Uchinchidan, o‘quv ishlari bo‘yicha




Download 92,51 Kb.
bet4/14
Sana19.12.2023
Hajmi92,51 Kb.
#124318
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-jigilish-bayonnomasi-2023
1-MUSTAQIL ISH (2), Davlat pul kridit siyosati maqsadi va dastaklari (2), Kompyuterda grafik obyektlar bilan ishlash dasturlari-fayllar.org, Етказиб беришлар занжирида бошкарув китоб 12 11 2019, 5 10 sinf geografiya va 6 sinf Tabiiy fan taqvim reja 2023 2024, Мустақил топшириқ тайёрлаш намуна-2, a231fa28-8af9-40b8-be44-0698b7cef784-t0gPfY, Sinkveyn usuli-fayllar.org
Uchinchidan, o‘quv ishlari bo‘yicha. O‘quv jarayonini tashkil etish va sifatni oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy etish hamda natijadorlikni ta’minlashga qaratilgan ishlarni jadallik bilan rivojlantirishimiz lozim.
O‘quv jarayonini sifatli tashkil etish, moddiy-texnik bazani yanada yaxshilash maqsadida filialga birinchi bosqichda 3 dona interaktiv panel olib kelindi. Hozirda o‘quv jarayonida samarali foydalanilmoqda. Keyingi bosqichda super kompyuterlar olish rejalashtirildi.
Kompyuter tizimlari kafedrasi katta o‘qituvchisi G‘iyosbek Po‘latov Hindiston davlatining ITEC dasturi bo‘yicha grantini yutib olib, stajirovkaga yo‘llanma oldi. Joriy yilning 26-martidan 20-may sanasigacha Big Data and Machine learning kurslari doirasida stajirovka o‘tab kelish imkoniga ega bo‘ldi. Bu kabi ishlarni yanada rivojlantirish kerak, stajirovka, akademik almashinuv va xorijda malaka oshirish masalalari keyingi chorakdagi rejalarimizga kiritiladi.
Kuzatuvlarim va tahlillar shuni ko‘rsatyaptiki, dasr tahlili natijalari qoniqarli emas. Dars tahlillari o‘tkazildi, natija meni qoniqtirmadi. Xulosalar qilindi, muddat berildi, bundan keyingi tahlillar asosida Kengash qaroriga asosan aniq choralar belgilanadi.
Talabalar davomati masalasida alohida e’tibor qaratildi. Lekin, davomat ta’lim sifatini ta’minlash uchun yetarli chora emas. Kunlik davomatni tahlil qilib borish mexanizimi yo‘lga qo‘yildi, kundalik ma’lumotlar tahliliga ko‘ra davomat o‘rtacha 90-93 foizni tashkil etmoqda. Eng asosiy vazifamiz ta’lim sifatini ta’minlash darsning sifatini oshirish, fan o‘qituvchilari darsga kelgan talabalarni fanga qiziqtirish metodlaridan foydalanishi lozim.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlamoqchiman. Sifatli ta’lim yilida o‘qituvchilarni mahalliy hokimiyat topshiriqlari bo‘yicha jamoatchilik ishlariga umuman jalb qilmadik. Ba’zi ustozlarimizni darsi sifatsiz, sifatidan umuman qoniqqanim yo‘q. “Faqat davomat uchun darsga kelamizmi?” kabi savollar talabalardan kelib tushmoqda. Bugungi kengashdan foydalanib, qaror kiritishni taklif qilaman. Qat’iy ogohlantiraman, aprel-may oylari hisobot davri bo‘ladi, sifatni oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilaymiz. Dars tahlillari natijalariga ko‘ra hisobot tayyorlanadi va may oyi Kengash yig‘ilishida muhokamaga qo‘yamiz va 1 yillik mehnat shartnomasiga o‘tamiz.
Strategik rivojlanish bo‘yicha ijro intizomi fakultet dekanlari va har bir kafedra mudirlari qat’iy nazoratga olish talab etiladi. Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlar tahlil qilinadi. Tahlil natijalariga ko‘ra, kadrlar rotatsiyasini joriy qilish bo‘yicha aniq choralar belgilanadi. Fakultet dekanlari yangi o‘quv yilidan rotatsiya qilinadi.

Download 92,51 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 92,51 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Uchinchidan, o‘quv ishlari bo‘yicha

Download 92,51 Kb.