Без названия 1




Download 2,63 Mb.
bet12/26
Sana20.11.2023
Hajmi2,63 Mb.
#102199
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26
Bog'liq
deponent materiallari



Smena mastering ish joyi





Smena masterining ish faoliyati juda ham murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa 
to‘qimachilik korxonalarida smena masteri ishlab chiqarishning
tashkilotchisi va yetakchisi hisoblanadi. U har smenada turli darajadagi
muammoli vaziyatlarni yechimini topish orqali syexdagi ishlab chiqarish
jarayonini uzluksizligi va reja ko‘rsatkichlarini ta’minlash ishlarini har
qanday vaziyatda ham amalga oshiradi. Ushbu muammoli vaziyatlarga quyidagilarni
kiritish mumkin:



·      


Smena ishchi xodimlarining ishga kechikib kelishi yoki umuman kelmasligi;



·      


Xom ashyo va yordamchi vositalar ta’minotida uzulishlarning sodir bo‘lishi;



·      


Tsexdagi harorat va namlik ko‘rsatkichlarini belgilangan darajadan ko‘p yoki kam
bo‘lishi tufayli mashinalar yurishining yomonlashuvi;



·      


Mashinalarning sifasiz ta’mirlanganligi tufayli yomon ishlash holati;



·      


Ishchi xodimlar o‘rtasidagi kelishmovchilik va nizoli vaziyatlar;



·      


Ichki tarnsport vositalraning belgilangan rejimda ishlamasligi;




·      


Ba’zi ishchilarning mashinalarga noto‘g‘ri xizmat ko‘rsatishi, ish qoidalarni
buzishi va h.k.




Smena masteri ushbu vaziyatlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishi va ularni
operativ ravihda bartaraf etishi zarur. Smena masteri samarali faoliyat olib
borishi uchun, uning ish joyi to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lishi shart. Odatda
smena masteri uchun alohida xona-kabinet ko‘zda tutiladi. Kabinetli ih joyi
qulay bo‘lishi bilan birga kamchiliklariga ham ega. Kabinetli ish joyi ega
bo‘lgan smena masteri syexdagi vaziyatdan yetarli xabardor bo‘la olmaydi va
ishlab chiqarish jarayoni talab darajasida baholab zarur choralarni o‘z vaqtida
amalga oshira olmaydi. Shuning uchun zamonaviy korxonalarda smena masterining
ish joyi syexdagi barcha ishlab chiqarish vositalarini va xodimlarni to‘liq
kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan holatda tashkil etilmoqda. Avvallari operativ
xarakat qilishni faqat telefon kabi aloqa vositalari bilan bajargan bo‘lsa,
hozirda video kuzatuv vositalari va moslamalari texnologik jarayonni doimiy
kuzatish, baholash va kerakli tadbirlarni amalga oshirishda samarali
ishlatilmoqda. Smena masterining ish joyi bulardan tashqari rasmiy xujjatlarni
yuritish, saqlash va zarur choralarni amalga oshirish uchun qulay bo‘lishi shart.




Download 2,63 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   26




Download 2,63 Mb.