|
Без названия 1
|
bet | 4/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallariBu sahifa navigatsiya:
- nbsp;
Bu erda: Tm-bitta
namunani sinash vaqt me’yori, soat.
Izoh: Priborlar sonini ko’p ko’rsatkichli tomonga yaxlitlash tavsiya
etiladi. Agar kam sonli priborlar (1-2) bo’lib, u kichik butun sonlar (-0,5)
bo’lsa, qo’shimcha yana bitta pribor olish mumkin, chunki ishlash davrida u
buzilishi, ishlamasligi mumkin.
Olingan kundalik namunalarni yoppasiga sinashga zarur bo’lgan priborlarni
hisobini
jadvalga yoziladi.
Doimiy yoppasiga ishlatilmaydigan, kam ishlatiladigan priborlar soni hisobsiz
ravishda 1 dona olinadi (shular qatorida tez ishdan chiquvchi priborlarni bitta
o’rniga ikkita qabul qilinadi).
Laboratoriya shtatini hisoblash
Laboratoriya shtatini hisoblashdan avval, lavozimlar bo’yicha ro’yxati
tuzib chiqiladi. Rahbar lavozimida ishlovchi-laboratoriya mudiri, bo’lim mudiri
(katta laborant) ro’yxatga hisoblanmasdan kiritiladi, shu bilan birga xizmat
ko’rsatuvchi xodimlar – priborlarni ta’mirlovchi mexanik, elektronika bo’yicha
mutaxassis, kompyuter texnikasi vayzerlari va boshqalar ham ro’yxatga
hisoblanmasdan kiritladi. Priborlarda ishlovchi laborantlar sonini hisoblashda,
barcha priborlarning sonini yaxlitlanmasdan hisoblanadi.
Agarda laborant bir vaqtning o’zida birnechta priborda ishlasa, unda
hisoblashda priborlar yig’indisiga olinib xizmat ko’rsatuvchilar soniga
bo’linadi.
Yakuniy
yig’indi xizmat ko’rsatishga kerakli bo’lgan laborantlar soni hisoblanadi.
Laborant bitta priborda ishlash uchun sarflangan vaqti bir kunlik ish vaqtiga
etmasligi mumkin va u boshqa priborlarda ishlashi lozim bo’ladi, shuning uchun
laborantlar sonini hisoblashda ularni ham inobatga olinishi kerak.
Sinov ishlaridan olingan natijalarni hisob-kitob qilish (ishlov berish)
uchun hisobchi-ishchi zarur bo’ladi.
Agarda ishni tashkil etishda natijalarni qayta ishlash ko’zda tutilgan
bo’lsa va uni laborant zimmasiga yuklatilsa, unda hisob-kitob ishlari uchun
15-20% belgilangan vaqtga qo’shib beriladi.
|
| |