|
Smenada injenerlik ta’minotini amalga oshirish
|
bet | 20/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Smenada injenerlik ta’minotini amalga oshirish
Smena jamoasini tasdiqlangan topshiriq reja va sifat ko‘rsatkichlarini muntazam
bajarishi uchun injenerlik ta’minoti to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Injenerlik ta’minoti ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsiz va belgilangan
talablar asosida amalga oshirish uchun syex va texnologik o‘timlarga moddiy
resurslarni yetkazib berish va zarur texnik xizmatlarni bajarish masalalarini
qamrab oladi. Smena masterining injenerlik ta’minoti bo‘yicha bajaradigan
ishlari quyidagilardan iborat:
·
Smena davomida har bir texnologik mashinaga (har bir komplektga) xomaki
mahsulotlarni kerakli miqdorda uzilishlarsiz yetkazib berilishini nazorat qilish;
·
Tayyor mahsulotlarni mashinalardan ajratib olish (tsyom) ishlarini to‘g‘ri
tashkil etish, mahsulotni qadoqlash va o‘rashda ishlatiladigan ashyolarni (taz,
g‘altak, gil za, patron, konus va h.k.) smena davomida yetarli bo‘lishini
ta’minlash;
·
Tsexdagi harorat va namlikni talab darajasida bo‘lishini ta’minlovchi qurilmalar
ishini smena davomida tasdiqlangan grafik bo‘yicha nazorat qilish, zarur
bo‘lganda operativ choralar ko‘rish;
Texnologik mashinalarni tasdiqlangan grafik asosida texnik xizmat ko‘rsatish
uchun to‘xtatish, xizmat ishlarini to‘g‘ri va sifatli bajarilishini nazorat
qilish, ularni o‘z vaqtida shaylash va ishga tushirish. Texnik xizmat ko‘rsatish
ishlari quyidagilardan iborat:
- Mukammal va joriy ta’mirlash;
- Mukammal tozalash (genchistka);
- Urchuqlar moylarini almashtirish (zalivka);
- Yugurdaklarni almashtirish;
- Profilaktik ta’mirlash;
- Razvodka va yuk katttaligini tekshirish (poverka);
- Silindr va elastik valiklar sirtini tozalash:
·
Ichki transport vositalarini o‘rnatilagan tartibda ishlashini
nazorat qilish;
·
Qaytimlar va texnologik chiqindilarni yig‘ish va topshirish ishlarini o‘z
vaqtida va o‘rnatilagn tartibda bajarilishini nazorat qilish;
·
Har bir ishchi tasdiqlangan uniformalarda bo‘lishini, xavfsiz mehnat qilishi
uchun belgilangan tartiblarga amal qilishini nazorat qilish;
·
Changsizlantirish tizimining tasdiqlangan me’yorlar bo‘yicha ishlashini
nazorat qilish;
·
Ishchilarning samarali mehnat qilishlari uchun ish qurollarining soz va yetarli
bo‘lishini nazorat qilish;
·
Tsexdagi tozalik holatini va yordamchi vositalarning o‘rnatilgan tartibda
joylashtirilganligini nazorat qilish.
Ish qoidalari va usullarini bajarilishini nazorat qilish
To‘qimachilik korxonalarining tasdiqlangan reja topshiriqlari va mahsulot sifat
ko‘rsatkichlarini o‘z muddatida va talab darajasida bajarilishi ishchi xodimlar
tomonidan qabul qilingan ish qoidalari va usullarini to‘g‘ri bajarilishiga
bevosita bog‘liq. Smena masteri kundalik faoliyati davomida har bir ishchining
o‘rnatilgan qoidalar va usullarni qanday bajarayotganini nazorat qilib boradi.
Yigirish korxonalarida ishlab chiqarish tajribasi asosida qabul qilingan
quyidagi ish qoidalari va usullarini qo‘llash yaxshi samara bermoqda:
·
Ishchilarning smenani qabul qilish-topshirish ishlarini to‘g‘ri bajarishi;
·
Har bir ishchining texnologik mashinalarga xizmat ko‘rsatish soatbay grafigiga
amal qilishi;
·
Smena ishchilarining texnika xavfsizligi va yong‘inga qarshi belgilangan
qoidalarga rioya qilishi;
·
Xomaki mahsulotlarni tasdiqlangan apparatlash tizimiga muvofiq ishlatish;
·
Ishchilarni xizmat ko‘rsatish yo‘nalishiga amal qilishi;
·
Smena ishchilarini xom ashyo va moddiy resurslardan to‘g‘ri foydalanishi;
·
Ishchilar tomonidan qaytimlar va chiqindilarni topshirish tartibiga amal qilishi;
·
Ish qurollari va vositalaridan to‘g‘ri foydalanish;
·
Ishchilarning texnologik mashinalarni ishlatish va to‘xtatish ishlarini to‘g‘ri
bajarishi;
·
Ishchilar tomonidan mashinalarni shaylash (zapravka qilish) ishlarini to‘g‘ri
bajarilishi;
·
Ishchilarning xomaki mahsulotlarni ulashda belgilangan tartib va qoidalarga
rioya qilishi.
Smena masteri yuqoridagi nazorat ishlarini tashkil qilishda tajribali instruktor
va brigadirlar yordamidan foydalanadi. Kuzatuv va nazorat ishlarining natijalari
ichki nazorat kitobiga yozib boriladi.
Ichki nazorat kitobiga malakasi yetarli bo‘lmagan yoki o‘rnatilgan ish
qoidalariga amal qilmayotgan ishchilar bilan olib borilgan tushuntirish ishlari
qayd etib boriladi. Agar olib borilgan tushuntirish ishlari natija bermasa,
ushbu ishchini boshqa kam malaka talab etiladigan
kasbga o‘tkaziladi.
Smena ishchilari orasida ba’zan tasdiqlangan ish qoida va usullarini surunkali
buzadiganlar ham uchrab turadi. Bunday ishchilar bilan ham smena masteri
tarbiyaviy ishlar olib boradi, uni tartibga chaqiradi, undan tushuntirish xati
yozdirib oladi. Agar ishchi kamchiliklarini tuzatmasa, ish qoidalari va
usullarini buzishni davom etaversa,
bunday ishchilarga ma’muriy choralar (mukofot pulini to‘lamaslik, jarima
to‘latish, kam haq to‘lanadigan ishga o‘tkazish, ishdan bo‘shatish) ko‘riladi.
Yuqorida keltirilgan ish qoidalari va usullari bo‘yicha nazorat ishlarini
to‘g‘ri tashkil etgan smena masteri texnologik jarayonlar barqarorligini
ta’minlab, reja topshiriqlarini muntazam bajarilishiga erishadi.
|
| |