125
Mavzu: №1. Kompyuter grafikasi turlari. Kompyuter grafikasining dasturiy
ta’minotlari haqida. MAQSAD: Talabalarni kompyuter grafikasi, uning rivojlanishi,
kompyuter grafikasining dasturiy ta’minoti, ranglarning sxemalari bilan tanishtirish.
NAZARIY QISM:"Kompyuter grafikasi" informatika sohasida o‘rganiladigan ko‘pgina
fanlar o‘quv rejalarining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Hoirgi vaqtda kompyuter
grafikasi quyidagi:
•
"Informatika va axborot texnologiyalari"
•
"Informatika va dasturlash"
•
"Interaktiv dizayn"
•
"Iqtisodiyotda informatsion tizimlar va texnologiyalar"
•
"Internet asoslari va E-mail (elektron pochta)"
•
"Kompyuter tarmoqlari"
va boshqa kurslarning predmeti, mazmuni
va tarkibiy qismi hisoblanadi.
Berilgan ma'lumotlarni tahlil qilishda, olingan natijalarni ko‘rgazmali
tarzda
ko‘rsatish va taqdimot (prezentasiya) uchun materiallar tayyorlashda, tasvirlarni qayta
ishlashda, yangi murakkab kompozitsiyalar yaratishda zamonaviy kompyuter
grafikasi keng qo‘llaniladi. Yuqoridagi sohalar bo‘yicha bilim olish va uni
amaliyotga tatbiq qilishda "Kompyuter grafikasi" fani qo‘l keladi.
Kursning vazifalari quyidagilardan iborat:
•
o‘quvchilarda hozirgi zamon kompyuter grafikasi bo‘yicha
nazariy
va amaliy bilim ko‘nikmasini paydo qilish;
•
o‘quvchilarning hozirgi zamon kompyuter grafikasi vositalarini va
ularning ishlatilishini o‘zlashtirishiga erishish;
•
kompyuter grafikasining texnologik tuzilishini
va har xil taqdimot
materiallarini tayyorlash va namoyish etishni o‘rganish; • kompyuter grafikasi
rivojining o‘rni va hozirgi zamon holatini bilish;
•
hozirgi zamon kompyuter grafikasidan o‘qining o‘quv
sohasi va
professional faoliyatida foydalanishni bilish;
•
kompyuter grafikasining texnikaviy vositalari va zamonaviy
programmalardan foydalanishni
bilish.
Elektron grafikni tuzish va uni tushunish uchun grafika elementlari ma'nosi va
ularni turli holatlarda qo‘shishni o‘rganish muhim hisoblanadi.
126
Grafik yordamida ifodalanadigan voqeliklarni to‘g‘ri tushunish uchun uni tashkil
etuvchi hamma elementlarining to‘plami (shkala, sarlavhalar va boshqalar)
mavjud
bo‘lishi lozim.
Tasvirlashning grafik usuli yoki grafik til — bu fikrni ifodalashning fazoviy
tasvirlash yoki shartli ravishda tekislikda aks ettirish usullarining to‘plamidir.
Grafik tasvirlashning namunalari — geometrik figuralar,
turli xaritalar,
iqtisodiy zanali diagrammalari, korxonalarning tashkiliy strukturaviy sxemalari va
boshqalar bo‘lishi mumkin.
Aqliy tasavvur va qiymatlar to‘plamini ifodalovchi
chizmalarni tuzish jarayoni
grafiklashtirish deyiladi, uning natijasi esa — grafika deyiladi. Grafik shartli ravishda
voqelikni yoki qandaydir jarayonni tasvirlaydi. Grafikada qo‘llaniladigan
hamma
belgilar g‘oyalarbelgisi bo‘lib, uning o‘zi yaxlit holatda g‘oyalar to‘plamini ifodalaydi.
Grafika ikki elementga bo‘linadi: grafik qiyofa va eksplikatsiya.