|
Ish xujjatlarini rasmiylashtirish
|
bet | 16/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Ish xujjatlarini rasmiylashtirish
Smena masteri o‘ziga biriktirilgan uchastkada ishlatiladigan inventar va ish
qurollari doimo soz holatda bo‘lishiga mas’ul hisoblanadi. Shuning uchun
ularning ishga yaroqsizini aniqlab, o‘rnatilgan tartibda ta’mirlash uchun
buyurtmani rasmiylashtiradi.
Smena davomida mashinalarda majburiy texnik to‘xtashlar (avariya, elektr tokini
o‘chib qolishi, elektromotorlarni ishdan chiqishi) sodir bo‘lib turadi. Texnik
to‘xtashlar smena reja topshiriqlari va mashinaga xizmat ko‘rsatuvchi ishchining
shaxsiy rejasini bajarilmasdan qolishiga olib keladi. Buning oqibatida ishga
to‘lanadigan oylik ish haqi mukofot puli to‘lanmasligi hisobiga qisqaradi. (ishchi
aybdor bo‘lmagan holda).
Bunday holatda smena masteri majburiy texnik to‘xtashlar dalolatnomasini
rasmiylashtiradi va uni ish haqi bo‘limiga topshiradi. Ushbu xujjatlar asosida
ishchiga o‘sha kun uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash amalga oshiriladi. Bundan
tashqari smena rejasini bajarilmaganligi uchun ham ushbu xujjat asos bo‘ladi.
Smena masteri o‘ziga biriktirilgan uchastkada ishlatiladigan inventar va ish
qurollari doimo soz holatda bo‘lishiga mas’ul hisoblanadi. Shuning uchun
ularning ishga yaroqsizini aniqlab, o‘rnatilgan tartibda ta’mirlash uchun
buyurtmani rasmiylashtiradi.
Smena davomida mashinalarda majburiy texnik to‘xtashlar (avariya, elektr tokini
o‘chib qolishi, elektromotorlarni ishdan chiqishi) sodir bo‘lib turadi. Texnik
to‘xtashlar smena reja topshiriqlari va mashinaga xizmat ko‘rsatuvchi ishchining
shaxsiy rejasini bajarilmasdan qolishiga olib keladi. Buning oqibatida ishga
to‘lanadigan oylik ish haqi mukofot puli to‘lanmasligi hisobiga qisqaradi. (ishchi
aybdor bo‘lmagan holda).
Bunday holatda smena masteri majburiy texnik to‘xtashlar dalolatnomasini
rasmiylashtiradi va uni ish haqi bo‘limiga topshiradi. Ushbu xujjatlar asosida
ishchiga o‘sha kun uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash amalga oshiriladi. Bundan
tashqari smena rejasini bajarilmaganligi uchun ham ushbu xujjat asos bo‘ladi.
Smena masteri o‘ziga biriktirilgan texnologik mashinalarni ta’mirlashdan oldin
va keyin tegishli tekshirishdan o‘tkazib nosozliklar qaydnomasini
rasmiylashtiradi. Ta’mirlashdan oldin nosozliklar qaydnomasi
ta’mirlash ishlarini to‘laqonli va sifatli bajarish uchun kerakli
ehtiyot qismlarni tayyorlash va ta’mirlash vaqtini tejashga xizmat qiladi.
Ta’mirlashdan keyingisi esa mashina ishlashini baholash, uni
ta’mirlashdan qabulq qilib olish uchun asos vazifalarni o‘taydi.
Smenadagi yordamchi ishchilar (transpotirovshiklar, farroshlar, qadoqlovchilar)
bir oy davomida turli sabablarga ko‘ra turli komplektlarda har xil vazifalarni
bajarishiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun smena masteri har kuni (yoki oy
oxirida) ularni ish vazifalariga biriktirilganligini (zakripleniye) to‘g‘risida
xujjat rasmiylashtirib ish haqi bo‘limiga topshiradi. Agar ushbu xujjat
rasmiylashtirilmasa ishchiga yordamchi vazifalarni bajargan kunlariga hak
to‘lanmasdan qoladi.
