• Texnik shartlar
  • 2-TAJRIBA ISHI.
  • Ishning maqsadi
  • Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi




    Download 0,71 Mb.
    bet3/7
    Sana11.12.2023
    Hajmi0,71 Mb.
    #116164
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    BTT laboratoriya
    kompyuter arxitekturasi fani amaliy topshiriq, Vavilonlik eng boy odam [uzsmart.uz]
    1-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRUVCHILAR UCHUN O‘RTACHA NAMUNANI TANLASH.
    To‘ldirgichlar beton va qorishmalarning asosiy qismini (80-85%) tashkil etadi, ular tsement sarfini kamaytiradi. Beton tarkibidagi to‘ldirgichlar miqdori to‘g‘ri hisoblanganda uning mustahkamligi, zararli muhit ta’siriga chidamliligi ortadi. To‘ldirgichlar mayda-yirikligiga ko‘ra 3 guruxga: yirik (shag‘al va chaqilgan tosh), mayda (qum) va ma’dan uni to‘ldirgichlarga bo‘linadi.
    To‘ldirgichlarning xossalari O‘zRST talabini qanoatlantirishi kerak.
    To‘ldirgichlar (qum va shag‘al yoki chaqilgan tosh) tajribaxonada mayda- yirikka ajratiladi. Buning uchun kataklarining diametri 0,14; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5 va 5,0 mm li elakdan qum, kataklarining diametri 5; 10; 20; 40 va 70mm li g‘alvirdan (1-rasm) esa, shag‘al yoki chaqilgan tosh o‘tkazilib hamda kataklari 0,15mm dan kichik bo‘lgan elakdan esa juda mayda ma’dan uni o‘tkazmagan guruxlarga ajratiladi.
    Beton yoki qorishmaning mustahkamligi ishlatiladigan to‘ldirgich donasining shakliga bog‘liq: yuzasi tekis shakldagi donali to‘ldirgich (shag‘al yoki daryo qumi) dan tayyorlangan betonning mustahkamlik yuzasi g‘adir-budur to‘ldirgichli (chaqilgan tosh, qum) betonning mustahkamligidan 10-12% kam bo‘ladi.

    INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\Администратор\\Desktop\\қосимов э.у\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\Администратор\\Desktop\\қосимов э.у\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\Администратор\\Desktop\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMATINET INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\User\\Downloads\\Telegram Desktop\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\User\\Downloads\\Telegram Desktop\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\User\\Downloads\\Telegram Desktop\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\User\\Downloads\\Telegram Desktop\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMAT INCLUDEPICTURE "C:\\Users\\User\\Downloads\\Telegram Desktop\\media\\image1.jpeg" \* MERGEFORMAT
    1-rasm.Yirik to‘ldirgichni mayda-yirikligini aniqlashda
    ishlatiladigan g‘alvirlar to‘plami

    A. Mayda to‘ldirgich - qum


    Beton tayyorlashda Markaziy Osiyoda asosan daryo, tog‘ va xususiy holda barxan qumlari ishlatiladi. Beton uchun ishlatiladigan qumning tarkibi toza bo‘lishi kerak. Qum tarkibida ko‘p uchraydigan zararli aralashmalar (gips, slyuda, pirit, chang va loy zarrachalari, organik moddalar) betonning sifatini pasaytiradi.
    Qumdagi slyuda mikdori 0,5% dan oshmasligi kerak. Sulfatli birikmalardan - pirit (FeS2) bilan gips qumda 1% dan oshmasligi lozim. Ular tsement toshini yemiradi, ya’ni beton chidamliligi kamayadi. Gil zarrachalari bilan changlar qum donasining sirtini qoplab tsement toshi bilan o‘zaro birikishiga to‘sqinlik qiladi, nihoyat betonning mustahkamligini kamaytiradi. Tabiiy qumlardagi gil va changlar 3% dan, maydalab tuyilgan qumlarda esa 5% oshmasligi lozim.
    Texnik shartlar. Tabiiy qum donalarining yirikligiga ko‘ra: yirik, o‘rtacha, mayda va juda mayda turlarga bo‘linadi. Qum yirikligiga qarab tasniflanadi va ularga bo‘lgan texnik shartlar 1-jadvalda keltirilgan.

    1-jadval




    Qumning turlari

    Yiriklik moduli, MPa

    Ko‘zining diametri 0.63 mm li elakda
    qolgan qoldiq, %

    Solishtirma yuzasi, sm2/g

    Kuzining diametri 0,14mm li elakdan o‘tgan qismi, %

    Yirik
    O‘rtacha
    Mayda
    Juda mayda

    2,5 dan katta
    2,5-2,0 gacha
    2,0-1,5 gacha
    1,5 dan 1 gacha

    50 dan ko‘p
    35-50 gacha
    10-35 gacha
    10 dan kam

    -
    -
    100-200
    201-300

    10 gacha 10 gacha 15 gacha 20 gacha

    Solishtirma yuzasi 300sm2/g dan katta bo‘lgan qum beton va qorishma uchun ishlatilmaydi. Yirikligi 10mm li qum 5%dan oshmasligi kerak.

