• 4. nbsp;nbsp;nbsp;
  • nbsp; Ishning maqsadi
  • nbsp; nbsp;
  • Smena masterining ishlab chiqarishda tutgan o‘rni
  • Без названия 1




    Download 2,63 Mb.
    bet10/26
    Sana20.11.2023
    Hajmi2,63 Mb.
    #102199
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26
    Bog'liq
    deponent materiallari



    2.   


    Smena masteri faoliyatini tashkil etish va kun tartibi.





    3.   


    Smena mastering ish joyi va asosiy hujjatlari.





    4.   


    Smenani qabul qilish va topshirish, topshiriqlarini bajara olmayotganlar bilan.
    ishlash, profilaktik ta’mirlashlarni qayd etish kitoblari   
    .





     






    Ishning maqsadi:

    To’qimachilik va yengil sanoat korxonalarida smena masterining ishlab
    chiqarishda kasbiy faoliyati bilan tanishish.





     






     






     






    Asosiy ma’lumotlar






    Smena masterining ishlab chiqarishda tutgan o‘rni





    Smena masteri ishlab chiqarish tizimining quyi bo‘linmasining rahbari hisoblanib,
    unga ishonib topshirilgan uchastkada ishchilar mehnatini tashkil etib,
    texnologik jarayonni boshqaradi.




    Smena masteri lavozimiga odatda Oliy O‘quv Yurtlari 
    bitiruvchilari  korxona
    rahbari buyrug‘iga asosan tayinlanadi. Ba’zan ushbu lavozimga yuqori malaka va
    tajribaga ega bo‘lgan ishchilar ham jalb etilishi mumkin.




    Smena masteri ishlab chiqarish jarayonida uchastka yoki syexda ish bilan band
    bo‘lgan asosiy ishchilar jamoasiga rahbarlik qiladi. Uning huquq va javobgarligi
    qat’iy ravishda ma’lum tartib va qoida bo‘yicha belgilanadi.



    ·      


    Smena masteri ishlab chiqarishning quyidagi masalalariga shaxsan javobgar
    hisoblanadi:



    ·      


    Smena davomida texnologik uskunalarning uzluksiz ishlashi uchun;



    ·      


    Belgilangan sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish uchun;



    ·      


    Smenadagi mehnat va texnologik intizom uchun;



    ·      


    Xom ashyo, mehnat va moddiy resurslardan tejamkorlik bilan foydalanish uchun;



    ·      


    Ishchilar tomonidan tarmoq bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy ko‘rsatkichlarni
    bajarilishi uchun;



    ·      


    Smena topshiriqlarini muntazam bajarilish uchun;



    ·      


    O‘ziga topshirilgan (biriktirilgan) texnologik uskunalarning texnik holati uchun;



    ·      


    Mehnat muhofazasi va yong‘inga qarshi chora tadbirlarni amalga oshirish uchun;



    ·      


    Smena jamoasidagi axloqiy-psixologik muhit uchun.




    Smena masteri yakka boshchilik asosida ishlab chiqarish uchastkasining xo‘jalik
    faoliyatini boshqaradi. U ishchilarni joy joyiga qo‘yadi (rasstanovka qiladi),
    ularni ish bilan ta’minlaydi, yaxshi ishlayotgan ishchilarni mukofatlashga
    tavsiya etadi, kamchiliklarga yo‘l qo‘yayotgan ishchilarga nisbatan ma’muriy,
    zarur bo‘lganda moddiy choralar ko‘radi. U smena topshiriqlarini bajarilishi
    uchun jamoani uyushtiradi, ishchilarni yo‘riqnomadan 
    o‘tqazadi va har bir ish joyida belgilangan me’yoriy ko‘rsatkichlarni
    bajarilishini ta’minlaydi.




    Smena oxirida master ishlab chiqarish uskunalarini tekshiradi, keyingi smenaga
    bu uskunalarni iflos va buzulgan, nosoz holatda topshirilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
    Smenadan keyin ish natijalarini va kelasi kun ish rejalarni muhokama qilish
    uchun qisqacha yig‘ilish o‘tkazadi.




    Smena masteri unga ishonib topshirilgan ishlab chiqarish uchastkalarida jamoa
    rahbari va mehnat tashkilotchisi hisoblanadi. U o‘ziga topshirilgan uchastka
    faoliyatiga, reja topshiriqlarini bajarilishiga, uskunalarning texnik holatiga
    va ulardan foydalanishga, texnika xavfsizligiga rioya qilishga, texnologik va
    mehnat intizomiga, uchastkadagi tozalik va tartibga, ishchilarning ishlab
    chiqarishda to‘g‘ri taqsimlanishiga, uchastkada mehnatning ilg‘or usullarini
    joriy etishga, jamoaning uyushqoqlik va mustahkamligiga hamda sog‘lom ruxiy
    muhitiga javob beradi.




    Download 2,63 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   26




    Download 2,63 Mb.