rezervuarlarni, basseynlarni, yerto‘lalami, truboprovodlarni, qiyali va
yassi tomlami gidroizolyatsiyalashda ishlatiladi. Izol asosga sovuq va issiq
bitumli mastikalar yordamida yelimlanadi.
9.5.2. Gidroizolyatsiya mastikalari
M astika - neft bitum lari yoki qatronlar mineral o ‘ta mayda
to ‘ldirgichlar va m odifikatsiyalovchi q o ‘shimchalar asosida olingan
plastik kompozitsion materialdir. Mastikalar tayyolashda kukun toidirgich
sifatida maydalangan ohaktosh, dolomit, mel, sement, shlak, kullar,
tolasimon toMdirgich sifatida asbest, mineral paxta, shisha tolasi va shu
kabilar ishlatiladi. Kukun to‘ldirgichlar mastikaning qattiqligini, issiqqa
bardoshliligini, tolasimon to‘ldirgichlar esa egilishdagi mustahkamligini
oshiradi, bog‘lovchilami tejaydi.
Mastikalar bog‘lovchining turiga ko‘ra bitumli, bitum-rezinali, bitum-
polimerli; ishlatilish usuliga nisbatan issiq, sovuq; ishlatilish sohasiga ko‘ra
yelimlovchi, tombop izolyatsiyalovchi, asfaltli gidroizolyatsiyalovchi va
antikorrozion bo‘ladi.
Issiq mastikalar dastlab isitiladi - bitum asosidagilari 160 °S gacha,
qatron asosidagilari 130°S gacha. Sovuq mastikalar organik erituvchilar
qo‘shilib tayyorlanadi va muhit harorati 5°S kam bo‘lmagan holda isitilmas-
dan, harorat 5°S kam bo‘lganda 60-70°S isitilgan holatda ishlatiladi.