• 6-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRGICHNING DONALARI ORASIDAGI BO‘SHLIQNI ANIQLASH.
  • Ish tartibi
  • 7-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRGICH DONALARINING O‘LCHAMI KOEFFITSIENTINI ANIQLASH.
  • Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi




    Download 0,71 Mb.
    bet5/7
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #116164
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    BTT laboratoriya
    kompyuter arxitekturasi fani amaliy topshiriq, Vavilonlik eng boy odam [uzsmart.uz]
    Ishning maqsadi: Talabalarni g‘ovak to‘ldiruvchilarning suvshimuvchanligi aniqlash tartibini o‘rgatish.
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: quritish shkafi, o‘lchov idishi, elektron tarozi, maxsus konteyner

    Ish tartibi. To‘ldiruvchilarning suv shimuvchanligini aniqlashda donalar g‘ovakligi asosiy omillardan biri hisoblanadi.


    To‘ldiruvchilar namligini aniqlashda namuna tarozida tortiladi va 105°Cda quritish shkafida doimiy massaga kelgunicha quritiladi. To‘ldiruvchilarning namligi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:

    Bu yerda: mnam - to‘ldiruvchi namunasining tabiiy holatdagi massasi, g
    mkur - to‘ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g
    To‘ldiruvchilarning suvshimuvchanligi Wcshm. (massa bo‘yicha % da) aniqlashda, quruq yirik to‘liruvchilar namunasi suvga 48 soat davomida solib qo‘yiladi, so‘ngra 1 soat yoki boshqa vaqtda texnik shartlar yoki texnik talablarga ko‘ra donalar yuzasidagi suvlardan qutuladi va tarozida tortib olinadi:

    bu yerda: mssh – suvga shimdirilgan to‘ldiruvchilar namunasining massasi, g.
    Sinash natijasida donalar yuzasidagi suvni yo‘qotish maxsus jarayonga kiritiladi. O‘zRST bo‘yicha shag‘al va shag‘al yuzasi yumshoq latta bilan artiladi. O‘zRST ga ko‘ra yirik g‘ovakli to‘ldiruvchilarning suvshimuvchanligi perforirlangan konteynerlarda aniqlanadi. Konteyner va undagi to‘ldiruvchilar namunasi birgalikda suvga solib qo‘yiladi, 10 min suvdan chiqarib qo‘yilib (ortiqcha suvdan xalos etiladi), so‘ngra tarozida tortib, hisob-kitob ishlari bajariladi. Ichki g‘ovaklarda mavjud suvni chiqarib tashlash qiyin.
    Mayda to‘ldiruvchilar uchun esa bu jaraënni o‘tkazish yanada qiyin. Shu sababli mayda to‘ldiruvchi(qum)lar uchun bunday sinovni o‘tkazish standartda ko‘rsatilmagan.
    G‘ovak qumning suv shimuvchanligini aniqlash AQSH standartiga ko‘ra quyidagicha aniqlanadi: qum namunasi suvda namlanadi, so‘ngra issiq havo oqimida quritiladi. Qumdan konus yasaladi. Qolip olinadi, agar konus cho‘kmasa
    quritish davom ettiriladi. Qachonki qolip olinganda konus cho‘ksa, u holda donalar orasidagi suvdan xalos etildi deb hisoblanadi, faqat g‘ovaklardagi suv qolgan deb hisoblanadi. So‘ngra qum tarozida tortiladi, doimiy massagacha quritiladi. Suvshimuvchanlik quritilguncha va quritilgandan so‘ngi massalar nisbati bo‘yicha topiladi.
    Qumning suv shimuvchanligini betonda sinashda aniklash muxim hisoblanadi.
    Ko‘p hollarda yirik to‘ldiruvchining suv shimuvchanligi hajm bo‘yicha % da aniqlanadi, yani shimdirilgan suv hajmining dona hajmiga nisbatiga ko‘ra topiladi. Massa bo‘yicha % da suvshimuvchanlik – Wsshm. va dona zichligi – ρ3 malum bo‘lsa, hajm bo‘yicha % da quyidagi formuladan topiladi:




    Ws.sh.x. hamma vaqt to‘ldiruvchilar donasi g‘ovakligidan kichik bo‘ladi, chunki barcha g‘ovaklar ham suv bilan to‘lmasligi mumkin. Wsshx va Vg‘ovak dan kelib chiqib, g‘ovaklarning qaysi hajmi suv bilan to‘lishi mumkinligi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.

    6-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRGICHNING DONALARI ORASIDAGI BO‘SHLIQNI ANIQLASH.


