• 4-tajriba.
  • 15-laboratoriya mashg`uloti Tajriba ma`lumotlariga ko`ra moddalarning eruvchanlik egri chizig`ini chizing
  • Darsda masala va mashqlar yechiladi




    Download 74,71 Kb.
    bet6/8
    Sana19.02.2024
    Hajmi74,71 Kb.
    #159000
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Berilgan molyar kontsentratsiyadagi eritma tayyorlash

    Darsda masala va mashqlar yechiladi.

    1-tajribaKaliy bromid va kaliy yodid eritmalariga tomchilatib xlorli suv qo`ying. Kuzatilgan hodisani tushuntiring. Reaktsiyalarning tenglamalarini tuzing. Ularning mohiyati nimadan iborat?

    2-tajriba. Kaliy xlorid va kaliy yodid eritmalariga bromli suv qo`ying. Nima kuzatdingiz? Reaktsiyada yod ajralib chiqqanligini qanday qilib tekshirib ko`rish mumkin? Tajribaning reaktsiya tenglamasini tuzing. Uning mohiyati nimadan iborat? Galogenlar oksidlash aktivligi bo`yicha qanday qatorni hosil qiladi?

    3-tajriba. Kumush bromid va kumush yodid suvda eriydimi? Tekshirib ko`ring. Ushbu tuzlarni suvda eriydigan tuzlarning almashinish reaktsiyasi yordamida oling. Kumush bromid, kumush yodid va kumush xlorid tashqi ko`rinishi bilan bir-biridan qanday farq qiladi? Reaktsiya tenglamalarini yozing va ularning mohiyatini tushuntiring.

    4-tajriba. Osh tuzida natriy yodid qo`shimchasi mavjud yoki mavjud emasligini aniqlang.


    S A V O L L A R

    1. Suvni xlorlash xlorning qaysi xossasiga asoslangan?

    2. Galogenlarning suvda va organik erituvchilarda erishi xususida qanday xulosa chiqarish
    mumkin?

    3. Galogenlarning eritmalari turmushda qanday ahamiyatga ega?

    4. Galogenlar deb qaysi moddalarga aytiladi?

    5. Galogenlarning indikatorlarga ta'siri to'g'risida nimalarni bilasiz?

    15-laboratoriya mashg`uloti


    Tajriba ma`lumotlariga ko`ra moddalarning eruvchanlik egri chizig`ini chizing

    Siz ushbu mashg`ulotda NaCl, KCl, MgSO4, KNOtuzlaridan birining turli xil temperaturalar (taxminan 20, 40, 60 va 80oS) dagi eruvchanligini aniqlashingiz kerak.

    Tekshirishni guruh bo`lib, 4-5 kishi bo`lib bajarasiz. Har biringiz olingan tuzlardan birining berilgan temperaturadagi eruvchanligini aniqlang. Olingan natijalardan tuz eruvchanligining temperaturaga bog`liqligi egri chizig`ini tuzishda foydalaning.


    Download 74,71 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 74,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsda masala va mashqlar yechiladi

    Download 74,71 Kb.