|
Jild: 04 | Nashr: 04 | 2 7 - I y u n , 2023Bog'liq LOYIHAGA ASOSLANGAN TA’LIMNING (PBL) ASOSIY KOMPONENJild: 04 | Nashr: 04 | 2 7 - I y u n , 2023
“BILIG – ILMIY FAOLIYAT” nashri
http://journal.bilig.uz
497
qanday bog‘liqligini ko‘rish imkonini beradi. Bundan tashqari, sayohatlar
o‘quvchilarda qiziqish va izlanish tuyg‘usini rivojlantirishga yordam beradi.
7. O‘quvchilar boshchiligidagi konferentsiyalar.
Konferensiyalar o‘quvchilarni o‘zini namoyish qilish tajribasi bilan
o‘rtoqlashish,biror masalini muhokama etish hisoblanadi. Ushbu turdagi loyihada
o‘quvchilarni maktabdagi yutuqlarini muhokama qilish uchun ota-onalari bilan
konferensiya o‘tkazadilar. Ushbu turdagi loyiha o‘quvchilarga o‘z ta'limini egallashga,
yutuqlarini etkazishga imkon beradi.
8. Sinf bahslari.
Sinf bahslari o‘quvchi bilimlarini jamoa bo‘lib ishlay olishga yordam beradi.
Ushbu turdagi loyihada mavzu yoki masalani muhokama qiladilar. Ushbu turdagi
loyiha o‘quvchilarga turli nuqtai nazarlarni o‘rganish va argumentatsiya
(Argumentatsiya lot. argumentation – dalil-isbotlar keltirish – ishontirishning ratsional
usuli, muayyan tezisni himoya qilib, batafsil asoslash va dalillar keltirishga tayangan
usuli. U ishontirishning eng kuchli usuli bo‘lib, haqiqiy dalillar sifatida deduktiv xulosa
xizmat qiladi. Aksariyat hollarda haqiqatga yaqin mulohazalar argument (dalil) bo‘lib
xizmat qiladilar.) qobiliyatlarini rivojlantirish imkonini beradi.O‘quvchilaringiz sinfda
bahslashishlari uchun mavzu yoki masalani tanlang mavzuni tarafdor yoki qarshi deb
belgilang. Tadqiqot va munozaralar ularning tanqidiy fikrlash va muloqot
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Pblning bir nechta loyihalari
o‘quvchilarga o‘z qiziqishlari, qobiliyatlari va o‘rganish uslublari asosida o‘rganishni
shakllantirish va kengaytirish imkonini beradi.
Maktabda loyihaga asoslangan ta’limni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar.
1. O‘quv rejangizga mos keladigan loyihalar uchun g‘oyalarni aqliy hujumidan
boshlang.
2. Loyiha bo‘yicha g‘oyaga ega bo‘lgach, uni bajarilishi kerak bo‘lgan kichikroq
ishlarga ajrating.
3. Har bir o‘quvchiga rol va mas’uliyatni belgilang.
4. Loyiha uchun vaqt jadvalini yarating.
5. Loyihani qanday baholashni hal qiling.
Xulosa qilib aytganda PBL o‘quvchilarga turli muhim ko‘nikmalarni, jumladan,
tanqidiy fikrlash, hamkorlik va muloqot,o‘zini namoyon qilish,o‘z fikrini
isbotlash,mustaqil fikrlarini rivojlantirishga yordam beradi. Agar siz o‘quvchilarning
faolligini oshirish yo‘llarini izlayotgan bo‘lsangiz, loyihaga asoslangan ta'limni dars
jarayoniga kiritishni o‘ylab ko‘ring.
|
| |