’ullar: : Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari va kafedra mudirlari.
6. Kafedralarni soha korxonalari bilan xo‘jalik shartnomalari tuzish va innovatsion loyihalarda ishtirokini kuchaytishir bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilsin. Muddat: bir oy muddat ichida. Mas’ullar: kafedra mudirlari va fakultet dekani.
VI. 1 Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari A.Kadirovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Filialda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning holati qoniqarli deb hisoblansin.
3. Xorijiy tillarni bilish sertifikati (TOEFL, IELTS, Milliy sertifikat va h.k.)ga ega talabalarni rag‘batlantirishni sertifikat ko‘rsatkichlariga ko‘ra tabaqalashtirgan holda to‘lash taklifi ma’qullansin.
VII. 1. 1. Fakulteti dekanlari N.Ibroximov va B.Daliyevlarning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
1. 2. Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakulteti Dasturiy injiniringi yo‘nalishi 1-kurs 657-22 guruhi talabasi Ismoilov Umarxon A’zamjon o‘g‘liga 1-kurs 2-semestrini masofaviy ta’lim shaklida, Telekommunikatsiya injiniringi va kasb ta‘limi fakulteti AKT sohasida Kasb ta‘limi yo‘nalishi 2-kurs 623-21 guruhida davlat granti asosida tahsil olayotgan talaba Yuldashev Odamboy G‘ayrat o‘g‘li 2-kurs 4-semestrini eksternat ta’lim shaklida davom ettirishlariga ruxsat berilsin.
1. 3. Fakultet dekanlari N.Ibroximov, B.Daliyevga:
- filial kengashining qarori besh kun muddatda ariza mualliflariga (talabalarga) ma’lum qilinsin;
- filial kengashining qaroriga asosan akademik ta’til muddatida masofaviy yoki eksternat ta’lim shaklida o‘qishga ruxsat etish bo‘yicha filial direktorining buyruq loyihasi tayyorlansin va tasdiqqa kiritilsin;
- ruxsat etilgan talabalarga akademik ta’tildan qaytgandan so‘ng muayyan o‘quv semestrida (semestrlarida) o‘qitilgan fanlar bo‘yicha bir martalik imtihonlar topshirilishi belgilab qo‘yilsin (Muddat: semestr yakuni);
- imtihonlar filial direktorining buyrug‘iga asosan fanlar bo‘yicha tashkil etilgan komissiya tomonidan o‘tkazilishi belgilab qo‘yilsin (Muddat: semestr yakuni);
- imtihonlar natijalariga ko‘ra barcha fanlardan talaba ko‘rsatkichi belgilangan o‘tish ballidan yuqori bo‘lgan taqdirda talabaga navbatdagi o‘quv semestridan (kursdan) o‘qishini davom ettirishiga ruxsat etilsin;
- imtihonlar natijalariga ko‘ra bir yoki undan ko‘p fanlardan talaba ko‘rsatkichi belgilangan o‘tish ballidan past bo‘lgan taqdirda talabaning o‘zlashtirilmagan o‘quv semestrining boshidan o‘qishini davom ettirishi belgilab qo‘yilsin;
- talabalar U. Ismoilov va O. Yuldashev o‘quv rejasidagi fanlar bo‘yicha tegishli manbalar (sillabus, o‘quv-uslubiy majmualar, elektron darslik va qo‘llanmalar, videodarslar va h.k.) bilan ta’minlansin.
VII. 2. 1. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari B.Polvonovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2. Quyidagi o‘quv qo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya etilsin:
- TATU Farg‘ona filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tashlanova Nigora Djurayevnaning “Академическое письмо” nomli o‘quv qo‘llanmasi;
- TATU Farg‘ona filiali O‘zbek tili va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri Kochkorova Gulnara Dexkanbayevnaning “Философия” nomli o‘quv qo‘llanmasi.
2. 3. Quyidagi o‘quv qo‘llanmalar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Kengashiga ko‘rib chiqish uchun tavsiya etilsin:
- TATU Farg‘ona filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi assistenti D.Sotvoldiyeva va Axborot xavfsizligi kafedrasi assistenti M.Xusanovalarning hammuallifligidagi “Signallarga raqamli ishlov berish jarayonlarini Matlab dasturida vizuallashtirish” nomli o‘quv qo‘llanmasi;
- TATU Farg‘ona filiali Dasturiy injiniring kafedrasi mudiri N.Jurayev va mazkur kafedra o‘qituvchilari X.Musayev, A.Qayumovlarning hammuallifligidagi “Algoritmlash va dasturlash asoslari” nomli o‘quv qo‘llanmasi.
2. 4. Quyidagi monografiyalar nashr etish uchun tavsiya qilinsin:
- Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Tadjibayeva Adila Ergashevnaning “Zamonaviy ingliz tilining polietnik xususiyatlari” nomli monografiyasi.
- Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Muminova Muattarxon Alisherovnaning “Ingliz va o‘zbek tillarida VAQT konseptli birliklarning lingvokulturologik xususiyatlari” nomli monografiyasi.
- Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri Abdullayev Temurbek Marufovichning “Интелектуальные многофункциональные оптоэлектронные преобразователи систем контроля и управления технологическими параметрами микроклимата сельхозпродуктов” nomli monografiyasi.
- Axborot xavfsizligi kafedrasi dotsenti Muxtarov Farrux Muhammadovichning “Internet kontentlaridan xavfsiz foydalanish mexanizmini takomillashtirish” nomli monografiyasi.
- Axborot texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Umurzakova Dilnoza Maxamadjonovnaning “Issiqlik energetikasi obyektlarining issiqlik yuklamasini boshqarishning noravshan-mantiqiy modellari va algoritmlari” nomli monografiyasi.
Kengash raisi F. Muxtarov


Kengash kotibi N. Qurbonov
Download 92,51 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 92,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yuqoridagi masalalar yuzasidan Kengash yig‘ilishi qaror qiladi

Download 92,51 Kb.