336
Xolesterin kortikosteroidlarning o‘tmishdoshi bo‘lib, steroidogenez
jarayoni gipofiz AKTG bilan boshqariladi. O‘z navbatida gipofizda
AKTG sintezi, demak, buyrak usti bezida kortikosteroidlarni sintezini
gipotalamus boshqaradi. U stress holatlarga javoban kortikoliberin ishlab
chiqaradi. AKTGning buyrak usti beziga tez (qisqa vaqt) va sekin
(surunkali) ta’sir etishi isbotlangan, o‘tkir holatlarda bez to‘qimasi qisqa
davrli kortikosteroidlar sintezini oshirish bilan javob beradi, ayni vaqtda
AKTG surunkali ta’sir etganida uning trofik ta’siri korinadi, yani bez
hujayralarining o‘sishi va ko‘payshini ta’minlovchi barcha modda
almashinuv jarayonlari stimullanadi. Shuningdek, steroid gormonlar
sekretsiyasi uzoq vaqt davom etadi. AKTG ta’siri spetsifik retseptor va
adenilatsiklaza-sAMF-proteinkinaza sistemasi orqali amalga oshadi.
Kortikosteroidlar spetsifik m-RNK va tegishli oqsil sinteziga
indutsirlovchi ta’siri tajribalarda tasdiqlangan. Bunday ta’sir ularni
sitozol ta’sir mexanizmiga asoslangandir. Hozirgi vaqtda organizmda
modda almashinuvni kortikosteroid boshqaruv mexanizmi ketma-ketligi
mavjudligi haqida konsepsiya ishlab chiqilgan:
Gormon
gen
oqsil (ferment)
Kortikosteroidlar biosintezini asosiy yo li xolesterinni pregnenolonga
fermentativ aylanishini o‘z ichiga oladi. Pregnenolon barcha steroid
gormonlarning o tmishdoshi hisoblanadi (87-rasm).