• Asosiy ma’lumotlar
  • Без названия 1




    Download 2,63 Mb.
    bet18/26
    Sana20.11.2023
    Hajmi2,63 Mb.
    #102199
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
    Bog'liq
    deponent materiallari



    Topshiriqlar




    1.   


    To‘qimachilik korxonalarida texnik kengash faoliyatini o’rganish.



    2.   


    Texnik kengashda smena masterining hisoboti.



    3.   


    Smenada injenerlik ta’minotini amalga oshirish tartibini o’rganish.




     






    Asosiy ma’lumotlar





    To‘qimachilik korxonalarning asosiy syexlarida ishlab chiqarish jarayonlarini
    tashkil etish, mahsulot sifatini ta’minlash, resurslardan (ishchi kuchi, moddiy
    ashyolar va h. k.) samarali foydalanish masalalari texnik kengash yig‘ilishida
    muhokama qilinib, reja ko‘rsatkichlarini bajarilmasligiga sabab bo‘lgan
    kamchiliklar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinadi.




    Texnik kengashda syex va bo‘lim boshliqlari ishlab chiqarishni ma’lum bir davri
    (yil, kvartal, oy va hafta) uchun yuqoridagi masalalar yuzasidan hisobot beradi.
    Texnik kengash xaftaning muayyan kunlarida (syex boshliqlari uchun seshanba,
    masterlar uchun esa payshanba kunlari) o‘tkazilib, unga bosh injener raislik
    qiladi.




    To‘qimachilik korxonalarida uzluksiz mahsulot ishlab chiqarish texnologik
    jarayonlarida sodir bo‘ladigan texnik va majburiy to‘xtashlar, hamda
    nosozliklarni ta’sir darajasiga ko‘ra ikki guruhga ajratish mumkin: birinchisi
    tasdiqlangan reja topshiriqlarini bajarilmasligiga olib keladigan sabablar;
    ikkinchisi mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini buzulishiga olib keladigan sabablar.




         
       
    Reja topshiriklarini bajarilmasligiga
    sabab bo‘ladigan majburiy to‘xtashlar quyidagilardan iborat:




    ·      


    Xom ashyo ta’minotidagi uzilishlar;



    ·      


    Texnologik mashinalarning texnik nosozligi 
    (avariya) sababli to‘xtab turishi;



    ·      


    Injenerlik ta’minotidagi uzilishlar (yelektr energiyasi, havo, bug‘, ehtiyot
    qismlar, va h.k.) sababli to‘xtashlar.



    ·      


    Xomaki mahsulotlar ta’minotidagi uzilishlar (nesopryojennost 
    ya’ni yetkazib beruvchi syexlar tomonidan reja topshiriqlarini
    bajarilmasligi) sababli majburiy to‘xtashlar.



    ·      


    Xodimlarning yetishmasligi va ishga chiqmaganligi sababli texnologik
    mashinalarning to‘xtab turishi.



    ·      


    Texnologik mashinalarning o‘z vaqtida ta’mirlashdan topshirilmasligi.





    Maxsulot sifat ko‘rsatkichlarini pasayishiga sabab bo‘ladigan texnologik
    nosozliklar quyidagilardan iborat:




    ·      


    Xom ashyoning noto‘g‘ri tanlanganligi uchun texnologik mashinalarning yomon
    ishlashi;



    ·      


    Texnologik intizomga amal qilmaslik, ish usullarini noto‘g‘ri bajarish oqibatida
    sifasiz xomaki mahsulotlar tayyorlanishi.



    ·      


    Tsexlardagi harorat va namlik ko‘rsatkichlarining talabga javob bermasligi
    natijasida texnologik mashinalarning yomon ishlashi.



    ·      


    Texnologik mashinalarga talab 
    darajasida xizmat ko‘rsatilmasligi (sifasiz ta’mirlash va tozalash ishlari hamda
    xizmat ko‘rsatish grafigining buzilishi)



    ·      


    Texnologik mashinalarni shaylash parametrlarini ruxsasiz o‘zgartirilishi.



    ·      


    Tolali chiqindilarni ajratish, yig‘ish va changsizlantirish tizimi ishining
    talabga javob bermasligi.



    ·      


    Texnologik mashinalarga  xizmat
    ko‘rsatuvchi ishchilar malakasining yetarli emasligi (ishni noto‘g‘ri tashkil
    qilishi, xizmat ko‘rsatish marshurutiga rioya qilmasligi, shaylash va ulash
    ishlarini noto‘g‘ri bajarishi va h.k.).




    Texnik kengash yig‘ilishida har bir syex boshlig‘i oldingi haftadagi faoliyati
    natijalari bo‘yicha hisobot beradi. Hisobotda reja topshiriqlari bajarilmagan
    har bir holati uchun, uning sabablari asoslanadi. Shuningdek ushbu sabablarni
    oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha syex ma’muriyatining amalga oshirgan
    ishlari muhokama qilinadi. Syex boshlig‘ini yuqoridagi masalalar bo‘yicha
    faoliyati tahlil etilib, agar u qoniqarli bo‘lmasa syex boshlig‘iga nisbatan
    o‘rnatilagn tartibda ma’muriy chora ko‘riladi.




    Texnik kengash yig‘ilishi yakunida korxona ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini
    tasdiqlangan reja topshiriqlariga muvofiq bajarilishini ta’minlash uchun har bir
    syex bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Texnik kengash qarorlarini bajarilishini
    nazorat qilish mas’ul xodimlar zimmasiga yuklatiladi.




    Texnik kengashda korxonaning yangi assortimentdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish,
    zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, tsex va mashinalarni modernizasiya
    qilish ishlarida ro‘y berayotgan muammolar ham tahlil etilib ularni bartaraf
    etish choralari ko‘riladi.




    Download 2,63 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




    Download 2,63 Mb.