Betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20x20y20, 15><15x 15
va 10x10x10 sm. standart namunalarni sinab topiladi.
Mustahkamlik
ko‘rsat-kichlarini 15x 15x 15sm. asosiy namunaga keltirish uchun tomonlar
o‘lchami 10 va 20 sm. namunalar sinalganda mutanosib ravishda 0,95 va
1,05 koeffitsiy^ntlarga ko‘paytiriladi.
Betonning loyihadagi kafolatlangan markasini uning mustahkamligini
me’yorlash ko‘rsatkichi vositasida belgilash mumkin. Beton klassi aynan
shunday ko‘rsatkich vazifasini o‘taydi.
Beton sinfi
0,95 kqeffitsiyent bilan kafolatlangan
betonning biror-
bir xossasini belgilaydigan k o ‘rsatkichdir. Betonning muayyan xossasi
klass bo‘yicha 100 dan 95 holatda kafolatlanishini va faqat 5 holatdagina
chekinish bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Betonlar
quyidagi klasslarga
bo‘linadi: Bl; Bl,5; B2; B2,5; B3,5; B5; B7,5; B10; В 12,5; В 15; B20; B25;
B30; B40; B45; B50; B55; B60.
Betonning klasslari va mustahkamlik bo‘yicha markalari nisbati,
normativ variatsiya koeffitsiyenti B=13,5 bo‘lsa,
R
= B/0.778 bo‘ladi,
masalan, B10 klassdagi betonning siqilishidagi mustahkamligi R(i =12,85
MPa.
Beton mustahkamligining variatsiya koeffitsiyenti
alohida namunalar
mustahkamliklarini o‘rtacha mustahkamlikka, o‘rtacha kvadrat chekinish-
larini o‘rtacha mustahkamlikka bo‘lgan nisbati bilan oMchanadigan kattalik
bo‘lib, oddiy betonlar uchun В = 3,5 foiz deb qabul qilinishi mumkin.
Umuman, variatsiya koeffitsiyenti 20 foizdan oshmasligi shart.
15x>