Ikkinchi masala bo‘lgan ijro intizomi yuzasidan




Download 92,51 Kb.
bet6/14
Sana19.12.2023
Hajmi92,51 Kb.
#124318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-jigilish-bayonnomasi-2023
1-MUSTAQIL ISH (2), Davlat pul kridit siyosati maqsadi va dastaklari (2), Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash dasturlari-fayllar.org, Етказиб беришлар занжирида бошкарув китоб 12 11 2019, 5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024, Мустақил топшириқ тайёрлаш намуна-2, a231fa28-8af9-40b8-be44-0698b7cef784-t0gPfY, Sinkveyn usuli-fayllar.org
Ikkinchi masala bo‘lgan ijro intizomi yuzasidan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i F.Arakulovaning axboroti eshitildi.
Edo.ijro.uz tizimiga kelib tushgan topshiriq va ma’lumotlar to‘g‘risida quyidagicha axborot berdi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali devonxona ish faoliyati “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali devonxonasi to‘g‘risidagi Nizom” asosida yuritiladi.
2023-yil 1-mart kunidan 31-mart kuniga qadar filialga yuqori tashkilotlardan va idoralardan kelib tushgan hujjatlar jami 207 tani tashkil etdi. Shu jumladan, Shu jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan jami 121 ta hujjat, bulardan – 2 ta buyruq, bayon 2 ta, 117 ta xat, TATU dan 9 ta buyruq, Farg‘ona viloyat hokimligidan 46 ta xat, Tashkilotlardan 27 ta xatlar kirim qilingan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan kelgan buyruqlar va bayonlarga Direktor o‘rinbosarlari tomonidan loyixalar tayyorlanib, filialning ichki buyruqlari ishlab chiqilgan. Devonxona tomonidan barcha xujjatlar edo.ijro.uz yagona elektron tizimiga kiritilib, mas’ullarga yuklatilgan va ijrosi mas’ullar tomonidan yoritib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 10-martdagi 111-F-sonli farmoyishi ijrosini taminlash Ishlar boshqarmasi boshligʻi X.Abduraxmonovga yuklatilgan boʻlib, joriy yilning 16-mart sanasi bilan 44-sonli filial ichki buyrugʻi tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 4-martdagi “2023-yilning 11-mart kuni “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish to‘g‘risida”gi 91-F-son farmoyishi qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-fevraldagi 8-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari A.Kadirovga yukaltilgan boʻlib, joriy yilning 11-mart sanasi bilan 41-sonli filial ichki buyrugʻi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 28-fevraldagi 8-son yig‘ilish bayoni ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi.
Ishlar boshqarmasi boshlig‘i X.Abduraxmanovga joriy yil iyul oyining oxirigacha binolarning energiya iste’molini to‘liq, muqobil energiyaga o‘tkazish va energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish choralarini ko‘rilishi topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziligining 2023-yil 7-martdagi 12-son yig‘ilish bayoni ijrosini ta’minlash yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari A.Kadirovga yukaltilgan boʻlib, joriy yilning 11-mart sanasi bilan 42-sonli filial ichki buyrugʻi tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-martdagi 12-son yig‘ilish bayoni rahbarlik va ijro uchun qabul qilindi.
Ichki nazorat monitoring bo‘lim boshlig‘iga yuklatilgan haftalik yig‘ilish bayonlari qarorlari hamda filial Kengashida mas’ullarga yuklatilgan topshiriqlar edo.ijro.uz yagona elektron tizimiga joylashtirilib kelmoqda hamda ijrosini o‘z vaqtida ta’minlanishi nazorat qilinmoqda.
Joriy yilning mart oyida edo.ijro.uz yagona elektron tizimiga yuqori tashkilotlardan kelgan topshiriqlar va rahbarlarga yuklatilgan topshiriqlar barchasi o‘z muddatida bajarildi.
Hurmatli filialimiz rahbar xodimlari filialning “Rahbariyat” telegram guruhiga Devonxona mudirasi M.Xamdamova tomonidan shakllangan nomenklaturasi yuklatilgan. Ushbu Nomenklaturalarni koʻrib siz rahbarlik qilayotgan boʻlim faoliyatida ishlanayotgan papkalarni oʻrganib chiqib, 1 hafta muddat ichida Devonxona mudirasi M.Xamdamovaning telegram akkauntiga tashlab berishlaringizni soʻrayman.
Shu o‘rinda filial direktori F.Muxtarov fuqaro murojaatlari bo‘yicha fikr bildirib, fuqarodan filial stadioni bo‘yicha Prezident portaliga kelib tushgan shikoyat masalasiga o‘z munosabatini bildirdi. Bu masala yuzasidan fakultet dekani N.Ibroximov, kafedra mudiri G.Kochkorovaga Ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda bir hafta muddatda filial stadionini ta’mirlash topshirig‘ini berdi, topshiriq bajarilmagan taqdirda filial stadioni bo‘yicha mas’ullarga beriladigan ustama haqlardan mahrum qilish taklifini berdi.
Ushbu masala yuzasidan fakultet dekanlari O.Otaqulov va N.Ibroximov, kafedra mudiri G.Kochkorovalar fikr-mulohaza bildirdilar.

Download 92,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 92,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkinchi masala bo‘lgan ijro intizomi yuzasidan

Download 92,51 Kb.