|
Без названия 1
|
bet | 11/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Smena masteri faoliyatini tashkil etish
To‘qimachilik korxonalarida smena masteri o‘ziga yuklatilgan lavozim vazifalarni
to‘la qonli bajarishi uchun ko‘p yillik tajribalarga asoslangan “kun tartibi”ga
rioya qiladi.
Smena masterining “kun tartibi” uning ishlab chiqarishdagi vaqt taqsimoti
bo‘yicha bajarilish zarur bo‘lgan
vazifalar ketma-ketligi bildiradi. Kun tartibiga rioya qilgan smena masteri
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni to‘liq, unutmasdan o‘z vaqtida bajaradi.
Smena masteri kun tartibi
Smena boshlanishidan 30 minut avval.
Tsex boshlig‘ining ko‘rsatmalari va “smenani topshirish-qabul qilish” kitobidagi
yozuvlar bilan tanishadi, shuningdek texnologik mashinalarni shaylash bo‘yicha
kiritilgan o‘zgarishlarni batafsil o‘rganib chiqadi.
1-soat. Smena qabul qilish, ishchilarni taqsimlash.
Master yordamchilari bilan birgalikda ishga chiqqan ishchilarni ish joylariga
taqsimlaydi (rasstanovka qiladi), xom ashyo, xomaki mahsulot va qadoqlovchi
buyumlarning yetarli ekanligini, to‘g‘ri taqsimlanganligi bilan shug‘ullanadi.
Tsexdagi harorat va namlik ko‘rsatkichlari kerakli darajada bo‘lishini nazorat
qiladi.
2-soat. Birinchi nazorat kuzatuvi (mashina obxod).
Mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonini barqaror ekanligini tekshiradi,
uchastka va komplektlarda master yordamchisining mashinalarni sozlash ishini
qanday tashkil etayotganini nazorat
qiladi.
3-soat. Smena texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlili.
Tsex boshlig‘iga smenadagi asosiy va yordamchi ishchilar mehnatini qanday
tashkil etilganligini ko‘rsatib, kerakli yo‘riqnomalar oladi. Bir kun oldingi
texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarni o‘rganib, tahlil qiladi. Ularni bajarilishi
uchun kerakli choralarni ko‘radi.
4-chi. Sifat soati.
Tsex yoki uchastkada ishlab chiqarilayotgan tayyor va xomaki mahsulotlar
sifatini batafsil tekshirib, sifat buzulishlariga sabab bo‘luvchi omillarga
qarshi choralar ko‘radi. Ishchilar tomonidan qabul etilgan ish usullarini
to‘g‘ri bajarilishini tekshiradi, syexdagi ichki sifat nazorati komissiyasi
ishini tashkil etadi va boshqaradi.
5-soat. Texnika bilan ishlash. Texnik kengashda qatnashish.
Uchastkada smenaga biriktirilgan texnologik uskunalarning texnik holatini talab
darajasini bo‘lishini ta’minlash maqsadida master yordamchisi tomonidan
o‘tkazilgan profilaktik ta’mirlash ishlarini sifatini aniqlaydi, mashinalarni
joriy ta’mirlashdan qabul qilish ishlarini amlga oshiradi. Texnik kengash
yig‘ilishida qatnashib smenaning ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha
hisobot beradi.
6-soat. Maqsadli nazorat kuzatuvi( tselevoy obxod).
Ish joylarida mehnatni tashkil etilganlik holatini va texnologik jarayonlarning
borishini kuzatib tahlil etadi. Smena ishchilari bilan samarali ish usullarini
tanlash va qo‘llash bo‘yicha instruktaj o‘tkazadi.
7-soat. Ijodiy ishlar.(tvorcheskiy chas)
Alohida ishchilar, brigada
va uchastka bo‘yicha musoboqalar tashkil etish masalalari bilan
shug‘ullanadi. O‘zining kasbiy malakasini oshirish va soha yangiliklarini
texnologiyaga joriy etish ishlarini amalga oshiradi. Rasionalizatorlik ishlarini
tadbiq etib, yangi ixtorolar ustida ishlar olib boradi.
8-soat. Smenani topshirishga tayyorlash.
Tsexdagi ish joylari va uskunalarni smena topshirilishiga tayyorlanganlik
holatini tekshirib chiqadi. Xujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini bajaradi.
(masalan: tabel, to‘xtashlar bo‘yicha dalolatnomalar va h.k.) “Smenani
qabul qilish va topshirish” kitobiga tegishli yozuvlarni kiritadi.
|
| |