• Qandsiz diabet Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari
  • Biokimyo pmd




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet190/273
    Sana21.05.2024
    Hajmi4,12 Mb.
    #249242
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   273
    Bog'liq
    Sobirova-R.A-biokimyo

    Gipofiz gormonlar
    Gormon Molekulyar massa
    Asosiy klinik sindromlar
    Gormon ko‘p ishlab Gormon
    chiqarilganda yetishmovchiligida
    Osish gormoni 21500 Akromegaliya Pakanalik
    Kortikotropin 4500 Itsengo -Kushinga Buyrak usti bezi
    sindromi ikkilamchi
    yetishmovchiligi
    Tireotropin 28000 Gipertireoz Ikkilamchi
    gipotireoz
    Prolaktin 23500 Amenoreya, Sut bezlarini
    bepushtlik, rivojlanmasligi,
    galaktoreya sut ishlab
    chiqarilmasligi
    FSG 34000 Erta jinsiy shakllanish Jinsiy bezlar
    ikkilamchi
    gipofunksiyasi,
    bepushtlik
    LG 28500 Erta jinsiy shakllanish Jinsiy bezlar
    ikkilamchi
    gipofunksiyasi,
    bepushtlik
    Lipotropin 11800 Darmonsizlanish Yog‘ bosish
    Vazopressin 1070
    — (semizlik)
    Oksitotsin 1070 —
    Qandsiz diabet Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari
    Gipofiz orqa bo‘lagining gormonlari vazopressin va oksitotsindir.
    Bu gormonlar dastlab gipotalamusning maxsus neyronlarida sintezlanib,
    turli neyronlar yordamida gipofizning orqa bo‘lagiga o‘tib, keyin so‘ngra
    qonga tushadi. Ikkala gormon ham nonapeptidlar bo‘lib, quyidagi
    tuzilishga ega:
    26-jadval


    334
    Vazopressinning oksitotsindan farqi shuki, N-uchida 3-orindagi
    izoleytsin ornida fenilalanin, 8-orinda esa leytsin ornida arginin saqlaydi.
    Oksitotsinning biologik ta’siri tugish paytida bachadon silliq
    muskullari va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari
    qisqarishini va sut bezlari alveolalari atrofidagi muskul tolalari
    qisqarishini stimullash bilan bog‘liqdir. Vazopressin esa qon tomirlari
    silliq muskulaturasi qisqarishini stimullab, shu bois kuchli vazopressor
    (tomirlarni qisqartirish) ta’siriga ega. Ammo uning asosiy vazifasi suv-
    tuz almashinuvini boshqarishdir. Vazopressin uncha yuqori bo‘lmagan
    konsentratsiyada (1 kg tana massasiga 0,2 ng) juda kuchli antidiuretik
    ta’sir ko‘rsatadi, buyrak kanalchalari membranasidan suvning qayta
    so‘rilishini stimullaydi. Me’yoriy odam organizmi vazopressini qon
    plazmasining osmotik bosimini va suv balansini nazorat qiladi.
    Patologiyada, xususan, gipofiz orqa bo‘lagi atrofiyasida qandsiz diabet
    rivojlanadi. Bu kasallikda siydik bilan juda ko‘p miqdorda suyuqlik
    ajralib chiqadi.

    Download 4,12 Mb.
    1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   273




    Download 4,12 Mb.
    Pdf ko'rish