|
To‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish tuzilmalari
|
bet | 24/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
To‘qimachilik korxonalarining ishlab chiqarish tuzilmalari
To‘qimachilik korxonalarini tayyorlanayotgan mahsulot nomidan kelib chiqib
quyidagi ishlab chiqarish tuzilmalariga ajratish mumkin:
yigirish ishlab chiqarishi;
to‘quv ishlab chiqarishi;
trikotaj ishlab chiqarishi;
tikuv ishlab chiqarishi;
pardozlash ishlab chiqarishi va x.k
Mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bir qancha texnologik syex-larning
birgalikdagi faoliyati natijasida amalga oshiradi. Hom ashyoga ishlov berish
jarayoni bosqichma bosqich amalga oshirilib, dastlab xar xil xomaki mahsulotlar,
so‘ngra tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Xomaki mahsulotlar tayyorlov,
tayyor mahsulot esa chiqaruvchi syexlarda ishlab chiqariladi.
Yigiruv ishlab chiqarishida tayyorlov syexlariga titish tozalash, tarash, pilta
piliklash, qayta tarash, chiqaruvchiga esa yigirish sye-xini misol qilish mumkin.
To‘quv ishlab chiqarishida tayyorlov syexlariga qayta o‘rash, tandalash,
ohorlash, chiqaruvchiga esa to‘quv syexlarini misol qilish mum-kin. Boshqa
turdagi ishlab chiqarish tuzilmalarida xam turli tay-yorlov va chiqaruvchi
syexlar faoliyat ko‘rsatadi.
Tsex boshlig‘ining ishlab chiqarish korxonasida tutgan o‘rni
To‘qimachilik korxonalarida texnologik tsexlarning tarkibi va faoliyati ishlab
chiqariladigan mahsulot turiga, hajmiga va texnologik jarayonning ixtisosligiga
asoslanib tashkil etiladi. Tsex faoliyatiga korxona direktoriga bo‘ysunuvchi
tsex boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Korxona direktori shartnomaga asosan tsex boshlig‘ini lavozimga tayinlash va
ozod etish huquqidga ega. Tsex boshlig‘i texnikani, iqtisodni va ishlab
chiqarishni yaxshi bilishi, jamoa bilan ishlash tajribasiga ega mutaxassis
bo‘lishi kerak. Tsex boshlig‘ yakka boshchilik qoidasi asosida tsexni boshqaradi.
U tsexda mehnat jamoa-sining ruhiy holati va ishlab chiqarish xujalik faoliyati
natijalarining barcha turlari uchun shaxsan javob beradi, tsexda mehnat
jamoalarining reja topshiriqlarini bajarishni va ishlab chiqarishning tezkorlik
bilan yuritilishini boshqaradi.
Tsex boshlig‘i tsex rejasini, ishchilarga beriladigan mukofotlarni tasdiqlaydi
va barcha pul bilan bog‘lik, xujjatlarga shaxsan o‘zi imzo chekadi. U ishlab
chiqarish jarayonini avtomatlashtirish, mexanizasiyalashtirish, yangi texnikani
joriy qilish, texnologiya va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, texnika
xavfsizligini ta’minlash va mehnat sharoitlarini yaxshilash borasida tadbirlar
o‘tkazadi. Tsex boshlig‘i ishchilarni o‘z vazifasidan boshqasiga o‘tkazish,
ishchi va xizmatchilarni mehnat qonuniga muvofik; ishga qabul qilish xamda
ishdan bo‘shatish huquqiga ega. Tsex boshlig‘i syexda reja topshiriqlarini
barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilishiga, ish xaqining tug‘ri
ishlatilishiga, moliya intizomiga rioya qilinishiga, asbob-uskuna, xom ashyo
materiallari va boshqa moddiy boyliklarning ahvoliga va to‘liq, foydalanishga
javob beradi.
Rejani boshqarish uchun tsexni xom ashyo, material va boshqa zarur ashyolar
bilan ta’minlaydi. Mavjud materiallarning ishlab chiqarish uchastkalariga
tarqatilishini (berilishini) uyushtiradi va ularni kunda xisob-kitob qilib,
tug‘ri ishlatilishi yuzasidan nazorat o‘rnatadi. Ishlab chiqarish uchastkalarida
rejalarning, smenalik toshpiriqlarning qay tarzda bajarilishini muntazam
ravishda nazorat qilib, kamchiliklar sodir bo‘lsa, ularni tezda bartaraf qiladi.
Barcha ishlab chiqarish uchastkalarida va brigadalarida to‘xtovsiz ish maromini
tashkil qiladi. Kerakli hujjatlarni tayyorlab tsexdagi tayyor maxsulotni
iste’molchi tsexlarga yoki korxonaning tayyor mahsulot saqlaydigan omborlariga
topshirilishini tashkil qiladi. Har oyda tsex rejasi qanday bajarilganligi
to‘g‘risida hisobot tayyorlaydi, uning to‘g‘riligini tekshirib uz vaqtida
korxona rejalashtirish bo‘limiga topshirilishini ta’minlaydi.
Shuningdek ishchilar mehnatini tashkil qilish, mehnat unumdorligini hisobga
olish va tahlil qilish, xar bir maxsulot birligi uchun sarflanadigan mehnat
xajmini takroriy ko‘rib chiqish, ilg‘or ishchilarning ish usullarini o‘rganish
va ishlab chiqarishga joriy etish, ish haqi fondini doimiy ravishda nazorat
qilish, iqtisodiy musobaqani tashkil etish, ishchilarning ish joylarini
attestasiyada o‘tkazishda qatnashadi.
Tsexdagi dastgoh, asbob, uskuna, moslamalarning holatini va texnologik
jarayonlarning sifatini nazorat qiladi. Nuqsonlarni, brak chiqishini hisob-kitob
va tahlil qiladi, ularni sifat kunlarida ko‘rib chiqiib, sabablarini aniqlaydi
va bartaraf etish chora tadbirlarini ishlab chiqadi.
Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlardagi korxonalarni boshqarish tajribasidan
kelib chiqib O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalarida ham bosh menedjer, katta
menedjer, menedjer, kichik menedjer lavozimlari tadbiq etilmoqda.
Menedjer – o‘z qo‘l ostidagi xodimlarning aniq mexnat faoliyatini tashkil
qiluvchi va shu bilan birga ma’lum hajimdagi boshqaruv vazifasini bajaruvchi
shaxsdir. “Menedjment” deganda ma’lum korxona yoki firma boshqaruviga rahbarlik
qilish tushuniladi. Menedjer samarali rejalarni ishlab chiqib boshkaruv
bosqichdagi barcha ish tartibini tuzib chiqadi va nazorat qilib boradi. Menedjer
har doim odamlar bilan muloqatda bo‘lib, ularni ishini tashkil qiladi. Menedjer
psixologik, ijtimoiy va boshqa zarur bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Uning bilim
doirasi qanchalik katta bo‘lsa ishchi xodimlar bilan bo‘ladigan munosabati
shunchalik yaxshi bo‘ladi.
Har bir korxonaning yuqori
samaradorligi, uning bo‘lim va tsexlarining xamkorlikda ishlashiga, xodimlarni
to‘g‘ri tanlash va joy joyiga qo‘yilishiga bevosita bog‘liq. Bunga erishish
uchun menedjer shu soha bilim va ko‘nikmalarini puxta egalashi zarur.
6-jadval
|
| |