77-rasm.
Gormonal boshaqaruv tizimi
Idora etishning
uchinchi darajasi
nerv sistemasi bilan ham tashqi,
ham ichki muhitdan keluvchi axborotlarni qabul qilib oladigan
retseptorlardir. Mediator idora etishning hujayra ichidagi mexanizmlari
316
orqali moddalar almashinuvining o‘zgarishiga olib keladi. Nerv
impulsiga javoban gormonni sintezlash va ajratib chiqarish bilan javob
beruvchi endokrin hujayralar ham effektor hujayralar bo‘lishi mumkin.
Idora etishning keltirilgan uchta darajasi ozaro bog‘langan bo‘lib,
yagona bir sistema tarzida ishlaydi (78,80-rasm).
78-rasm.
Idora etish darajasining o‘zaro bog‘liqligi
317
79-rasm.
Ichki sekretsiya bezlari
Idora etish sistemasiga gormonlar ishlab chiqarilishining qoshilishi
distant boshqarilishni amalga oshirishga imkon beradi, yani hujayra
o‘z metabolizmini boshqarishdan tashqari boshqa hujayralar ta’siriga
uchraydi (79,80-rasm).
Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining maxsus hujayralarida hosil
bo‘lgandan so‘ng, qonga otib, moddalar almashinuvi va fiziologik
funksiyalarga regulyator (boshqaruvchi) ta’sir ko‘rsatuvchi organik
tabiatli moddalardir.
318
Gormonlar tasnifi
Kimyoviy tabiatiga ko‘ra gormonlar uch guruhga bo‘linadi:
1. Peptid (oqsil) tabiatli gormonlar:
a) murakkab oqsillar - glikoproteinlar; bularga FSG, lyuteinlovchi
gormon, TTG va boshqalar;
b) oddiy oqsillar: prolaktin, STG, insulin va boshqalar kiradi;
d) peptidlar: AKTG, glyukagon, kalsiytonin, somatostatin,
vazopressin, oksitotsin va boshqalar kiradi.
2.Aminokislotalar unumlari: katexolaminlar, tireoid gormonlar,
melatonin va boshqalar kiradi.
3. Steroid birikmalar va yog‘ kislotalar unumlari (prostaglandinlar).
Steroidlar gormonlarning katta guruhini tashkil qiladi; ularga buyrak
usti bezlari gormonlari (kortikosteroidlar), jinsiy gormonlar (androgenlar
va estrogenlar), 1,25-dioksixolekalsiferol va boshqalar kiradi.
4. Eykazanoidlar ko‘p to‘yinmagan yog‘ kislotalar (araxidonat)
unumlari bo‘lib, uch sinf birikmalarni o‘z ichiga oladi: prostaglandin,
tromboksan va leykotriyenlar. Ular suvda erimaydigan nostabil
birikmalar bo‘lib, o‘z ta’sirini sintezlangan joyi yaqinidagi hujayralarga
ko‘rsatadi.
80-rasm.
Endokrin va nerv sistemalarining bir-biriga bog‘lanishi. To‘g‘ri
chiziqlar gormon sintezini, punktir chiziqlar –nishon a‘zoga ta‘sirini
ko‘rsatadi
319
81-rasm.
Gormonlarning sintez ta‘sir joyi va fiziologik samarasi
|