    2-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRUVCHINING NAMLIGINI ANIQLASH.
    Ishning maqsadi: Talabalarda to‘ldiruvchilar namligini O‘zRST 721-96 “Namlikni aniqlash usuli” bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar:
    tarozi, quritish javoni, 1 va 2l. idishlar, eksikator, kurakcha.
    Ish tartibi. Qumning namlik darajasi quydagicha aniqlanadi: qumning o‘rtacha namunasidan tarozida ikki marta va har gal kamida 500 grammdan (1 grammgacha aniqlikda) tortib olinib, ayrim-ayrim holda yassi idishlarga to‘kiladi-da, quritish javonida, to vazni o‘zgarmaydigan bo‘lguncha, 110-105 0C haroratda quritiladi. Quritish jarayonida qumni har 30 minutda metall kurakcha yordamida aralashtirib turish tavsiya etiladi.
    Qum qurigach, sovitiladi va tarozida tortiladi. Uning namlik darajasi W (massasi bo‘yicha % hisobida) quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:
    W = (m1-m2)/m2)∙100% (1)
    bu yerda: m1 - ho‘l qum namunasining massasi, kg.
    m2 – quruq qumning massasi, kg.
    Qumning namlik darajasi har ikkala namunaning namlik darajasini ifodalovchi o‘rtacha arfimetik qiymatdan hisoblab chiqariladi.


    2.CHAQIQTOSH (SHAG‘AL) NING NAMLIGINI ANIQLASH
    Chaqiqtosh (shag‘al)ning namligini aniklash uchun sinaladigan to‘ldirgichdan namuna olinadi (namuna olishda donalari eng yirik to‘ldirgichlar nazarda tutiladi). Masalan, donalarining yirikligi 20 mm bo‘lgan to‘ldirgich uchun 1 kg, yirikligi 40 mm bo‘lgan to‘ldirgich uchun 2,5 kg, yirikligi 70 mm bo‘lgan to‘ldirgich uchun esa 5 kg namuna olinadi. Tabiiy namligi xali o‘zgarmagan to‘ldirgich namunasi tarozida tortiladi, yassi idishga to‘kiladi va quritish javonida, to massasi o‘zgarmaydigan holga kelguncha quritiladi, so‘ngra sovitiladi va yana tarozida tortiladi. Chaqiqtosh (shagal)ning namligi W (%) quyidagi formula yordamida hisoblab chiqariladi:
    W =[(m1 – m2)/m2] 100, (2)
    bu yerda m1 - tabiiy namligi saqlangan namunaning massa, g.
    m2 - quritilgan namunaning massasi, g.
    Chaqiqtosh (shag‘al)ning namligi ikki marta o‘tkazilgan sinov natijalarining o‘rtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblab chiqariladi.

    3-TAJRIBA ISHI. TO‘LDIRUVCHINING UYILMA ZICHLIGI ANIQLASH.


    Ishning maqsadi: Talabalarda to‘ldiruvchilaruyilma zichligini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
    Ishlatiladigan asbob-uskunalar: tarozi, quritish javoni, 1 va 2l. idishlar, eksikator, kurakcha.
    Ish tartibi. To‘ldiruvchining uyilma zichligi deb, to‘ldiruvchi massasining u egallagan hajmga nisbatiga aytiladi (zarrachalar orasidagi bo‘shliq hisobga olinadi).
    Uyilma zichlik quyidagi tartibda aniqlanadi. Doimiy massagacha quritilgan to‘ldiruvchi tarozida tortilib, balandligi 100 mm b o‘lgan silindr shaklidagi o‘lchov idishiga, ustida ortiqcha konus shakli hosil bo‘lguncha to‘ldiriladi va ortiqchasi metal chizg‘ich bilan sidirib tashlanadi. Keyin to‘ldiruvchi to‘ldirilgan o‘lchov idishi torozida tortiladi va o‘rtachasi arifmetik usulda aniqlanadi.
    Uyilma zichlik quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:

    bu yerda : m1- o‘lchov idishining to‘ldiruvchi bilan birgalikda massasi, kg
    m2- o‘lchov idishining massasi, kg
    V- o‘lchov idishining hajmi, m³
    Shuni ta’kidlash kerakki, to‘ldiruvchilar uyilma zichligini aniqlash o‘lchov idishi shakli va sig‘imiga, o‘lchov idishi o‘lchamlariga, to‘ldiruvchilar donalariga bog‘liq. Berilgan yiriklikdagi to‘ldiruvchilar donalari uchun, idish o‘lchami qancha kerak bo‘lsa, to‘ldiruvchi xolati (darajasi) nisbatan donador material hajmi kichik bo‘ladi. Shu sababli me’yor bo‘yicha standart o‘lchov idishlar g‘ovak to‘ldiruvchilar uchun qo‘llaniladi (O‘zRST).
    G‘ovak to‘ldiruvchining uyilma zichligi o‘lchamli idishda aniklanadi, uning o‘lchami to‘ldiruvchining yirikligiga bog‘liq ravishda 2.1-jadvaldan qabul qilinadi.

    Download 0,71 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 0,71 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Beton to‘ldiruvchilari texnologiyasi

    Download 0,71 Mb.