14.21-rasm . RPG kom fort plitasi.
A kustik gips plitalari - bikr qobirg‘ali,
perforatsiyalangan holda
ishlab chiqariladi. Gips plitalari shisha tolasi va polivinilxlorid shnuri,
shisha g'ovak donachalari va perlit bilan armaturalanadi. Gips ekrani ichiga
qog‘oz yelimlanadi va folgaga o‘ralgan mineral paxta plitalari o ‘rnatiladi.
Tashqi qatlamli perforatsiyalangan gipskarton listdan,
ichki qatlami esa
noto‘qima mato yoki filtr qog‘ozidan iborat ikki qatlamli akustik buyumlar
samarali hisoblanadi ( 14.22-rasm).
Akustik buyum tovushni toMiq yutishi uchun yuzasi kamida 30 foiz
foiz perforatsiyalanishi kerak. Bunda buyumlardagi teshiklar o‘lchamIari
va shakli, burchagi, chuqurligi tovush yutish koeffltsiyentiga ta’sir etadi.
Akustik materiallami tashishda, saqlashda va
ishlatishda suv hamda nam
muhitdan saqlash maqsadga muvofiq.
Sintetik bogMovchilar, shisha tola yoki oMa ingichka shisha tolali
shtapel asosida - 60°S dan +450°S gacha
haroratga bardoshli maxsus
tovush yutuvchi materiallar ishlab chiqarish yoMga qo‘yilgan.