311
orqali amalga oshiriladi, chunki glitserin oksidlanganda pirouzum
kislotasi hosil bo‘ladi va undan glyukoza sintezlanadi.
Bu jarayonlarni boshqarishda glyukokortikosteroidlar muhim
ahamiyatga ega. Ularga kortizol, kortikosteron, kortizon va boshqalar
kiradi. Ular glyukoneogenezning spetsifik fermentlarini
piruvatkarboksilaza, FEP-karboksikinaza, fruktoza-1,6-difosfataza,
glyukoza-6-fosfataza hosil bo‘lishini stimullaydilar. Periferik
to‘qimalarda glyukozaning sarflanishini pasaytiradilar. Gidrokortizon
glyukozaning hujayraga faol transportini ingibirlaydi.
Soglom odamlar jigarida kortizolning uglevod metabolizmiga ta’siri
natijasida glikogen, qonda glyukoza miqdori ortadi. Uzoq vaqt
organizmga kortizolning kiritilishida oshqozon osti bezi
β
-hujayralari
degeneratsiyaga uchrashi sababli qandli diabet vujudga keladi.