Organik to‘ldirgich sifatida yog‘ochning maydalanigan chiqindilari,
maydalangan qamish, kanop yoki zig‘ir o‘zagi kabilardan foydalaniladi.
Arbolit zichligi 700 кг/м3 kam, siqilishga mustahkamligi 0,5 dan 3,5
МПа gacha bo‘ladi. U qator muhim xususiyatlarga ega: qiyin yonuvchan,
sovuqqa va biochidamli, yaxshi arralanadi va parmalanadi. Arbolitdan
plitalar va panellar ko‘rinishida qilingan buyumlar osma va o ‘zi ko‘tarib
turadigan devorlar, qishloq binolarining orayopmalari va yopmalarida
foydalaniladi.
Qurilishbop namat hayvonjunidan uzunligi 1000-2000, eni 500 -2000
va qalinligi 12 mm to‘g ‘ri burchakli bir en mato ko‘rinishida tayyorlanadi.
14.9-rasm. 0 ‘ramli namat.
Namat devor va shifitlar, deraza hamda eshik qutilari va boshqalarda
xonani isitish maqsadida ishlatiladi. Namatga xos kamchilik - kuyaning
ko‘payishi uchun muhit bo‘lib xizmat qiladi.