Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/134
Sana23.11.2023
Hajmi10,51 Mb.
#103795
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   134
Bog'liq
portal.guldu.uz-kompyuter Grafikasi

Rangni boshqarish sistemalari. Kompyuter grafikasining elementlarini yaratish
va qayta ishlashda grafik ma'lumotlarning har xil qurilmalarda asl holatda 
bo‘lishligi talab etiladi. Kompyuter grafikasining qayta ishlash pog‘onalarida 
ranglarning mos tushishini rangni boshqarish sistemalari nazorat qiladi. Bunday 
tizimlardan biri CMS (Color Management System)dir.
Profil. Har bir qurilma o‘zining ichki imkoniyatlariga qarab o‘z usulida rang 
chiqaradi. Turli xil qurilmalarda ranglarning mosligini ta'minlash uchun ular o‘zining 
profiliga ega bo‘lishi kerak.
Kalibrovka. Har xil platforma, qurilma va dasturlarda rangni bir xilda boshqarish 
sistemasi mavjud emas. Lekin bu turdagi sistemalarga CMS yaqin hisoblanadi. Ilk bor 
Solerunc nomi ostida CMS ni Apple firmasi operatsion sistemaga kiritdi. U Macentosh 
kompyuterlari sferasida nashrga tayyorlash, nashr qilish va poligrafiyada muvaffaqiyatli 
xizmat qildi. Windows 95G‘98 operatsion sistemalarida Kodak firmasining Color 
Matchung Module nomi ostida CMS tizimlari ishlatiladi.
Kompyuter grafikasida rangli ruxsat etish tushunchasi qabul qilingan (rang 
chuqurligi). Monitor ekranida uni hosil qilish uchun rangli informatsiyani kodlashtirish 
usulidan foydalaniladi. Oq-qora tasvirni aks ettirish uchun ikki bit razryad yetarli. 
Sakkiz razryadli kodlashtirish 256 turdagi ranglar jilosini aks ettirishga imkoniyat 
beradi. Ikki bayt (16 bit) 65536 turdagi ranglar jilosini ifodalaydi (bunday rejim — 
High Color). Yigirma to‘rt razryadli kodlashtirish usulida 16 777 216 ta rangni 
ifodalash mumkin.
Amaliy nuqtayi nazardan monitorning rangli ruxsat etish tushunchasi rangli
qamrab olishni anglatadi. Bu o‘z navbatida chiqarish qurilma (monitor, printer va 
hokazo)larida ranglar diapazonini hosil qilishni belgilaydi. Rangli modul deb additiv 
va subtraktiv metodlar yordamida ishlangan ranglar jilosi tarkibiy komponentlarining 
bo‘linish usullariga aytiladi. Kompyuter grafikasida asosan RGB, HSB va CMYK rang 
modullari qo‘llaniladi. Rangli modullar uch o‘lchovli koordinatalar sistemasida 
joylashadi va ranglar fazosini tashkil qilib, Grossman qonunlariga binoan rangni uch 
o‘lchovli fazodagi nuqta sifatida ifodalashi mumkin.
Grossmanning birinchi qonuni. Chiziqli bog‘liq bo‘lmagan har qanday rangni
uchta tashkil etuvchi orqali bir qiymatli ifodalash mumkin. Chiziqli bog‘liq 
bo‘lmaslik — bu ixtiyoriy uch rangdan ikkitasini qo‘shish orqali uchinchisini hosil 
qilish imkoniyati mavjud emas.


128 
Grossmanning ikkinchi qonuni. Agar ranglar uzluksiz o‘zgarsa, ranglar 
aralashmasining nurlanishi ham uzluksiz o‘zgaradi. Hech qanday rang yo‘qki, unga 
yaqin bo‘lgan rangni tanlash imkoniyati mavjud bo‘lmasa.
Grossmanning uchinchi qonuni. Ranglar aralashmasining nurlanishi ularning 
rangiga bog‘liq, biroq uning spektr tarkibiga bog‘liq emas.

Download 10,51 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   134




Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bilim sohasi: 100000 – Gumanitar soha Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish