|
-bilet:
1) Chiziqli harakat yoki Toʻgʻri chiziqli
|
bet | 9/15 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #253939 |
Bog'liq imtihon(Anvar)9-bilet:
1) Chiziqli harakat yoki Toʻgʻri chiziqli harakat deb ham ataladigan harakat turi toʻgʻri chiziq boʻylab bir oʻlchovli harakatdir. Bunday harakat turi faqat bitta fazoviy oʻlchov yordamida matematik tarzda tasvirlanishi mumkin. Chiziqli harakat ikki xil boʻlishi mumkin: 1) doimiy tezlik yoki nol tezlanish bilan tekis toʻgʻri chiziqli harakat; 2) oʻzgaruvchan tezlik yoki nolga teng boʻlmagan tezlanish bilan notekis chiziqli harakat.
Harakatlanuvchi jismning oʻrtacha tezligi uning umumiy koʻchishini jismga boshlangʻich nuqtadan oxirgi nuqtagacha yetib borish uchun zarur boʻlgan umumiy vaqtga nisbatiga teng. Bu masofani bosib oʻtish uchun taxminiy tezlikdir. Oʻrtacha tezlikdan farqli oʻlaroq, cheklangan vaqt oraligʻidagi umumiy harakatni nazarda tutgan holda, obyektning oniy tezligi vaqtning maʼlum bir nuqtasidagi harakat holatini tavsiflaydi. Bu vaqt oraligʻiΔ𝑡 ning nolga intilgandagi holat funksiyasining oʻzgarishidir, yaʼni tezlik vaqt funksiyasi sifatida koʻchishdan vaqt boʻyicha olingan hosiladir. Tekis oʻzgaruvchan harakat - harakat davomida tezlanishning son qiymati oʻzgarmasdan qoladigan harakat. Bunda harakat tezligi ixtiyoriy tanlab olingan teng vaqtlar oralig’ida bir xil miqdorda oʻzgarib boradi. Agar tezlik son qiymati jihatidan vaqt oʻtishi bilan ortib borsa, bunday harakat tekis tezlanuvchan harakat; kamayib borsa, tekis sekinlanuvchan harakat deb ataladi. To‘g‘ri chiziqli tekis tezlanuvchan (sekinlanuvchan) harakat. Bunday harakatda jism harakat trayektoriyasi to‘gri chiziqdan iborat bo‘ladi. Harakat tezligining kattaligi bir tekisda ortib (kamayib) boradi, ya’ni teng vaqtlar ichida bir xil kattalikka ortadi kamayadi), lekin yo‘nalishi o‘zgarmaydi. Oniy tezlik geometrik ma'nosi, obyektning o'zgacha joyga qancha tez yoki sekin harakatlanishini anglatadi.
2 ) Zanjirning ma’lum bir qismidagi tok kuchi shu qismga qo‘yilgan kuchlanishga to‘g‘ri proporsional va uning qarshiligiga teskari proporsionaldir. Bu qonunni Om 1827- yilda tajribada kashf etdi, shuning uchun uni olim sharafiga z a n j i r n i n g b i r q i s m i u c h u n O m q o n u n i deb ataladi. SI da qarshilik birligi qilib nemis fizigi Om sharafiga & qabul qilingan. Oʻta oʻtkazuvchanlik — oʻtkazgichlar temperaturasi kritik temperaturadan pasayganda ularning elektr oʻtkazish qarshiligi nolgacha pasayishi xossasi. o‘zgarmas temperaturada silindrsimon va tasmasimon o‘tkazgichlarning qarshiligi ularning uzunligiga to‘g‘ri proporsional, ko‘ndalang kesim yuziga teskari proporsional bo‘lib, o‘tkazgich mod- dasining tabiatiga bog‘liq bo‘ladi. Agar l= 1 m va S= 1m2 bo‘lsa, solishtirma qarshilik son jihatdan qarshilikka teng bo‘ladi.
|
| |