122
Windows Projector (*.exe) yozuvi oldidagi katakchasiga belgi (bayroqcha) qo‘yamiz va
Publish tugmasini bosamiz. Natijada fayl saqlangan papkada *.exe fayl
kengaytmasidagi fayl paydo bo‘ladi. Bizning misolda esa ovoz1.exe fayli yaratiladi.
Misol. Button obyektida audio fayllardan foydalanish.
Flash dasturiga zaruriy audio faylni yuklab olamiz va Button tugmasi yaratamiz.
Button yaratish uchun birorta shakl chizib olamiz. Shaklni belgilab kontekstli menyuni
chaqiramiz va Convert to Symbol amalini bajaramiz. Hosil bo‘lgan oynadan button
bandini belgilaymiz, obyektga nom berib (tugma) OK tugmasini bosamiz. Button
tayyorlash yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan. Bilamizki buttonda uchta kadr mavjud. Bu
uchala kadrga ham ovozli fayllarni joylashtish mumkin. Uchta kadrda ovozning ijro
etilishi xolati turlicha bo‘ladi. Ya’ni, Up kadriga faylni joylashtirsak audio fayl doimiy
ijro etiladi. Agar Down kadriga joylashtirsak audio fayl tugma bosilganda ijro etiladi.
Agarda audio faylni Over kadriga joylashtirsak, sichqoncha tugma ustiga borganda fayl
ijro etiladi.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin.
Odatiy musiqa1 fayli ijro etiladi. Ok tugmasi ustiga sichqoncha belgisi chiqsa musiqa2
fayli va Ok tugmasi bosilsa musiqa3 fayli ijro etiladi.