|
bilet: Birinchi qonuni
|
bet | 13/15 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #253939 |
Bog'liq imtihon(Anvar)14-bilet:
1) Solishtirma qarshiligi jihatdan o‘tkazgichlar bilan dielektriklar orasida joylashgan moddalar yarim o‘tkazgichlar deyiladi. ρo‘tkazgich<ρyarimo‘tkazgich<ρdielektrik. Yarim o‘tkazgichlarda magnit va issiqlik ta’siri kuzatiladi.Kimyoviy ta’sir kuzatilmaydi. Yarim o‘tkazgichlarning temperaturasi oshirilsa, (qizdirilsa, yoritilsa) qarshiligi kamayadi. O‘tkazuvchanligi ortadi. Sof yarim o‘tkazgichlar qizdirilsa yoki yoritilsa, yadro qobig‘ida harakatlanayotgan elektronlar o‘z o‘rnini tashlab chiqadi va erkin elektronga aylanadi. Uning o‘rnida (+) zaryadlangan kovak hosil bo‘ladi. Demak: sof yarim o‘tkazgichlarda elektr tokini teng miqdorda erkin elektronlar va kovaklar hosil qiladi. Ium=Ikovak+Ielektron Sof yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi xususiy o‘tkazuvchanlik deyiladi. Aralashmali yarim o‘tkazgichlar Yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligini o‘zgartirish maqsadida unga boshqa yarim o‘tkazgichli modda qo‘shiladi. Bunday yarimo‘tkazgichlar aralashmali yarim o‘tkazgichlar deyiladi. 4 valentli moddalarga 5 valentli (fosfor–P, surma–Sb, mishyak–As) moddalar aralashtirilsa, yadro qobig‘ida elektron ortadi. Shuning uchun bunday aralashmali yarim o‘tkazgichlarda asosiy tok tashuvchilar elektronlar, noasosiy tok tashuvchilar kovaklar hisoblanadi. n – turdagi, negative (–), elektronli (donorli) o‘tkazuvchanlik deyiladi. 4 valentli moddalarga 3 valentli (alyuminiy–Al, galliy–Ga, indiy– In, bor–B), 2 valentli (berilliy–Be, magniy–Mg, kalsiy–Ca, rux–Zn, bariy–Ba), 1 valentli (litiy–Li, natriy–Na, kaliy–K, kumush–Ag) moddalar aralashtirilsa, yadro qobig‘i to‘lishi uchun elektron yetmay qoladi ya’ni kovaklar soni ortadi. Shuning uchun bunday aralashmali yarim o‘tkazgichlarda asosiy tok tashuvchilar kovaklar, noasosiy tok tashuvchilar elektronlar hisoblanadi. p – turdagi, positive (+), kovakli (akseptorli) o‘tkazuvchanlik deyiladi. Qizdirish usuli bilan qarshilikni o‘zgartiruvchi qurilma termistor deyiladi.
2) Ko‘z – ko‘z pardasida kichiklashgan, teskari va haqiqiy tasvir hosil bo‘ladi. Normal (sog‘lom) ko‘z Normal ko‘z uchun yaxshi ko‘rish masofasi: Lo=25 cm Proeksion apparat – biror buyumning lentaga tushirilgan tasvirini ekranda ko‘rish uchun ishlatiladi. Buyum doimo linzaning fokusi bilan ikkilangan fokusi orasiga qo‘yiladi. Shuning uchun tasvir kattalashgan, teskari va haqiqiy bo‘lib, ikkilangan fokusdan uzoqda hosil bo‘ladi. Fotoapparat – biror buyumning tasvirini hosil qilish va saqlash uchun ishlatiladi. Buyumning kichiklashgan, teskari va haqiqiy tasviri hosil bo‘ladi. Lupa – fokus masofalari 1 dan 10 cm gacha bo‘lgan ikkiyoqlama qavariq linzalar hisoblanadi. Ularda buyum linza bilan fokus orasida joylashganligi uchun buyumning kattalashgan, to‘g‘ri va mavhum tasviri hosil bo‘ladi. Mikroskop – juda mayda narsalarni ko‘rish uchun ishlatiladi. Ularda buyumning kattalashgan, teskari va mavhum tasvir hosil bo‘ladi.
|
| |