Birinchidan, ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha




Download 92,51 Kb.
bet2/14
Sana19.12.2023
Hajmi92,51 Kb.
#124318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-jigilish-bayonnomasi-2023
1-MUSTAQIL ISH (2), Davlat pul kridit siyosati maqsadi va dastaklari (2), Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash dasturlari-fayllar.org, Етказиб беришлар занжирида бошкарув китоб 12 11 2019, 5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024, Мустақил топшириқ тайёрлаш намуна-2, a231fa28-8af9-40b8-be44-0698b7cef784-t0gPfY, Sinkveyn usuli-fayllar.org
Birinchidan, ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha. Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, natijalar biz kutgan samarani bermoqda. 2023-yil 1-choragida filialda ilmiy salohiyat 44 foizni tashkil etmoqda. Xususan, mart oyida ushbu ko‘rsatkich 4 foizga oshdi. Filialda ilmiy salohiyatni o‘sishi uchun ustoz-shogird an’analarini rivojlantirishimiz maqsadga muvofiq, bu ustozlar salohiyatidan foydalanish va ularga shogird tayyorlash uchun zarur sharoitlarni yaratib berishimiz kerak.
2 ta jurnalimizning ilk soni chop etildi. “Engineering problems and innovations” (EPAI) ilmiy-texnik jurnali va “Al-Farg‘oniy avlodlari” ilmiy-texnik jurnalining ilk qaldirg‘och soni chop etildi. Xabarlaringiz bor, jurnallarimizda 25-fevral kuni o‘tkazilgan forumda e’lon qilingan 200 dan ortiq maqolalar “Google Scholar”da indekslangan edi. Ana shu maqolalarga iqtiboslar soni hozirda 100 tadan ortib ketdi. Eng asosiy xabarlardan biri, endilikda EPAI jurnalida e’lon qilingan maqolalar OAK ro‘yxatida ko‘rsatilgan Index Copernicus xalqaro bazasida ham indekslanyapti. Bu jurnallarimiz xalqaro nufuzga ega bo‘lib borayotganidan darak beradi.
Ilmiy-uslubiy sohada muhim ishlarimizdan biri ilmiy jurnallarimiz soni yana bittaga ortganini alohida qayd etish lozim. “ELECTRON LABORATORY” MCHJ Xalqaro ilmiy elektron jurnali TATU Farg‘ona filialida faoliyat yuritishi uchun kelishuvga erishildi. Ushbu jurnalning tahririyatini tuzish va jurnalni maxsus sonini aprel oyida chop etish rejalashtirildi.
Qolaversa, xabarlaring bor, Farg‘ona politexnika instituti ilmiy texnika jurnalining mart oyidagi maxsus sonini jamoamiz professor-o‘qituvchilari uchun kelishuvga erishilgan edi. Ana shu sonda 60 dan ortiq maqolalar chop etildi. Konferensiya va jurnal maqolalarini qo‘shib hisoblaganda, 2023-yilning 1-choragining o‘zida 200 dan ortiq mahalliy miqyosdagi maqolalar chop etildi. Bu ko‘rsatkich, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 3 barobarga o‘sishni ko‘rsatmoqda.
Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha filialda 5 nafar professor-o‘qituvchilar va iqtidorli talaba-yoshlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Bahorgi tijoratlashtirish forumida faol ishtirok etdilar.
Bu sohadagi ishlarni rivojlantirish maqsadida fevral oyida tijoratlashtirish bo‘yicha koordinator vazifasi joriy etilgan edi, lekin Nurillo Mamadaliyevdan biror tashabbus chiqmadi. Sizga ishonch bildirgan edik, siz katta va’dalarni bergan edingiz. Sizga alohida topshiriq bo‘ladi, ilmiy-innovatsion loyihalarni tijoratlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishingizni so‘rayman. 1 oy davomida keyingi yig‘ilishda aniq amaliy natijalar bilan chiqishingizni so‘rab qolaman.
Joriy yilning 16-17-mart kunlari Toshkent axborot texnologiyalari universitetida TUIT CUP-2023 sport dasturlash bo‘yicha ochiq chempionat bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda filialimiz talabalaridan 4 nafari (650-20 Valiyev Bekzod, 640-20 Olimov Fayozbek, 650-20 Najmiddin G‘iyosiddinov, 610-21 Baxromov Saidmirza) ishtirok etib, ulardan 3 nafari 6-aprelda Belorussiyada bo‘lib o‘tadigan yarim final bosqichida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.



Download 92,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 92,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Birinchidan, ilmiy va innovatsiyalar bo‘yicha

Download 92,51 Kb.