Kompyuter qurilmalari haqida o‘yin tayyorlash. Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini topish bo‘yicha o‘yin
tayyorlaymiz. Buning uchun bizga kompyuter qurilmalarining rasmlari va javob to‘g‘ri
yoki noto‘g‘ri ekanligini bildiruvchi audio fayl kerak bo‘ladi. Quyidagicha sahifani
tayyorlaymiz:
123
Har bir qurilma rasmini button obyektiga aylantiramiz. Asosiy qurilmalar
tugmalarining Down kadriga javob to‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio faylni,
qo‘shimcha tugmalarga esa javob noto‘g‘ri ekanligini anglatuvchi audio fayllarni
joylashtirib chiqamiz.
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin.
Agar asosiy qurilmalar tanlansa javob to‘g‘ri ekanligini bildiruvchi ovoz ijro etiladi.
Agar qo‘shimcha qurilmalar tanlansa javob noto‘g‘ri ekanligini bildiruvchi ovoz ijro
etiladi.
Bu loyihani kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari uchun ham tayyorlash
mumkin. Bunda faqat audio fayllarning joyi almashadi.
Flashning audio imkoniyatlaridan foydalanib bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun
ham turli loyihalar tayyorlash mumkin. Masalan mevalar, hayvonlar, ranglar va
hokozalarning nomini aytadigan dasturlar yaratish mumkin. Biz quyida mevalar haqida
loyiha tayyorlashni aytib o‘tamiz.
Mevalar o‘yini Buning uchun bizga turli mevalarning tasvirlari hamda ularning nomini aytuvchi
audio fayllar kerak bo‘ladi. Barcha kerakli obyektlarni Flashning kutubxonasiga yuklab
olamiz. Mevalarning tasvirlarini ishchi oynaga joylashtirib ularni buttonga aylantiramiz.
Buttonlarning Down kadriga tegishli audio fayllarni joylashtirib chiqamiz.
124
Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin.
Mevalar sichqoncha yordamida chertilsa, ularning nomi aytiladi. Bu loyihani chet tilini
o‘rgatishda ham qo‘llash mumkin. Bunda mevalarning inglizcha nomini aytuvchi audio
fayllar kerak bo‘ladi.