|
Bosh injener xizmati amalga oshiradigan ishlar
|
bet | 23/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Bosh injener xizmati amalga oshiradigan ishlar
To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz
bo‘lishini ta’minlash, sifatli va belgilangan xajmda mahsulot ishlab chiqarish
uchun yordamchi-xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar faoliyatini zamon talabiga muvofiq
uyushtirish va boshqarish muhim ahamiyatga ega.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida quyidagi yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi
bo‘limlar faoliyat ko‘rsatadi:
• Ta’mirlash bo‘limi va
ustaxonalari;
• Elektr ta’minoti bo‘limi va
ustaxonalari;
• Bug‘, issiqlik ishlab chiqarish
bo‘limi;
• Suv ta’minoti bo‘limi;
• Kompressor stansiyasi;
• Ta’mirlash qurulish bo‘limi;
• Moddiy ta’minot bo‘limi;
• Transport xo‘jalik bo‘limi;
• Aloqa va axborot xizmati bo‘limi;
• Moddiy resurslarni saqlash
xo‘jaligi.
Tsex va yordamchi-xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlarning boshliqlari korxona texnik
kengashining a’zolari hisoblanadi. Korxonaning bosh injeneri ushbu kengashning
raisi sifatida quyidagi ishlab chiqarish tadbirlarini amalga oshiradi:
·
Har oyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyati natijalari bo‘yicha mas’ul
xodimlarning texnik kengashda hisobotini va oldingi kengash
yig‘ilishi qarorlarini bajarilishini tahlil etadi.
·
Korxona syexlarida belgilangan grafik bo‘yicha sifat kunlarini o‘tqazib mahsulot
sifatini ta’minlash bo‘yicha tsex ma’muriyati amalga oshirayotgan ishlarni
o‘rganadi va tegishli choralar ko‘riladi.
·
Har haftada ishlab chiqarish rejalarini bajarilishi bo‘yicha yig‘ilish-texsovet
o‘tqazib har bir tsex faoliyati tahlil etiladi.
·
Belgilangan grafik bo‘yicha razbrakovka-nazorat kunlari o‘tqazib alohida
syexning ishlab chiqarish faoliyati komissiya tomonidan to‘liq o‘rganilib
tegishli qarorlar qabul qilinadi.
·
Korxonani yozgi va qishki mavsumga tayyorlash rejalari va tadbirlari ishlab
chiqiladi hamda ularning bajarilishi nazorat qilinadi.
|
| |