Xolesterin biosintezi Xolesterin sintezini ta’minlovchi asosiy substrat atsetil-KoAning
atsetil qoldiqlaridir. Bu jarayon 35 dan ortiq fermentatik reaksiyalarni
o‘z ichiga olgan uch bosqichdan iborat:
atsetil-KoA dan mevalon kislotaning hosil bo‘lishi.
Mevalon kislotadan skvalenning hosil bo‘lishi.
Skvalendan lanosterin, so‘ngra xolesterin hosil bo‘lishi.
Mevalonat kislota sintezining dastlabki bosqichida ikki molekula
atsetil-KoAdan atsetil-KoAatsetil transferaza ishtirokida atsetoatsetil-
KoA, so‘ngra uning uchinchi atsetil-KoA molekulasi bilan
kondensatsiyasi orqali
β−
oksi
β−
metilglutaril-KoA sintezlanadi:
Biosintezning birinchi bosqichi sitoplazmada roy beradi.
Mevalonat kislota bir qancha o‘zgarishlarga uchraydi va uning besh
uglerodli qismlari kondensatsiyalanib oltita izopren birliklaridan tarkib
topgan skvalen hosil bo‘ladi. U o‘z navbatida tetratsiklik guruh tutuvchi
lanosterin hosil bo‘ladi. Bir necha bosqichlardan so‘ng lanosterindan
xolesterin hosil bo‘ladi.
253
Xolesterinning 80%i jigarda, 10% ingichka ichak hujayralarida va
taxminan 5% teri hujayralarida sintezlanadi. Xolesterin sintezi uchun
zarur bo‘lgan fermentlar organizmning ko‘pgina hujayralarida mavjud.
Odam organizmida bir kecha-kunduzda sintezlanadigan xolesterinning
umumiy miqdori 1 g ga boradi. Katta yoshdagi odam organizmida har
kecha-kunduzda taxminan 1,3 gr xolesterin yangilanib turadi.
Organizmda xolesterin sintezlanishi (sutkasiga 1 g atrofida) va ichakdan
so‘rilishi (sutkasiga 0,3 g atrofida) hisobiga to‘lib boradi. Ovqat bilan
tushgan xolesterin nechog‘lik ko‘p bo‘lsa, to‘qimalarda xolesterin sintezi
shu qadar kamroq bo‘ladi (buni OMG-reduktaza boshqaradi).
Xolesterinning qonda tashilishi Xolesterin jigar va ichak hujayralarida sintezlanadigan lipoproteidlar
tarkibida qonga tushadi. Lipoproteidlarda erkin xolesterin va uning
efirlari bo‘ladi. Erkin xolesterin efirlari esa lipoprotein zarrasining
yadrosida joylashgan. Qonda lipoprotein zarralari bir-biri bilan toqnash
kelganda xolesterin bitta zarradan ikkinchisiga diffuziyalanib o‘tadi.
Bunday almashinuv ikki tomonlama bo‘ladiyu, lekin boshqa hamma
lipoproteinlardan ZYLga ko‘proq xolesterin o‘tib turadi. Chunki ZYL
tarkibida mavjud bo‘lgan letsitin-xolesterin-atsiltransferaza (LXAT)
ta’sirida xolesterin eterifikatsiyasi faol ravishda bo‘lib turadi. Bu ferment
letsitin molekulasida
β−
holatdagi atsil qoldig‘ini erkin xolesterin bilan
birikishini katalizlaydi. LXAT ZYLning yuza qatlamida joylashgan
bo‘lib, uning ta’sirida hosil bo‘lgan xolesterin efirlari zarra ichiga botib
turadi. Natijada yuza qatlamda xolesterin konsentratsiyasi kamayadi
va boshqa lipoproteidlardan hamda to‘qimalardan ZYL ga
xolesterinning o‘tishi uchun joy bo‘shaydi. ZPL turli a‘zolar
hujayralariga endotsitoz yoli bilan yutiladi, ularni xolesterin bilan
ta’minlaydi; ZYL esa ularning membranasidagi ortiqcha xolesterinni
o‘ziga oladi, ularni to‘planishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tarkibida asosan
birikkan xolesterin tutuvchi ZYLlar jigar va ichak hujayralariga
Endotsitoz yoli bilan o‘tib, unda parchalanadi.
Xolesterinning organizmdan chiqarib yuborish yoli ham ikki xil:
jigarda xolesterinning o‘t kislotalariga aylanishi va ularning ichak orqali
chiqarib tashlanishi va o‘zgarmagan xolesterinni o‘t tarkibida ichakka
tushib axlat tarkibida ajralishi yo‘li bilan boradi.
Ushbu mexanizmlar o‘rtasidagi mutanosiblikning buzilishi qon va
to‘qimalarda xolesterin miqdorining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Buning
eng jiddiy oqibatlaridan biri giperxolesterinemiya bo‘lib, u o‘z navbatida
254
ateroskleroz yoki o‘t-tosh kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.
Xolesterinni ortiqcha miqdori ksantoma donalari shaklida zaxiralanishi
mumkin va asosan bu donalar paylarda va teri qatlamida yog‘lardan
hosil bo‘lgan o‘smalarda uchraydi.