• Strategik hamkorlik masalasida quyidagi ishlarni alohida qayd etish lozim
  • Ikkinchidan, strategik hamkorlik va istiqboldagi rejalar bo‘yicha




    Download 92,51 Kb.
    bet3/14
    Sana19.12.2023
    Hajmi92,51 Kb.
    #124318
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    8-jigilish-bayonnomasi-2023
    1-MUSTAQIL ISH (2), Davlat pul kridit siyosati maqsadi va dastaklari (2), Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash dasturlari-fayllar.org, Етказиб беришлар занжирида бошкарув китоб 12 11 2019, 5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024, Мустақил топшириқ тайёрлаш намуна-2, a231fa28-8af9-40b8-be44-0698b7cef784-t0gPfY, Sinkveyn usuli-fayllar.org
    Ikkinchidan, strategik hamkorlik va istiqboldagi rejalar bo‘yicha. Strategik hamkorlik yo‘lida boshlagan ishlarimizning natijasida Respublikamizda birinchilardan bo‘lib tashabbus ko‘rsatib, filialimizda rektorlar forumini o‘tkazdik. 4-mart kuni “Sifatli ta’lim – kelajak poydevori” shiori ostida aynan bizning oliygohimizda forum o‘tkazildi. Forum doirasida “Sifatli ta’lim yilida Farg‘ona viloyati oliy ta’lim muassasalarining transformatsiyalashuvi” mavzusida rektorlar muloqoti natijasida hamkorlik memorandumi qabul qilindi. Mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlardan “inson – jamiyat – davlat” tamoyili asosida aniq strategik maqsad ko‘zlangan. Ana shu yagona maqsad yo‘lida Farg‘ona oliy ta’lim muassasalari birlashdi. Forum natijasida Farg‘ona viloyatidagi oliy ta’lim muassasalarining hamkorlikdagi ishlari, ilmiy va amaliy taklifi asosida ilmiy tadqiqot va loyihalarni amaliyotga tadbiq etish, tadqiqot ishlarini tijoratlashtirish masalalarini hal qilishga qaratilgan kelishuvga erishdik.
    Strategik hamkorlik masalasida quyidagi ishlarni alohida qayd etish lozim: Kompyuter tizimlari kafedrasi professor-o‘qituvchilarining tashabbusi bilan 25-fevral kuni jahon reytingida top 500 talikka kiruvchi Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Osh davlat universiteti professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy forum o‘tkazildi. Forumda ishtirok etgan jami 200 ta tezis-maqolalarning 150 dan ortiqrog‘i jamoamiz a’zolariga tegishli. Barcha maqolalar “google scholar”da indekslandi. Ushbu hamkorlik do‘stona aloqalarni mustahkamlanishiga va ilmiy-uslubiy ishlarni rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4391-sonli “Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillilarini joriy etish chora-tadbirlari” va “O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Belarussiya hukumati o‘rtasida ta’lim bo‘yicha hujjatlarni o‘zaro tan olish Kelishuvi” ga asoslanib, 2023-yil 15-mart kuni TATU Farg‘ona filiali va Belorussiya davlat texnologiyalar universiteti o‘rtasida videokonferensiya o‘tkazildi.
    Konferensiyada Belarussiya davlat texnika universiteti tomonidan rektor Voitov Igor Vitalevich, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sakovich Andrey Andreyevich, Axborot texnologiyalari fakulteti dekani Shiman Dmitriy Vasilyevich, Chet yel fuqarolari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Yanukovich Yelena Iosefovna, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Rogova Olga Anatolyevna ishtirok etdilar.
    Konferensiyada asosan TATU Farg‘ona filialida Belorus-O‘zbek o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rildi. Suhbat mobaynida hozirgi kunda dolzarb bo‘lgan sohalar bo‘yicha ta’limning qo‘shma dasturi asosida yangi fakultet, ta’lim yo‘nalishlarini ochish yuzasidan kelishuvga erishildi.
    25-mart kuni ikkita Xalqaro delegatsiya tashrif buyurdi:
    - Belarussiya davlat texnologiya universiteti rektori Voitov Igor Vitalyevich va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Sakovich Andrey Andreyevich;
    - Bangladeshdagi Amerika Xalqaro Universitetining vasiylik kengashi asoschisi va raisi doktor Hasanul A.Hasan, AIUB prorektori doktor Karmen Z.Lamanya tashrif buyurdilar.
    O‘zaro hamkorlik uchrashuvida ta’lim va axborot texnologiyalari sohalarida loyihalar va istiqbolli rejalar, AKT sohasida malakali kadrlar tayyorlash, innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zaro hamkorlik asosida professor-o‘qituvchi va talabalarni ilmiy-amaliy stajirovka, akademik talaba almashinuvi hamda hamkorlikda xalqaro grant loyihalarda ishtirok etish masalalari bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma imzolandi. Hamkorligimiz do‘stona tashrif bilan boshlandi va kelajakda ta’limning qo‘shma dasturi bo‘yicha fakultet tashkil etishga kelishuvga erishildi.
    O‘zbekiston-Koreya Xalqaro universiteti Farg‘ona filiali bilan memorandum imzolandi. Universitet rektori Park Junxo bilan filial ishchi guruhi uchrashib, ikki oliygohning istiqboldagi rejalar va hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.
    Filialda yangi yo‘nalishlarni ochish, axborot texnologiyalari sohasida yangi virtual reallik yo‘nalishida ta’lim dasturlarini yaratish ham strategik maqsadimizdan biri hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida mutaxassis taklif etdik. Toshkent shahridan Virtual reallik texnologiyalarini qo‘llash bo‘yicha kompaniya asoschisi, “VRonica” firmasi rahbari Akmal Salixov va IT-PARK Farg‘ona viloyat rahbari Bahromjon Jalilov tashrif buyurdilar. Ushbu hamkorlik doirasida virtual laboratoriya, tibbiyot sohasida dasturlash loyihalari, dasturlash bo‘yicha loyihalar, o‘quv kurslari tashkil etish, spin-off tashkil etish, bir haftada bitta dastur qilib talabalarga o‘rgatish, bir yilga mo‘ljallab 50-60 nafar talabalarni jalb etgan holda fan dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha istiqboldagi rejalar haqida kelishib olindi.
    Buxoro muhandislik texnologiyalari universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Hamkorlik yo‘nalishlari ilmiy-tadqiqot, o‘quv ishlari bo‘yicha har tomonlama hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
    Hurmatli hamkasblar, shu o‘rinda sizlarga o‘zimni alohida tashabbusim yoki yagona strategik rejamni aytmoqchiman. Meni yoshlikdan havasim, yurtimizda allomalar, yetuk fan arboblari yetishib chiqqan ilm maskanlaridan biri bo‘lgan Xorazm Ma’mun akademiyasi kabi oliygohimizni huddi shunday ilm-ma’rifat o‘chog‘iga aylantirish orzusidaman. Orzu-umid insonda havasni uyg‘otadi va uni amalga oshirishga undaydi, shunday ekan biz birlashib harakat qilsak, ishonamanki, albatta, orzularimiz amalga oshadi. Aytmoqchimanki, oliygohimizni xuddi Xorazm Ma’mun akademiyasidek ilm-ma’rifat o‘chog‘iga aylantirish yagona strategiya Farg‘onada IT-AKADEMIYA tashkil etish – bu mening strategiyam.

    Download 92,51 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 92,51 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ikkinchidan, strategik hamkorlik va istiqboldagi rejalar bo‘yicha

    Download 92,51 Kb.