|
Без названия 1
|
bet | 7/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Sotsiologik uslub
– iste’molchilarning taklif va mulohazalaridan kelib chiqqan holda mahsulotning
sifat ko‘rsatkichi baholanadi. Bu erda asosiy e’tiborni to‘g‘ri va aniq
ma’lumotlarni yig‘ishga qaratiladi, hamda sifat ko‘rsatkichlarini baholash
bo‘yicha etarli darajadagi xulosa ega bo‘lishi shart. Aks holda mahsulot
sifatiga salbiy tushunchani keltirib chiqarish mumkin.
Hisoblash uslubi
– to‘qimachilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlari va tuzilishi ko‘pgina
omillarga, masalan, texnologik jarayonlarning ta’siri va shu bilan birgalikda
boshlang‘ich material xossalariga bog‘liqligi hisoblab chiqiladi. Bu uslub
to‘qimachilik materiallar sifatini va texnologik jarayonlarni loyihalashda keng
qo‘llaniladi.
To‘qimachilik materiallarining sifat ko‘rsatkichlarini baholashda ishlatilgan
barcha uslublardan turli yakuniy xulosalar kelib chiqadi, shu sababli
mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini baholashda differensial, kompleks va
aralash uslublar ishlatiladi.
Sifatni differensial baholash uslubi
– mahsulotning alohida xossalari, hamda buyumlarning nuqsonli bo‘lgan
qismlarining o‘lchamsiz ko‘rsatkichlari bo‘yicha sifatni baholash ishlari amalga
oshiriladi, shu bilan birgalikda kompleks va aralash sifatni baholash uslublari
ham mustaqil ravishda ishlatishga
to‘g‘ri keladi. Birinchi holatda, mahsulotning ba’zi bir sifat ko‘rsatkichlari
bo‘yicha ko‘pgina alohida bo‘lgan o‘lchamli yoki o‘lchamsiz baholashni beradi.
Ikkinchi holatda esa jami mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha navi,
sinfi, guruhi va boshqa sifat ko‘rsatkich natijalarining oralig‘i aniqlanadi,
hamda umumiy yig‘indili indeksi, koeffitsiyentlar yoki ko‘rsatkichlari
hisoblanadi.
|
| |