To‘rtinchidan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha




Download 92,51 Kb.
bet5/14
Sana19.12.2023
Hajmi92,51 Kb.
#124318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-jigilish-bayonnomasi-2023
1-MUSTAQIL ISH (2), Davlat pul kridit siyosati maqsadi va dastaklari (2), Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash dasturlari-fayllar.org, Етказиб беришлар занжирида бошкарув китоб 12 11 2019, 5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024, Мустақил топшириқ тайёрлаш намуна-2, a231fa28-8af9-40b8-be44-0698b7cef784-t0gPfY, Sinkveyn usuli-fayllar.org
To‘rtinchidan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha. Ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarimizni ommaviy tadbirlar misolida aytadigan bo‘lsak, bayram tadbirlarida jamoada ko‘tarinki kayfiyat bo‘lishi, har bir xodimning o‘z mehnatidan mamnun bo‘lishi uchun harakat qilyapmiz. Bu yilgi “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami hamda “Navro‘z” umumxalq bayrami jamoamizda judayam ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. “Navro‘z” bayramiga moddiy rag‘batlantirish va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash talabalar va professor-o‘qituvchilarga (2022-yilda 73 500 000 so‘m, 2023-yilda 170 100 000 so‘mni tashkil etdi) o‘tgan yilga nisbatan 2-3 barobarga oshirildi. Albatta, bu kabi tadbirlarimiz bundan buyon rivojlanib boradi, jamoamizdagi sotsial adolatni yanada mustahkamlash uchun Kengashning har oydagi yig‘ilishlarida mana shunday sarhisob qilib, oliygohimizni yanada rivojlantirish uchun qarorlar qabul qilish va reja asosida oldimizda turgan vazifalarni birgalashib amalga oshirishimiz maqsadga muvofiq. Navro‘z bayrami arafasida iste’dodli talabalarning nufuzli tanlovlarida ishtirok etib, munosib o‘rinlarga sazovor bo‘lishdi va yuqori natijalarga erishdilar. Jumladan, Axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta’limi yo‘nalishi 4-kurs talaba Sotvoldiyeva Mohira viloyatda qizlar o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada hokim sovriniga sazovor bo‘ldi. Bu kabi yutuqlar o‘zimizniki, buni e’tirof etamiz.
Media makonda TATU Farg‘ona filialining imiji yangi qiyofaga ega bo‘lmoqda. Media markazni tashkil etganimizga ham 3 oy bo‘ldi. Shu davr mobaynida ommaviy axborot vositalarida oliygohimizda amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori saviyada e’tirof etib yoritilishi quvonarli holatdir. Jumladan, Farg‘ona telekanali, O‘zbekiston 24 telekanali, Mening yurtim telekanalida maxsus reportajlar efirga uzatildi, Farg‘ona viloyatidagi “Yangi Farg‘ona” gazetasida muhtaram Prezidentimiz raisligida raqamlashtirish bo‘yicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektorda aytilgan masalalar yuzasidan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali direktori nomidan «Zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash – ustuvor maqsadimiz» nomli maqola “Yangi Farg‘ona” gazetasining 20-sonida chop etildi. Bundan tashqari bu kabi maqolalar Respublika “Yangi O‘zbekiston” gazetasida, viloyatdagi “Hurriyat” gazetalarida oliygohimiz to‘g‘risida maqolalar chop etilmoqda.
Bugungi yig‘ilishda jamoaga yana bir yangilikni e’lon qilmoqchiman. Xabaringiz bor, “yangi innovatsion e’tirof” rahbarning “Oltin qalam” e’tirofi e’lon qilingan edi, bu nominatsiya davom etmoqda. Yana bir taqdirlash rahbarning “Oltin soat” nominatsiyasini e’lon qilmoqchiman. Bugundan boshlab “Oltin soat” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlashni taklif qilaman.
Ushbu nominatsiya sohibi moliyaviy ta’minoti vaqt chegarasi bo‘lmaydi, nominant xalqaro va Respublika grantlarini yutib olgan, ilmiy loyihalari patentlashgan bo‘lishi lozim. Ushbu yo‘nalishda alohida o‘rnak bo‘lgan xodimlarni Rahbariyat tomonidan mana shunday mukofot bilan taqdirlab boramiz.
Shuningdek, 2023-yil 1-apreldan Dasturiy injiniringi va raqamli iqtisodiyot fakultetiga Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari lavozimiga Oxunov Toxirjon Ma’murjon o‘g‘li tayinlandi.
Bugungi umumiy yig‘ilishda jamoaga yetkaziladigan masalalar shulardan iborat edi. Kun tartibidagi qolgan masalalarni Kengash a’zolari bilan muhokama qilish uchun kichik majlislar zalida yig‘ilishni davom ettirsak.

Download 92,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 92,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘rtinchidan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha

Download 92,51 Kb.