Smena masteri har bir ishchining texnologik intizomga (appartlashni buzish,
noto‘g‘ri ulash, ish usullarini noto‘g‘ri bajarish va h. k.) rioya qilishini
nazorat qilib boradi. Texnologik intizomni buzgan ishchilarga dalolatnom tuzadi.
Ushbu dalolatnoma asosida uning ish haqi qisqartiriladi.
Smena masteri jamoada intizomi,
xizmat lavozimiga bo‘lgan munosabati va reja topshiriqlarini bajarish bo‘yicha
boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan ishchilarni rag‘batlantirish uchun o‘rnatilgan
tartib asosida tavsiyanoma rasmiylashtiradi. Ushbu tavsiyanoma smena jamoasi
yig‘ilishida muhokama qilinib, kasaba qo‘mitasiga topshiriladi.
Smena masteri yil davomida reja
topshiriqlarini uzluksiz bajarilishini
ta’minlash uchun ishchilarning mehnat ta’tili grafigini tuzadi. (har biri
bilan kelishilgan holda) va kasaba qo‘mitasiga tasdiqlash uchun topshiradi.
Smena masteri kasalligi tufayli ishga chiqmagan xodimlariga o‘sha kunning
o‘zidayoq kasallik varaqasi ochilganligini nazorat qiladi. (progulni oldini
olish uchun). Muolajadan so‘ng ishga chiqqanda betoblik kunlarini tekshirib
kasallik varaqasini tsex boshlig‘iga
topshiradi. (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun).
Smena masteri o‘ziga biriktirilgan texnologik
mashinalarni texnik holatiga javobgar hisoblanadi. Shuning uchun
belgilangan muddatda ularni mukammal tekshirib, barcha detallari, ishchi
organlari, butlovchi qismlari, himoya vositalari va elektr qismlarining holati
haqidagi ma’lumotlarni texnik ko‘rik kitobiga kiritadi, hamda texnik ko‘rikdan
o‘tkazilganlik qaydnomasini rasmiylashtiradi.
Texnik ko‘rikda aniqlangan ma’lumotlar ta’mirlash ishlarini sifatli
bajarish uchun ishlatiladi.
Smena masteri oilaviy sharoiti yoki
ishlab chiqarish taqozasiga ko‘ra qo‘l ostidagi ishchilarni o‘z hisobidan
ta’tilga chiqaradi. (tsex boshlig‘i
bilan kelishilgan holda) Tabelda
progul kunlari yozilmasligi
uchun ishchining arizasini rasmiylashtiradi.
Sababsiz ishga chiqmayotgan ishchilarni ishdan bo‘shatish O‘zbekiston qonunlari
asosida rasmiylashtirilishi shart. Smena masteri sababsiz ishga
chiqmayotgan ishchilarni turar joyiga borib topishi, undan tushuntirish xati
olishi , topa olmasa qo‘ni-qo‘shnilardan surishtirishi kerak bo‘ladi (aniq
ma’lumotga ega bo‘lishi uchun). Progul qilayotgan ishchining tushuntirish xati
yoki smena masterining bildirgisiga ko‘ra tsex boshlig‘i kasaba qo‘mitasiga
xodimni ishdan bo‘shatish masalasini ko‘rib chiqish uchun murojat qiladi. Kasaba
qo‘mitasining qaroriga asosan korxona rahbari ishchini progulga bo‘shatish
to‘g‘risida buyruq chiqaradi.
Voyaga yetmagan ishchilarni ishdan bo‘shatishda ham O‘zbekiston qonunlari
talablari bajarilishi shart. Agar smenada voyaga yetmagan ishchi sababsiz ishga
chiqmayotgan bo‘lsa uni bo‘shatish uchun tuman ichki ishlar bo‘limidagi “Voyaga
yetmaganlar bilan ishlash
komissiyasi”ga murojat qilinadi. Ushbu komissiyaning ruxsati bilangina ishdan
bo‘shatish buyrug‘i chiqariladi.
Smena masteri qo‘l ostidagi ishchilarning korxonaning xizmat transportidan
foydalanishiga bo‘lgan ehtiyojini aniqlaydi va uni ushbu mazmundagi arizasini
o‘rnatilagn tartibda rasmiylashtirilishini nazorat qiladi.
|
| |