• Kapillyar hodisalar
  • Tabiatda
  • Nisbiylik prinsipi
  • bilet: Birinchi qonuni




    Download 0,82 Mb.
    bet10/15
    Sana25.05.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #253939
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    imtihon(Anvar)

    10-bilet:
    1 ) Qattiq jismlar va suyuqliklar orasidagi hodisalar ko'proq qattiq jismlar suyuqliklar bilan uchrashish holatlarida sodir bo'lar. Misol uchun, qattiq jism bir suyuqlikka ega bo'lganda, uni yoki o'zgarishlari suyuqlikning o'z xossalari va haroratiga bog'liq bo'lgan hodisalar yuzaga keladi. Bu o'zgarishlar qattiq jism va suyuqliklar orasidagi energiya almashishiga olib keladi. Kapillyar hodisalar – birbiriga aralashmaydigan jismlar (mas, qattiq jism bilan suyuqlik)ning tegishib turgan chegara sirtida molekulyar kuchlar taʼsirida yuzaga keladigan fizik hodisalar. Masalan, suyuqlik bilan idishning oʻzaro taʼsirida suyuqlik sirti botiq yoki qavariq shaklni oladi. Tabiatda: Bitkilar uchun suvni olib borish va o'zgarishi, fotosintez va tana tuzilishi uchun kapillyarlik hodisalari juda muhimdir. Texnikada:: Kimyo laboratoriyalari va boshqa laboratoriya jarayonlari, suyuqliklarning va gazlarning o'lchashida, to'plash va aylanishida kapillyarlik hodisalari bilan amal qiladi.
    2) Klassik mexanikada jismning massasi, o‘lchami, zichligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi Relyativistik mexanikada jismning massasi, o‘lchami, zichligi vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Nisbiylik prinsipi: Tabiatdagi barcha xodisalar har qanday inersial sanoq sistemasida bir xilda yuz beradi.


    11-bilet:
    1 ) Har qanday zaryadlangan jism atrofida hosil bo‘luvchi maydon elektr maydon deyiladi. Elektr maydonning kuchlanganlik chiziqlari parallel chiziqlardan iborat bo‘lib, musbat zaryaddan boshlanib, manfiy zaryadda tugaydi. Elektr maydonning biror nuqtasiga kiritilgan bir – birlik musbat zaryadga maydon tomonidan ta’sir etuvchi kuchga teng bo‘lgankattalik elektr maydon kuchlanganligi deyiladi. Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalik bo‘lib, E harfi bilan belgilanadi. [E]=1 N/C=1 V/m
    Natijaviy maydon kuchlanganligi har bir nuqtadagi maydon kuchlanganligining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi, bu elektr maydonning superpozitsiya prinsipi deyiladi.
    2) Tebranishlarning fazoda tarqalishi mexanik to‘lqin deyiladi. Mexanik to‘lqinlarning fazoda tarqalishining asosiy sababi muhit zarrachalari hisoblanadi. Vakuumda mexanik to‘lqinlar tarqalmaydi. Elektromagnit to‘lqinlar tarqaladi. Mexanik to‘lqinlar 2 xil bo‘ylama va ko‘ndalang bo‘ladi. bo‘ylama to‘lqinlar va ko‘ndalang to‘lqinlar. Tovush xossalarini o‘rganuvchi fizikaning bo‘limi akustika deyiladi. Insonning eshitish organida tovush sezgisini uyg‘otuvchi bo‘ylama mexanik to‘lqinlarga tovush deyiladi. Fazoning biror nuqtasida 2 yoki undan ortiq to‘lqinlarni qo‘shilishi natijasida amplitudaning keskin ortishi yoki kamayishi interferensiya deyiladi. To‘lqinlar biror to‘siqni aylanib o‘tishi yoki to‘siqning soya sohasiga o‘tishi to‘lqin difraksiyasi deyiladi.



    Download 0,82 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,82 Mb.