|
Без названия 1
|
bet | 6/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Eksperimental uslub
– to‘qimachilik materiallarining xossalarini o‘lchash yo‘li bilan (instrumental
uslub) yoki nuqsonlarning sonini hisoblash va sanash yo‘li bilan olinadi.
Organoleptik uslub
– insoniyot tanasining hislari va sezgirligiga qarab, hamda sinalayotgan
to‘qimachilik materiallarini etalonga solishtirish yo‘li bilan sifat
ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Bu uslub yordamida to‘qimachilik materiallarining
sifatiga to‘g‘ri baho berish kerakligi, hamda mutaxassislarning malakasiga va
bilim saviyasiga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Chunki, mutaxassislarning xulosasiga
qarab mahsulotning sifat ko‘rsatkichi belgilanadi.
Ekspert uslubi
– to‘qimachilik materiallari va buyumlarining sifat ko‘rsatkichlarini soni 7
tadan 12 tagacha tashkil topgan mutaxassis-ekspertlarning baholariga asosan
aniqlaydi va ular kichik-kichik guruhchalarni tashkil etadi, hamda
baholashda eksperimental va organoleptik uslublardan ham foydalaniladi.
Ekspertlar talab sub’ektining bahosini kamaytirish ishlarini quyidagi tartibda
amalga oshiradi. Boshlanishida ekspertlar bir-biriga bog‘liqsiz ravishda
mahsulot sifatini qayd etadi, keyin esa birgalikda muhokama qiladi va har bir
ekspert o‘zining xulosasini bildiradi, hamda olingan umumiy
ekspert-mutaxassislarning xulosalaridan keyin mahsulotning sifatiga yangi baho
beradi.
Olingan aniq natija ko‘rsatkichlari mutaxassis-ekspertlarning kamida uchtasining
ovoz berish natijasiga qarab baholanadi. Undan tashqari, ovoz berish natijalari
uchtadan ko‘proq bo‘lishligi ham mumkin. U mutaxassislarning bilim darajasi va
malakasiga bog‘liq bo‘ladi. Sifat bosqichi bo‘yicha to‘qimachilik materiallari
attestatsiyalanadi va
mutaxassis-ekspertlarning o‘zaro ovoz berish tartibiga binoan xulosa
chiqariladi. Agar mahsulot sifatli deb topsa, unda shu mahsulotga sifat belgisi
beriladi.
|
| |