    Ishning maqsadi: Talabalarni to‘ldiruvchilarning donalari orasidagi bo‘shliqni hisoblash tartibini o‘rgatish..
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: o‘lchov idishi, elektron tarozi, mayda ko‘zli elak

    Ish tartibi:


    To‘ldiruvchi bo‘shliqligi yoki donalar orasidagi bo‘shliq, to‘ldiruvchi erkin to‘kilgandagi donalar orasidagi bo‘shliqni umumiy hajmga bo‘lgan nisbatiga aytiladi va % da aniqlanadi (zichlanmagan holda). Agar uyilma zichlik –ρu (kg/m³) va uning zarrachalari zichligi–ρ3 (g/sm³) malum bo‘lsa, unda to‘ldiruvchining donalari orasidagi bo‘shliq quyidagi formula asosida topiladi:
    Vbo‘shl. = ( 1 -  , %
    G‘ovak to‘ldiruvchining donalari orasidagi bo‘shliqni tajribada aniqlashda, to‘ldiruvchi namuna o‘lchov idishiga (2.1-jadvalga) solinadi va suv quyiladi. Malum vaqtdan so‘ng idish usti mayda ko‘zli elak bilan ëpiladi, idishdagi suv to‘kiladi. So‘ngra suvga shimdirilgan to‘ldiruvchi bilan idish birgalikda torozida tortiladi. Idishga lim to‘lguncha suv solinadi va yana tarozida tortiladi, tajriba yo‘li bilan aniqlangan g‘ovak to‘ldiruvchining donalari orasidagi bo‘shliq quyidagi formula asosida topiladi:
    Vbo‘shl. =  100, %
    Bu yerda: msuv- oxirgi to‘ldirib solingan suvning massasi , kg
    V-idishning hajmi, l
    G‘ovak to‘ldirgichning donalari orasidagi bo‘shliqni tajribada aniqlagandan so‘ng zarrachalar zichligi pz (g/sm3)ni aniqlash mumkin:
    ρz= 
    Agar to‘ldiruvchining bo‘shliqligini zichlangan xolatda bilish kerak bo‘lsa, u holda (4) formuladagi uyilma zichlik o‘rniga, to‘ldiruvchining zichlangan xolatdagi zichligi olinadi.

    z
    Agar to‘ldiruvchining donalaridagi ochiq g‘ovaklar betonda sement qorishmasi bilan to‘lgan xolatdagi bo‘shliqligini aniqlaydigan bo‘lsak, u holda (4)formuladagi donalar zichligi – ρ3 o‘rniga to‘ldiruvchi donalarining sement qorishmasidagi zichligi – ρ s.t olinadi (3) formula.
    Bo‘shliqlik – bu to‘ldiruvchilarning muhim xarakteristikasi hisoblanadi. Zich konstruksion betonda barcha bo‘shliqlar sement qorishmasi bilan to‘lishi kerak. Shu sababli bo‘shliqlik qancha kam bo‘lsa, betonda sement sarfi ham shuncha kam bo‘ladi. Yirik g‘ovakli betonda esa aksincha, yani to‘ldiruvchilarning bo‘shliqligi katta bo‘lishi kerak .
    To‘ldiruvchi bo‘shliqligi, donalar shakli va donadorlik (granulometrik) tarkibiga bog‘liqdir.


    7-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRGICH DONALARINING O‘LCHAMI KOEFFITSIENTINI ANIQLASH.


    Ishning maqsadi: Talabalarni g‘ovak to‘ldiruvchilarning donalarinig o‘lchami koeffitsientini aniqlash tartibini o‘rgatish..

    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: shtangenserkul


    Ish tartibi: G‘ovak to‘ldiruvchi donalari o‘lchami koeffitsentini aniqlash uchun 1 m3 hajmda namuna olinadi, 50 ta dona ajratib olinadi va shtangentsirkul yordamida har bir donaning eng katta va eng kichik o‘lchamlari aniqlanadi.
    Uyilma zichlik, bo‘shliqlik kabi to‘ldiruvchilarning xususiyatlarini donalar shakli orqali aniqlanadi. Birinchi marta buni B.Nikolayev tadqiq etdi va 1914 yilda «Material donalari shakli va o‘lchamiga mos beton va qorishmalar tarkibi» ishida keltirgan.
    B.Nikolayev sochiluvchan materialning donalar tarkibini va geometrik joylashuv strukturasini nazariy asosida analiz qildi. Agar shartli ravishda barcha donalarni bir xil shaklda va o‘lchamda desak, u holda berilgan hajm bo‘yicha joylashtirish tartibiga ko‘ra (shar, kub, tetroedr) turlicha zichlikka ega bo‘ladi. Masalan, agar shar shaklidagi donalarni tersak va ularning markazi kubni xosil qiladi(rasm.2.6,a), bu esa nisbatan kichik zichlikni beradi. Agar sharlarning markazini tutashtiruvchi chiziqlar tetroedrni tashkil etsa(rasm2.6.b), u holda katta zichlikka ega bo‘ladi.

    Rasm-1. Sharlarning joylashish variantlari (proeksiyada).



    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi

    Download 0,71 Mb.