Xolesterinning organizmdagi ahamiyati - xolesterin biomembranalar tarkibiga kiradi;
- undan o‘t kislotalari sintezlanadi;
- undan steroid gormonlar, shu jumladan, jinsiy gormonlar
sintezlanadi;
- undan vitamin D
3
sintezlanadi.
Ateroskleroz nazariyalari Hozirgi vaqtda aterosklerozning kelib chiqishiga oid yaratilgan bir
necha nazariyalar mavjud. Shulardan Anichkovning
infiltratsion nazariyasi bo‘lib, bu nazariyaga binoan «Xolestrinsiz ateroskleroz
bo‘lmaydi». Boshqa nazariyaga binoan lipoproteinlarning oqsil qismida
o‘zgarish bo‘lib u organizmlarga yot bo‘lgan holda immunologik
reaksiyalar kuchayishiga olib keladi (Klimovning
autoimmun nazariyasi). Amerikalik olimlar Goldsteyn va Braunlar tomonidan
yaratilgan nazariyaga binoan ateroskleroz kelib chiqishiga
dislipoproteinemiyaning ahamiyati cheksizdir. Ushbu nazariyalarga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Autoimmun nazariya (A. N. Klimov) Odam organizmida autoimmun xossalariga ega bo‘lgan ZJPLP yoki
ZPLP hosil bo‘ladi. Bu lipoproteinlarning oqsil qismlariga qarshi antitelo
ishlab chiqariladi. Immun kompleksi antitelo va ZJPLP hosil bo‘ladi.
Bu esa endotelial hujayralar o‘tkazuvchanligini buzilishi va kompleksni
tomir devorida to‘planishiga sababchi bo‘ladi. Arterial qon tomir
devorini o‘tkazuvchanligining ortishi arteriyaga lipoproteinlar kirishiga
qulay sharoit tugdiradi.
ZYLP 7-12 nm diametriga ega va markazida gidrofob yog‘ qismi
va atrofida fosfolipid va globulyar apoprotein qatlami bo‘ladi. Bu qatlam
zarrachani eruvchanligini ta’minlaydi.
Oqsil qismi 2 xil apoproteindan iborat: apo-A va ano-C. Apoprotein
A ning apo-A-1 apo-A-2 lar oqsil qismini 90% tashkil etadi. Ular o‘zaro
255
aminokislotalar tarkibi bilan farqlanadi, birlamchi va ikkilamchi
strukturalari va immunologik xususiyatlari bilan farq qiladi. Apoprotein-
A-1 ning molekuyar massasi 28000 va apo-A-2 ning 17000 daltonga
teng.