tolali, yog‘och payrahali, fibrolit, arbolit, qamish va torf plitalar, egiluv-
chan materiallar jumlasiga esa qurilish namati va gofrirovkalangan karton
kiradi.
Yog‘och tolali issiqlik izolyatsiyasi plitalari yog‘och chiqindilaridan,
Shuningdek, turli qishloq xo‘jalik chiqindilaridan (poxol, qamish, o‘zak,
makkajo‘xori poyasi,g‘o ‘zapoyava boshqalar) olinadi. Plitalarni tayyorlash
jarayoni quyidagi asosiy operatsiyalardan iborat: yog‘och xomashyoni
maydalash vayanchish, tolali massani bog‘lovchiga shimdirish, qoliplash,
quritish va plitalar kesib olish.
Yog‘och tolali plitalar
1200-2700 mm uzunlikda, eni 1200 - 1700
va qalinligi 8-25 mm. qilib chiqariladi. Zichligi bo‘yicha ular izolyatsion
(150-200 кг/м3) va izolyatsiya-pardozlash (250-350 кг/м3) plitalariga
bo‘linadi.
Izolyatsiya va izolyatsiya-pardozlash plitalari devorlar, shiftlar,
pollar, pardevorlar va va binolaming orayopmalarini issiqlik va tovushdan
izolyatsiyalash, konsert zallari va teatrlarni akustik (tovush) izolyatsiyalash
uchun ishlatiladi.
14.5-rasm. Yog‘och tolali plitalar.
Fibrolit plitalar -
yog‘och juni va sement xamiridan iborat massani
presslash usulida olinadi. Sementli fibrolitda yog‘och juni armatura bo‘lib
xizmat qiladi. Fibrolit plitalari uzunligi 2400 va 3000 mm, eni 600 va
1200 va qalinligi 30—150 mm. Zichligi bo‘yicha markrlari 250—500 кг/
m
3
Egilishga mustahkamlik chegarasi 0,15-1,8 МПа. Sement-fibrolit
plitalardan pardevorlar yasash, devorlar va chordoq orayopmalarini isitish
maqsadida foydalaniladi.