|
Sifatni kompleks baholash uslubi
|
bet | 8/26 | Sana | 20.11.2023 | Hajmi | 2,63 Mb. | | #102199 |
Bog'liq deponent materiallari
Sifatni kompleks baholash uslubi
– sifatning alohida ko‘rsatkichlari bo‘yicha materialni birgalikda baholash
ishlari ba’zida materialning bitta ko‘rsatkichida bir qancha
kompleks asosiy xossalarini umumiy baholash kerakligini keltirib
chiqaradi. Natijada, bu to‘qimachilik materiallarining sifatini umumiy baholash
deyiladi, masalan, zig‘ir tolali xom ashyoning nomeri, bir jinsli junning sifati
va boshqalar.
Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari kompleks baholashning mohiyatiga bog‘liqligi
haqiqiy va taqribiy kompleks baholashga bo‘linadi.
Haqiqiy kompleks baholash belgilangan fizik maqsadga ega bo‘lib, ular ko‘pincha
tolaning yigiriluvchanlik qobiliyati, hamda buyumning ishlatilishidagi xizmat
muddatini ifodalaydi.
Haqiqiy kompleks baholash har doimiy taqribiy baholashga nisbatan yaxshiroqdir.
Masalan, paxta tolasi tarkibidagi nuqson va chiqindilar miqdori haqiqiy
kompleksli xususiyati deyiladi.
Kompleks baholashning afzalligi shundaki, unda bir sonli yakuniy baholash
bo‘yicha xulosa qilinadi. Bu baholash afzalliklar bilan bir qatorda,
kamchiliklardan ham xoli emas, ya’ni alohida xossalari haqida to‘liq ma’lumotga
ega bo‘lmaymiz. Xom ashyoni to‘g‘ri tanlash uchun, texnologik jarayonni
boshqarish va ishlatilish davrida materialdan ratsional foydalanishni bilish
lozim. Shuni e’tiborga olish lozimki, u yoki bu materialning boshlang‘ich
xossalari ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga ijobiy va texnologik jarayon
harakatiga salbiy ta’sir etishi mumkin. Tola qanchalik ingichka bo‘lsa, undan
tayyorlanayotgan ipning solishtirma mustahkamligi shunchalik yuqori va
notekisligi kam bo‘ladi, hamda tashqi ko‘rinishi silliqroq bo‘ladi. Shuni
unutmaslik kerakki, u yoki bu sifatni kompleks baholashni alohida sifat
ko‘rsatkichlarini turli hisoblashdan olish mumkin. Bir qancha sifat
ko‘rsatkichlarning darajasi bo‘yicha o‘rtacha kompleks baholash o‘zgarmasligi
mumkin, ularning bir qismi pastki darajaga, bir qismi yuqori darajaga ega
bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib, materialning alohida sifat ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmasdan
kompleks baholashni to‘ldirib borish mumkin.
|
| |