• 4-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRGICHNING DONADORLIK TARKIBINI ANIQLASH.
  • 5-TAJRIBA ISHI . TO‘LDIRUVCHINING SUV SHIMUVCHANLIGI ANIQLASH.
  • Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi




    Download 0,71 Mb.
    bet4/7
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #116164
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    BTT laboratoriya
    kompyuter arxitekturasi fani amaliy topshiriq, Vavilonlik eng boy odam [uzsmart.uz]
    To‘ldiruvchilar yirikligi bo‘yicha o‘lchov idishlarining o‘lchamlari
    2.1-jadval

    To‘ldiruvchi donalarining eng katta yirikligi,
    (mm)

    O‘lchov idishining sig‘imi,
    (l)

    O‘lchov idishining ichki
    o‘lchamlari, mm

    Diametri

    Balandligi

    5 va undan kam
    10
    20
    40

    1
    2
    5
    10

    108
    137
    185
    234

    108,5
    136,5
    186,5
    233,8

    Ta’kidlash lozimki, to‘ldiruvchining uyilma zichligining aniqlash natijasi o‘lchov idishning hajmi va sig‘imi, idish va to‘ldiruvchi zarralarining o‘lchamlari nisbatiga bog‘liq.


    Standart bo‘yicha shag‘al va shag‘al(chaqiq tosh) uchun yirikligidan kelib chiqib 2-50 l sig‘imli o‘lchov idishlar, qum uchun 1litrli o‘lchov idishi ishlatiladi. G‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi ularning mos uyilma zichligi bo‘yiga o‘rnatiladi. To‘ldiruvchilarning uyilma zichligini aniqlash to‘ldiruvchilar massa ulushini hisoblashga (agar hajmi malum bo‘lsa), korxona tarkibidagi omborlari sig‘imini, bunkerlar sig‘imini, beton tarkibini hisoblashda, to‘ldiruvchilarni betonda to‘g‘ri taqsimlash (dazirovka)da zarurdir.

    4-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRGICHNING DONADORLIK TARKIBINI ANIQLASH.


    Ishning maqsadi: Talabalarda g‘ovak to‘ldiruvchining donadorligi va ularning beton tayyorlash uchun yaroqligini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantish.
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: standart nazorat elaklar to‘plami, elektron tarozi
    Ish tartibi. To‘ldiruvchilarning donadorlik tarkibi (granulometrik tarkibi), undagi turli kattalikdagi donalarning mavjudligi bo‘lib, to‘ldiruvchining o‘rtacha namunasini standart elakdan o‘tkazish natijasida aniqlanadi. Standart elaklar to‘plami quyidagi o‘lchamdagi elak ko‘zlarini tashkil etadi: 0,16; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5; 5; 10; 20;40; 70 mm va xokozo.
    To‘ldiruvchilar birinchi navbatda eng kichik va eng katta yiriklikni xususiyatlaydi. Eng kichik -Dkichik yirikligi deb, shunday o‘lchamli standart elakka aytiladiki, to‘ldiruvchi namunasini elaganda 95% dan kam bo‘lmagan namuna qoladi va faqat 5% dan ko‘p bo‘lmagan namuna o‘tadi (massa bo‘yicha). Eng katta yiriklik deb -Dkatta shunday o‘lchamli standart elakka aytiladiki, to‘ldiruvchilar namunasini elaganda elakda 5% dan kam namuna qoladi va 95% kam bo‘lmagan namuna o‘tadi (massa bo‘yicha).
    Eng katta va eng kichik yiriklikdagi donadorlik tarkibiga mos harakterlanadi, masalan: 5 - 40mm yirikligidagi shag‘al(chaqiq tosh) uchun Deng katta =40mm: Deng kichik =5mm.
    Bir fraksiyali to‘ldiruvchilar deb, uning donalaridagi eng yirik va eng kichik
    yirikligi bir-biriga yaqin va 5-10, 10-20, 20-40 mm ko‘zli standart elaklar to‘plamini tashkil etadi.
    Masalan, 5-20 mm yirikligidagi to‘ldiruvchi ikki xil fraksiyadagi aralashmadan tashkil topadi.
    Qurilishda standart bo‘yicha nisbatan tor fraksiyali to‘ldiruvchilarga ruxsat etiladi va samarali ishlatiladi. Masalan 10-15mm yoki 15-20 mm.
    To‘ldiruvchilarning bo‘shliqligi turli fraksiyalarning aralashmasida kamayadi, yani kichik donalar nisbatan katta donalar orasini to‘ldiradi va hajmini nisbatan qulay to‘ldiradi. Shu sababli to‘ldiruvchilar aralashmasi uchun donadorlik tarkib muhim rol o‘ynaydi.
    Uzluksiz donadorlik tarkib deb, to‘ldiruvchi namunasining standart elakdan o‘tkazganda barcha elaklarda qoldiq qolsa va to‘ldiruvchi aralashmasida Dengkatta
    dan Dengkichik gacha bulgan barcha fraksiyali to‘ldiruvchilarga aytiladi.
    Agar to‘ldiruvchi aralashmasi tarkibida bir fraksiyali to‘ldiruvchilar bo‘lmasa, u holda uzlukli (uzilgan zanjirli) donadorlik tarkib deb ataladi. Masalan shag‘al yoki shag‘al aralashmasi uchun 5-10mm va 20-40 mm (10-20 mm oraliq fraksiya yo‘q) uzlukli bo‘ladi.
    B.Nikolayev o‘zining izlanishlarida uzlukli donadorlik tarkibdagi donadorlik tarkibi haqida va ularning aralashmasida minimal bo‘shliqqa erishish to‘g‘risida malumot beradi. Uzlukli donadorlik tarkibdagi to‘ldiruvchilarni qo‘llash sohasi chegaralangan, biroq beton texnologiyasida qo‘llash kengaymoqda.

    5-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRUVCHINING SUV SHIMUVCHANLIGI ANIQLASH.



    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi

    Download 0,71 Mb.