350
to‘rtinchi kunida atseton hidi kela boshlaydi. Ana shu fazada muskullar
va boshqa ko‘pgina a’zolarning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji yog‘
kislotalari va keton tanalari hisobiga qoplanib boradi. Ochlikda qondagi
insulin konsentratsiyasi juda ham past bo‘lganligidan, glyukoza muskul
hujayralariga otmaydi. Bunday sharoitlarda insulinga bog‘liq hujayralar
va avvalambor miya hujayralari glyukoza iste’molchilari bo‘lib qoladi.
Lekin, bu davrda miyada ham energiyaga bo‘lgan ehtiyojning bir qismi
keton tanachalari bilan ta’minlanib boradi. Glyukoneogenez to‘qima
oqsillari parchalanishi hisobiga davom etadi. Moddalar almashinuvining
jadalligi umuman susaygan bo‘ladi: bir hafta ochlikdan keyin kislorod
iste’moli taxminan 40 foizga kamayadi.