|
Без названия 1
|
bet | 19/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Texnik kengashda smena masterining hisoboti
To‘qimachilik korxonalarining asosiy tsexlarida ishlab chiqarishni tashkil
etilishi va reja topshiriqlarini bajarilishi smena masterlarining faoliyati
natijalariga bevosita bog‘liq. Smena masteri kundalik ish faoliyati bo‘yicha
o‘zining bevosita rahbari syex boshlig‘iga hisobot beradi va undan kerakli
ko‘rsatmalar oladi. Smena masteri o‘z uchastkasida ishlab chiqarishni tashkil
etish va boshqarish bo‘yicha faoliyatini tahlil qila olishi
yo‘l qo‘ygan kamchiliklarini aniqlab, ularni tezda bartaraf etishi zarur.
Har bir smena masteri ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha
korxona texnik kengashida hisobot beradi. Hisobotida quyidagi
masalalar batafsil muhokama qilinadi:
1. Smena faoliyatini tashkil etish
natijalari;
2. Mahsulot sifatini nazorat qilish
ishlarining natijalari;
3.
Qaytimlar va chiqindilarni yig‘ish-topshirish ishlarining natijalari;
Smena faoliyatini tashkil etish bo‘yicha quyidagi ko‘rsatkichlarni hisobotda
keltiradi.
·
Oldingi haftada va oy boshidan buyon ishlab chiqarish rejasini bajarilishi
natural va foiz holatida (reja va
amalda). Reja bajarilmayotgan bo‘lsa uning sabablari asoslanadi va reja
topshiriqlarini bajarilishini ta’minlash uchun amalga oshirilayotgan ishlar
to‘g‘risida ma’lumot beradi.
·
Smenaning ishchilar bilan ta’minlanganlik darajasi
(reja va amalda) ushbu ko‘rsatkich past bo‘lsa ishchi kuchining
yetishmaslik sabablari keltiriladi. (sababsiz ishga chiqmaslik, mehnat va
o‘quv ta’tili, kasallik va h. k.) Har bir ishchining nega ishga chiqmaganligi
to‘g‘risida smena masteri ma’lumotga ega bo‘lishi shart. Smenani ishchilar bilan
ta’minlash darajasini oshirish va ishga chiqmaslik holatlarini kamaytirish
bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida axborot beradi;
·
Mahsulot chiqarish rejasini bajarmayotgan ishchilar soni va ularni kamaytirish
tadbirlari to‘g‘risida axborot beradi;
·
Mashinalarga xizmat ko‘rsatish me’yorlarini bajarmayotgan ishchilar soni va
ularni kamaytirish to‘g‘risida ma’lumot beradi;
·
Texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bajargan ishlari to‘g‘risida axborot
beradi.
·
Shuningdek hafta davomida bajargan asosiy ishlari to‘g‘risida qisqacha hisobot
beradi.
Mahsulot sifatini nazorat qilish ishlarining natijalari bo‘yicha smena masteri
quyidagi masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni keltiradi:
·
Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini reja va amalda
bajarilishi (oy boshidan va hafta davomida, har bir assortiment va
komplekt uchun).
·
Ichki nazorat ishlarining natijalari. Hafta davomida sifat soatlarida qancha
ishchi qamrab olinganligi va ko‘rilgan choralar (tuzilgan dalolatnomalar asosida).
·
Tsexlararo nazorat ishlarining natijalari. Boshqa syex masterlari bilan hafta
davomida qancha xomaki mahsulotlarning sifati tekshirilganligi va aniqlangan
sifasiz mahsulotlarga ko‘rilgan choralar. (tuzilgan va dalolatnomalar
asosida)
·
Hafta davomida ishlab chiqarish laboratoriyasi tomonidan aniqlangan sifasiz
mahsulot chiqarayotgan texnologik mashinalarni to‘xtatilganlik holati haqida.
Smena masteri ishlab chiqarish qaytimlari va chiqindilarini yig‘ish- topshirish
ishlarining holati va reja
ko‘rsatkichlari haqida
hisobot beradi.
·
Qaytimlar va chiqindilar topshirish reja ko‘rsatkichlarini bajarilishi (oy
boshidan va hafta davomida).
·
Qaytimlarni o‘rnatilgan tartibda topshirilishi (grafikka amal qilinishi,
turlarga ajratilganligi, tarozidan o‘tkazilganligi)
·
Qaytimlarni individual topshirish holati, tartibga amal qilmagan ishchilarga
ko‘rilgan choralar.
|
| |