356
Kattalashgan bez ma’lum noqulay holat keltirsa-da kasallik organizm
funksiyalarining jiddiy o‘zgarishlariga olib kelmaydi.
Qalqonsimon bez funksiyasining oshishi (giperfunksiya) gipertireoz
yoki diffuz toksik buqoq kasalligi (Greyvs yoki Bazedov kasalligi)ga
olib keladi. Moddalar almashinuvining keskin oshishi to‘qima
oqsillarining parchalanishiga olib keladi, natijada manfiy azot balansi
rivojlanadi.Bazedov kasalligiga simptomlar triadasi xosdir: yurak
qisqarishlari sonining ortishi (taxikardiya), ko‘zlarning chaqchayishi
(ekzoftalm) va buqoq, ya’ni kattalashgan qalqonsimon bez; bemorlar
ozib ketishi qamda psixik o‘zgarishlar ro‘y beradi.
Qalqonsimon bez giperfunksiyasini, xususan, toksik buqoqni
davolash bezni xirurgik yo‘l bilan olib tashlashdan, yoki 131I (
β
- va
γ
-nurlanish bez to‘qimasini qisman parchalaydi) yuborishdan
iboratdir. Bundan tashqari, tireoid gormonlar sintezini tormozlovchi
tiroksin antigonistlarini yuborish yo‘li bilan davolash mumkin, ularga
tiomochevina, tiouratsil yoki metiltiouratsil kiradi.